Geometry tugmasiga ChS bilan bosamiz va turli tuman ob’yektlar ro‘yxatidan – Extended Primitives
Base Curve (Bazoviy egri chiziq) bo‘limida Radius
Download 1.53 Mb.
|
3DC max 6-mustaqil ish..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cross Section
- Lump Offset
- Select and Move
Base Curve (Bazoviy egri chiziq) bo‘limida Radius (Radius) parametri
kattaligi bazaviy egri chiziq aylanasining radiusini o‘zgartiradi. Cross Section (kesim) bo‘limidagi Radius (Radius) parametri, tugun trubkasining ko‘ndalang qirqim radiusi o‘zgartiriladi. 6. Tugun trubkasining ko‘ndalang qirqimidagi aylanani ellips shakliga o‘zgartirish. Buning uchun Cross Section bo‘limidagi Ellipsning katta va kichik yarim o‘qlarini boshqaruvchi Eccentricity (Ekssentrisitet) qiymatini moslash kerak Bazaviy egri chiziq uch o‘lchamli tugun shakliga ega bo‘lishi uchun, Base Curve (Bazaviy egri chiziq) bo‘limidagi, Knot (tugun) o‘chirib-yoquvchini o‘rnating. 7. Boshqa konfiguratsiya parametrlari bilan yana bitta tugun quramiz. Knot (tugun) o‘chirib-yoquvchidagi parametrlar qiymatini R==2, Q=3 teng qilamiz. R va Q parametrlari tugun trubkasini o‘ramlar soni, markazi va davom etuvchi o‘qi bo‘yicha boshqarish imkoniyatini beradi. Twist (burash), Lump Height (bo‘rtishlar balandligi) va Lump Offset (bo‘rtish fazasi) parametrlarini o‘zgartirib, tugunlar shaklini har xil qilish mumkin. Lump Height (bo‘rtishlar balandligi) parametri tugun trubasining qirqim radiusini bo‘laklarini belgilashda ishlatiladi, Lump Offset (Faza vistupa) esa, tor aylanasida bo‘rtib chiqish holatini keltiradi. Ob’yektlarni qayta shakllantirish Qurilgan ob’yektlar bilan keyingi ishlarni bajarish uchun, ularni proyeksiyalar oynasiga, ko‘rsatilganday qilib joylashtiramiz. Buning uchun surish amalini bajaramiz. 1. Select and Move (belgilash va surish) tugmasiga ChS bilan bosing. 2. Perspective (Perspektiva) oynasida kursorni tugun ustiga qo’yamiz. ChS bosib va uni qo‘yib yubormasdan toroidal tugunni boshqa joyiga suramiz . Surishni to‘xtatish uchun tugmani qo‘yib yuboramiz. Toroidal tugunni joyidan ko‘chirish uchun ishlatilgan buyruq ob’yektni istalgan yo‘nalish bo‘yicha surishi mumkin. Bundan keyin, surish uchun, koordinata o‘qlari bo‘yicha erkin harakat qilishni chegaralovchi boshqa guruh buyruqlaridan ham foydalanamiz. 3. X (X o‘qi bo‘ylab surish) tugmasiga ChS bilan bosing. Top (Tepa) oynasida toroidal tugun ustiga kursorni qo‘ying. ChS ni bosib, uni qo‘yib yubormasdan, uzelni X o‘qi bo‘ylab suring. 4. Y (Y o‘qi bo‘ylab surish) tugmasini ChS bilan bosamiz. Tugunni boshqa tugun ichiga joylashtiring. 5. Perspective (Perspektiva) oynasida, XY (Erkin surish) tugmasini ChS bilan bosing va ob’yektni istalgan yo‘nalish bo‘yicha suring. Agar qurilgan ob’yekt katta yoki aksincha juda kichik bo’lsa ularni masshtablashtirish kerak. 6. Select and Scale (belgilash va instrumenlar panelida bir tekis masshtablash) tugmasini ChS bilan bosing. 7. Kursorni toroidal tugun ustiga olib borib, ChS ni bosib va uni qo‘yib yubormasdan, kursoni pastga harakatlantiramiz. Shunda, ob’yekt o‘lchami koordinatalar sistemasining barcha o‘qlari yo‘nalishi bo‘ylab bir tekis kichiklashadi. 8. Kursorni uzel ustiga qo‘yib, ChS ni bosamiz va uni qo‘yib yubormasdan, kursorni tepaga suramiz. Shunda, ob’yekt o‘lchami koordinatalar sistemasining barcha o‘qlari yo‘nalishi bo‘ylab bir tekis kattalashadi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling