Geometry tugmasiga ChS bilan bosamiz va turli tuman ob’yektlar ro‘yxatidan – Extended Primitives


Download 1.53 Mb.
bet2/5
Sana15.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1486968
1   2   3   4   5
Bog'liq
3DC max 6-mustaqil ish..

Faskali silindr
1. Create (yaratish) panelidagi Geometry (Geometriya) tugmasini bosib,ro‘yxatdagi Extended Primitives (muharrirlangan primitivlar) variantini tanlang va Chamfer Cyl (faskali silindr) tugmasini bosing.
Shu ketma-ketliklarni bajarib, silindr, silindr sektori va ko‘p qirrali prizmani qurish mumkin. Aylananing bir chetidan boshqa chetiga diametr bo‘yicha cho‘zib, silindrning asosini qurish uchun,
2. Creation Metod (qurish usuli) bo‘lagini o‘chirib-yoquvchini Edge
(chetidan) holatiga qo‘ying. Asosini o‘rtasidan, ya’ni radius bo‘yicha qurish uchun, Center (o‘rtadan) holatiga o‘tish kerak.
3. Proyeksiyalar oynalaridan birortasiga ChS ni bosib, silindr asosining
boshlang‘ich nuqtasini belgilaymiz, tugmani qo‘yib yubormasdan, kursorni asos bo‘yicha suramiz, asos radiusi kerakli o‘lchamga ega bo‘lgandan keyin, tugmani qo‘yib yuboramiz. Asos radiusini o‘zgartirish uchun Parameters, (Parametrы) bo‘lagidagi Radius (Radius) parametrining kattaligini o‘zgartirish kerak.
4. Tugmani qo‘yib yuborgandan keyin, kursorni tepaga ko‘tarib yoki pastga tushirib, silindrning balandligini o‘rnatamiz. Balandlikni o‘rnatish uchun ChS ni bosamiz. Sichqon tugmasini bosgandan keyin, kursorni surib, ChS ni bosamiz. Kursorning surilish masofasi 45O gradus qiyalikdagi faskaning kengligiga teng bo‘ladi.
5. Parameters (Parametrlar) bo‘lagidan quyidagi parametrlar qiymatini
bering.
Height (balandlik) — silindr balandligi;
Height Segments (balandlik bo‘yicha segmentlar) — balandlik yuzasi
bo‘yicha segmentlari;
Cap Segments (asosining halqalari) — radius bo‘‘yicha segmentlar soni;
Fillet (Faska) — faska kattaligi;
Fillet Segs (faska bo‘yicha Segmentlar) — faska bo‘yicha segmentlar soni.



Toroidal tugun
1. Create (yaratish) panelidagi Geometry (Geometriya) tugmasini bosib, ro‘yxatdagi Extended Primitives (muharrirlangan primitivlar) variantini tanlang va Torus Knot (Toroidal tugun) tugmasini bosing. Shu ketmaketliklarni bajarib, trubaning ko‘ndalang kesimida shaklini va o‘lchamlarini o‘zgartirib, har xil ob’yektlarni qurish mumkin.
2. Torsimon birikmani qurish uchun Creation Metod (yaratish usuli)
bo‘limida o‘chirib-yoquvchini Diameter (Diametr) holatiga o‘tkazib, diametr bo‘yicha cho‘zamiz. Toroidal tugun radius bo‘yicha qurish uchun, o‘chiribyoquvchini Radius (Radius) holatiga o‘tkazish kerak.
3. Bazaviy egri chiziq aylana shaklida bo‘lishi uchun, Base Curve (Bazaviy aylana) bo‘limidagi Circle (aylana), o‘chirib-yoquvchiga belgi qo‘yamiz.
4. Warp Count (Siniq chiziqlar soni) parametridagi qiymat 3 ga teng va
Warp Heigh (balandlik bo‘yicha siniq chiziqlar) parametridagi qiymat 0,8 ga teng bo‘lsin. Bu qiymatlarning kattaligi bazaviy egri chiziq radiusi bo‘laklarida beriladi.
5. Birikmaning boshlanishini chizish uchun Perspective (Perspektiva)
proyeksiyasi oynasining istalgan nuqtasiga sichqonning chap tugmasini bosing,bazaviy egri chiziqni cho‘zish uchun kursorni suring. Aylana radiusini biror qiymatda to‘xtatish uchun ChS ni qo‘yib yuboring, kursorni markazga yoki markazdan ixtiyoriy masofaga surib, CHS ni bosing. Shu bilan tugun trubasining ko‘ndalang qirqim radiusi beriladi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling