Geometry tugmasiga ChS bilan bosamiz va turli tuman ob’yektlar ro‘yxatidan – Extended Primitives
Download 1.53 Mb.
|
3DC max 6-mustaqil ish..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chamfer Box
- Parameters
- Height
- Fillet
- Lengt Segs
5-MUSTAQILISH MAVZU: 3DS-MAX dasturi yordamida obyektlarni yaratish va ishlov berish. Parallelepiped Karkasli parallelepiped quramiz: 1. Geometry tugmasiga ChS bilan bosamiz va turli tuman ob’yektlar ro‘yxatidan – Extended Primitives (murakkab primitivlar) qatorini tanlaymiz.Object Type (ob’yektlar turi) bo‘lagida standart primitivlar turlariga mos keluvchi yozuvlar bilan tugmalar chiqadi. 2. Chamfer Box (faskalik parallelepiped) tugmasiga, ChS bilan bosamiz. Buyruqlar panelining pastki qismida uchta bo‘lak paydo bo‘ladi: Creation Method (qurish usuli), Keyboard Entry (Klaviaturadan kiritish) va Parameters (Parametrlar). 3. Perspective (Perspektiva) proyeksiya oynasiga ChS bilan bosamiz va tugmani qo‘yib yubormasdan kursorni diagonal bo‘yicha surib, asosini cho‘zamiz.Parameters (Parametrlar) bo‘lagida, Length (uzunlik) va Width (kenglik) o‘lchamlarining o‘zgarishini kuzatib boramiz. 4. Asosning uzunlik va kengligini belgilash uchun sichqonning tugmasini qo‘yib yuboramiz. 5. Parallelepiped balandligini berish uchun qo‘yib yuborilgan kursorni tepaga yoki pastga suramiz. Parametrlar bo‘lagidan Height (balandlik) parametr qiymatini kuzatib boramiz. 6. Balandlikni belgilagandan keyin ChS tugmani bosamiz. Balandlik qayd qilingandan keyin kursorni bir oz chetga surib, ChSni yana birmarta bosamiz. Shunda 45o qiyalikda parallelepiped qirralarida faskalar paydo bo‘ladi. Faska balandligi Fillet (Faska) parametri yordamida berilsa ham bo‘ladi. 7. Smooth (Silliqlash) faska sirtini silliqlash rejimini yoqing. Natijada qurilgan parallelepiped 1.3 rasm shakldagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.Biz joriy holatda segmentlar miqdori 1 teng prallelepipedga ega bo‘ldik.Segmentlar sonini o’zgartirish uchun, Lengt Segs (uzunlik bo‘yicha segmentlar) va Width Segs (kenglik bo‘yicha segmentlar) parametrlarini moslash kerak. Segmentlar sonini oshirish uchun, ob'yektning to‘rli yuzasini tahrirlashni amalga oshirish zarur. Faskadagi Segmentlar sonini Fillet Segs (faska bo‘yicha segmentlar) o‘zgartiruvchisi yordamida amalga oshirsa bo‘ladi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling