Geometry tugmasiga ChS bilan bosamiz va turli tuman ob’yektlar ro‘yxatidan – Extended Primitives


Download 1.53 Mb.
bet5/5
Sana15.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1486968
1   2   3   4   5
Bog'liq
3DC max 6-mustaqil ish..

Yoruglik manbaini yaratish
Yaratilgan ob’yektga materialni berganimizdan keyin, uni sifatli qilib
namoyish qilish uchun yorug‘lik manbaini qo‘shish talab qilinadi. Yorug‘likni modellashtirish –tasvirni yaratish jarayonidagi eng murakkab ishlardan biri.Ayniqsa Interyer ustida ish olib borayotganda, bu juda muhim.To, yorug‘lik manbai yaratilmagunicha, dasturning o‘z yoritkichlari sahnaniyoritib turadi. Ulardan biri sahnaning tepada chap burchakda joylashgan,ikkinchisi – pastda o‘ng burchakda joylashgan. Har qanday yorug‘lik manbai yaratilganidan keyin, ular o‘z-o‘zidan o’chib ketadi.
1. Creat (yaratish) panelidagi, Lights (yorug‘lik manbai) tugmasini ChS bilan bosing.Ochilib tushuvchi ro‘yxatda faqat bitta variant mavjud – Standard(Standart). Object Type (ob’yekt turi) da har xil turdagi yorug‘lik manbalarining tugmalari paydo bo‘ladi.Buyruqlar panelining
pastki qismida uchta bo‘lak paydo bo‘ladi: General Parameters (umumiyparametrlar), Projector Parameters (yo‘naltirilgan yorug‘lik parametrlari) va Shadow Parameters (soya parametrlari). Ikkinchi bo‘lakning nomiga yorug‘lik manbalarinig turlari qo‘shiladi. General Parameters (umumiy parametrlar) va Shadow Parameters (soya parametrlari) barcha yorug‘lik manbalari uchun bir xil.
3. Ekranning tepa qismida Tor (tepa) proyeksiyasiga ChS bilan bosing.
Ko‘rsatilgan joyda yorug‘lik manbaining kichkina sakkiz qirrali ramzi paydo bo‘ladi. Proyeksiyalar oynasida ob’yektlarni yoritilishini o‘zgarishini kuzatgan holda, yorug‘lik manbaini boshqa nuqtaga surib o‘tkazish mumkin,shunday qilib yoritish nuqtasining eng qulay holatini tanlash mumkin.

Yorug‘lik parametrlarini o‘rnatish
Yorug‘lik parametrlarini o‘rnatish uchun quyidagi amallarni bajaring.
1.General Parameters (umumiy parametrlar) bo‘lagida yorug‘lik
parametrlarini moslang:
Multiplier (kuchaytirish) yorug‘lik kuchining umumiy darajasini moslash imkonini beradi.
Contrast (kontrast) yorug‘likdagi rang va soyadagi rang maydonlari
orasidagi yoritilgan yuzaga kontrast beradi. Dastlab holatda uning qiymati C ga teng bo‘ladi.
Soften Diff. Edge ( yorug‘lik chetini yuvish) yorug‘lik va soya
oralig‘idagi maydonni yuvish. Qiymat 100 ga teng bo‘lsa, oraliqdagi keskin chegara yo‘q bo‘ladi, biroq bu holatda yuzadagi yorug’lik kuchi pasayadi.
Affect Diffuse (yorug‘lik rangiga ta’sir qilish) va Affect Specular (aks rangiga ta’sir qilish). Dastlab ikkala parametr ham o‘rnashgan bo‘ladi, biroq maydonini asosiy yoritish uchun bitta yorug’lik manbaini qo‘yish, aks yoritish uchun ikkinchi yorug’lik manbaini qo‘yish kerak.
2. Attenuation (kamayish) bo‘lagida quyidagi kamayish effektlarining
parametrlarini moslang:
Start (boshlanishi) va End (tugashi) parametlari yaqin maydonda
yorug‘lik kuchi 0 dan doimiy kattaligi (Near guruhi ko‘rsatkichi) gacha o‘sib borishi, uzoq maydonda yorug‘lik kuchini 0 (Far guruh ko‘rsatkichlari) gacha tushub borishini ta’minlaydi
User (qo‘llash) va Show (ko‘rsatish) kamayish effektini yoqish va
kamayish maydonining chegaralarini belgilash imkonini beradi;
Decay: None (kamayish, yo‘q qilish) — yorug‘lik kuchi barcha
oraliqlarda doimiy bo‘lib qoladi;
Decay: Inverse (susayish: teskari proporsiya) — yorug‘lik manbaidan
uzoqlashgan sari teskari proporsiya susayadi;
Decay: Inverse Square (susayish: teskari kvadrat) — yorug‘lik manbaidan uzoqlashgan sari kvadrat teskari proporsiyada susayadi;
3. Soya parametrlarini moslang. Siz ularni Shadow Parameters (soyalar
prametrlari) bo‘lagidan topasiz:
Cast Shadows (soya tashlash) belgilangan yorug‘lik manbaidan soya
paydo qilish rejimini yoqadi;
Use Shadow Maps (soyalar kartasidan foydalanish) soyalar sahna
yuzasiga ob’yekt proyeksiyasiday tushadi.
4. Perspective (Perspektiva) oynasiga ChSni bosing.
Siz sahnada bitta yorug‘lik manbaini o‘rnatdingiz. Ikkinchi yorug‘lik
manbaini oynaning o‘ng tomoni pastki burchagiga qo‘ying va uni xuddi shunday tartibda moslang. Yorug‘likni modellashtirishni yana ham batafsiliroq ko‘rib chiqamiz.
Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling