Uch oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin


Download 0.52 Mb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1023779
1   2
Bog'liq
PQ-4447 12.09.2019

Harbiy xizmatchilar tarkibi

Harbiy unvonlar




qo‘shin unvonlari

kema tarkibidagi unvonlar

Oddiy askarlar tarkibi

oddiy askar

matros

Serjantlar tarkibi

kichik serjant
III darajali serjant
II darajali serjant
I darajali serjant
katta serjant

starshina
III darajali starshina
II darajali starshina
I darajali starshina
bosh starshina

Kichik ofitserlar tarkibi

leytenant
katta leytenant
kapitan

leytenant
katta leytenant
kapitan-leytenant

Katta ofitserlar tarkibi

mayor
podpolkovnik
polkovnik

III rang kapitani
II rang kapitani
I rang kapitani

Generallar tarkibi

general-mayor
general-leytenant
general-polkovnik
armiya generali




216. Yuridik yoki tibbiy yo‘nalishdagi harbiy hisob ixtisosligi bo‘lgan ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarning harbiy unvoniga mos ravishda “adliya” yoki “tibbiy xizmat” so‘zlari qo‘shiladi.


217. Rezerv, zaxira yoki iste’fodagi shaxslarning harbiy unvoniga mos ravishda “rezervdagi”, “zaxiradagi” yoki “iste’fodagi” degan so‘zlar qo‘shiladi.
218. Harbiy unvon boshlang‘ich yoki navbatdagi bo‘lishi mumkin.
2-§. Boshlang‘ich harbiy unvonni berish tartibi
219. Harbiy unvonlarni berish uchun taqdimnomalar, boshqa hujjat va buyruqlarning shakl va mazmuni, shuningdek ularni rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi (generallar tarkibi bundan mustasno) vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
Navbatdagi harbiy unvonning berilishini asossiz ravishda kechiktirgan komandirlar (boshliqlar) belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortiladi.
220. Quyidagilar boshlang‘ich harbiy unvonlar hisoblanadi:
a) boshqa harbiy unvoni bo‘lmagan muddatli harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchun — “oddiy askar (matros)”;
b) serjantlar tarkibi uchun — “kichik serjant (starshina)”;
v) ofitserlar tarkibi uchun — “leytenant”;
g) generallar tarkibi uchun — “general-mayor”.
221. “Oddiy askar (matros)” harbiy unvoni muddatli harbiy xizmatga chaqirish yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish vaqtida harbiy unvoni bo‘lmagan fuqarolarga beriladi.
222. “Kichik serjant” harbiy unvoni quyidagilarga beriladi:
a) vazirliklar tasarrufidagi ta’lim muassasalarining tegishli dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash kurslarini tamomlagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga;
b) vazirliklar tasarrufidagi ta’lim muassasalarining tegishli dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash kurslarida tayyorgarlikdan o‘tishni talab qilmaydigan serjantlar tarkibi lavozimlaridagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga, shuningdek intizomiy rag‘batlantirish tartibida;
v) oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlariga — o‘qishdagi yuqori natijalar va namunali harbiy intizom uchun.
223. “Leytenant” harbiy unvoni quyidagilarga beriladi:
a) harbiy xizmatchilarga — oliy harbiy ta’lim muassasasini tamomlab tegishli harbiy ixtisoslikni olgandan so‘ng;
b) oliy harbiy ta’lim muassasalarida ular bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmaydigan tegishli harbiy-hisob ixtisosligiga mos keladigan oliy fuqarolik ma’lumotiga ega bo‘lgan hamda ofitserlar tarkibining lavozimiga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga tayinlangan harbiy xizmatchilarga — lavozimga tayinlanganidan so‘ng;
v) oliy fuqarolik ma’lumotiga ega bo‘lgan hamda ofitserlar tarkibi lavozimiga tayinlangan oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga — oliy harbiy ta’lim muassasalari qoshidagi kurslarni tamomlaganidan so‘ng;
g) oliy ta’lim muassasalarning o‘quv bo‘linmalari va harbiy yig‘inlarda harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan hamda belgilangan davlat imtihonlarini topshirgan fuqarolarga (zaxiradagi leytenant);
d) tegishli harbiy hisob ixtisosligiga mos keladigan oliy fuqarolik ma’lumotiga ega bo‘lgan harbiy xizmatga majburlarga — oliy harbiy ta’lim muassasalari qoshidagi ofitserlar tarkibini tayyorlash kurslarini tamomlagach hamda rezerv ofitserlari tarkibiga kiritish uchun attestatsiyadan o‘tkazilgandan so‘ng.
3-§. Navbatdagi harbiy unvonni berish tartibi
224. Navbatdagi harbiy unvonlar harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvon ular egallab turgan shtat lavozimi bo‘yicha ko‘zda tutilgan harbiy unvonga mos bo‘lsa va harbiy unvonda bo‘lishning belgilangan xizmat muddati tugagandan keyin beriladi.
Yuqori turuvchi vakant lavozimni vaqtincha bajarish (lvb) yuklatilgan harbiy xizmatchilarga harbiy unvonlar avval egallab turgan lavozimiga muvofiq beriladi.
225. Harbiy xizmatchini navbatdagi harbiy unvonni berishga taqdim qilishda uning shaxsiy, kasbiy, ishchanlik, ma’naviy-ahloqiy fazilatlari, ma’lumoti darajasi, u mas’ul bo‘lgan uchastkadagi ishlar holati hisobga olinadi.
226. Harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddati quyidagicha belgilanadi:
“oddiy askar” harbiy unvonida — belgilanmagan;
“kichik serjant” harbiy unvonida — ikki yil;
“III darajali serjant” harbiy unvonida — uch yil;
“II darajali serjant” harbiy unvonida — to‘rt yil;
“I darajali serjant” harbiy unvonida — besh yil;
“katta serjant” harbiy unvonida – belgilanmagan;
“leytenant” harbiy unvonida — ikki yil (o‘qish davomiyligi besh yil bo‘lgan oliy harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari uchun — bir yil);
“katta leytenant” harbiy unvonida — ikki yil;
“kapitan” harbiy unvonida — uch yil;
“mayor” harbiy unvonida — to‘rt yil;
“podpolkovnik” harbiy unvonida — besh yil.
227. “Polkovnik” va undan yuqori bo‘lgan harbiy unvonlarda xizmat muddati belgilanmaydi.
228. Harbiy xizmatchilarning berilgan harbiy unvondagi xizmat muddati harbiy unvon berilgan (shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruq chiqarilgan) kundan boshlab hisoblanadi.
229. Harbiy unvon berilgan xizmat muddatiga harbiy xizmatda bo‘lishning butun vaqti qo‘shiladi. Ko‘rsatilgan muddatga quyidagilar qo‘shib hisoblanadi:
a) harbiy xizmatchi asossiz tarzda jinoiy javobgarlikka tortilgan, harbiy xizmatdan noqonuniy bo‘shatilgan va keyinchalik harbiy xizmatga tiklangan hollarda harbiy xizmatdagi uzilish vaqti;
b) Qurolli Kuchlar rezervida (zaxirasida) bo‘lgan davri.
230. Berilgan harbiy unvonda bo‘lishning belgilangan xizmat muddatidan kamida ikkitasini o‘tagan ofitserga, xizmat yuzasidan ijobiy tavsiflar berilgan va uning harbiy-hisob ixtisosligi bo‘yicha vakant lavozim yo‘qligi sababli uni yuqori turuvchi lavozimga tayinlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, vazirlik rahbarining qaroriga binoan shtatga ko‘ra unga o‘zi egallab turgan harbiy lavozim uchun ko‘zda tutilgan harbiy unvondan bir pog‘ona yuqori turuvchi “polkovnik” harbiy unvonigacha bo‘lgan harbiy unvon beriladi.
231. “III darajali serjant”, “II darajali serjant”, “I darajali serjant” va “katta serjant” harbiy unvonlari oldingi harbiy unvonda bo‘lishning belgilangan xizmat muddatini o‘tagan, komandirlik va harbiy ish mutaxassisi, bo‘ysunuvidagilarni tayyorlash va tarbiyalash ishida murabbiylik sifatlari va malakalarini namoyon qilgan, jangovar va kasbiy tayyorgarlikda yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, shtat toifasiga ko‘ra ularni berish mumkin bo‘lgan lavozimni egallagan harbiy xizmatchilarga, faqatgina ular vazirliklar tasarrufidagi ta’lim muassasalarining mutaxassislarni tayyorlash kurslarini tamomlaganidan keyin beriladi.
232. Navbatdagi “polkovnik” harbiy unvoni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining ikki yillik o‘quv dasturini, xorijiy davlatlarning harbiy akademiyalarini yoki magistrlik o‘quv dasturi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonlarga (tegishli yo‘nalish bo‘yicha), shuningdek chuqur kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan ofitserlarga beriladi.
233. Oliy harbiy ta’lim muassasasidagi kurslarda o‘qiyotgan ofitserlarga navbatdagi harbiy unvon egallab turgan lavozimidagi shtat toifasini hisobga olgan holda ofitserni o‘qishga yuborgan komandirlarning (boshliqlarning) taqdimnomasiga asosan harbiy unvondagi xizmat muddati tugagandan so‘ng beriladi.
234. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida uzoq muddatli xizmat safarlarida bo‘lgan, shuningdek xorijiy mamlakatlar harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan harbiy xizmatchilar navbatdagi harbiy unvonlarni berishga vazirliklar kadr organlarining boshliqlari tomonidan taqdim qilinadilar.
235. Xizmat, harbiy burchni bajarishda alohida namuna ko‘rsatgan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, hududiy yaxlitligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda vazirliklar rahbarlari tomonidan navbatdagi harbiy unvonlar muddatidan avval berilishi mumkin.
236. Istisnoli holatlarda serjant va ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning harbiy unvonini bir pog‘onaga tushirish intizomiy jazo chorasi sifatida yoki attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra ushbu harbiy unvonni berish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
237. Harbiy burchni ado etishdagi jiddiy xatoliklar, hokimiyat vakolatlarini suiiste’mol qilgani, favqulodda vaziyatlarda qonunlar va Umumharbiy nizomlari bilan zimmasiga yuklangan talab va majburiyatlarni bajarmaganligi uchun generallar tarkibiga mansub shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan harbiy unvonlaridan pastlatilishi mumkin.
Harbiy unvonlari pastlatilgan harbiy xizmatchilar pastlatilgan kundan boshlab kamida bir yil o‘tgach ijobiy tavsifnoma bo‘lgan taqdirda harbiy unvonni pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan boshliqlar, ularga tenglashtirilgan va yuqori turuvchi boshliqlarning buyruqlari bilan oldingi harbiy unvonga qayta tiklanishlari mumkin.
Harbiy xizmatchini oldingi harbiy unvoniga tiklamay va navbatdagi harbiy unvon berilmay turib uni ikkinchi marta harbiy unvondan pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Harbiy unvoni pasaytirilgandagi xizmat muddati harbiy unvoni qayta tiklangandagi xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.


Oldingi tahrirga qarang.

238. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi, prokuratura, sud va adliya organlarining maxsus unvonlariga (martaba darajalariga) ega fuqarolarni harbiy xizmatga qabul qilishda vazirlik rahbari tomonidan belgilangan attestatsiyadan qayta o‘tish tartibida uning maxsus unvoniga mos keladigan harbiy unvon berilishi mumkin.


Harbiy unvonda xizmat qilish muddatiga (martaba darajasidagi ish stajiga) maxsus unvonda xizmat qilish muddati ham qo‘shib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi, prokuratura, sud va adliya organlarining maxsus unvonlariga (martaba darajalariga) ega, harbiy xizmatga kirish paytida mavjud maxsus unvonga (martaba darajalariga) mos keladigan harbiy unvon berilmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga maxsus unvonda xizmat qilish (martaba darajasida ishlash) davrlari keyinchalik attestatsiyadan qayta o‘tkazish tartibida navbatdagi harbiy unvonni berish uchun qo‘shib hisoblanishi mumkin.
(238-bandning birinchi — uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PF-6230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori, farmoyishi bilan generallar tarkibi lavozimlariga tayinlangan, harbiy yoki maxsus unvoni bo‘lmagan shaxslarga haqiqiy harbiy xizmatga qabul qilishda o‘rnatilgan tartibda “polkovnik” va ungacha bo‘lgan harbiy unvon berilishi mumkin.
Alohida holatlarda ilmiy daraja, ilmiy unvon yoki faoliyatning tor ixtisoslik turlari bo‘yicha ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan va ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan fuqarolarga haqiqiy harbiy xizmatga qabul qilishda o‘rnatilgan tartibda “mayor” va ungacha bo‘lgan harbiy unvon berilishi mumkin.
4-§. Mansabdor shaxslarning harbiy unvonlar berish bo‘yicha huquqlari
239. Harbiy xizmatchilarga quyidagi harbiy unvonlar beriladi:
a) “oddiy askar” harbiy unvoni — harbiy unvoni bo‘lmagan fuqarolarga muddatli harbiy xizmatga chaqirilganda, safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilariga yig‘inlar yakuniga yetganda yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga olish vaqtida — harbiy qism va muassasalar komandirlarining buyruqlari bilan;
b) serjantlar tarkibining harbiy unvonlari — shunday vakolatlar berilgan mansabdor shaxslar tomonidan;
v) kichik va katta ofitserlar tarkiblarining harbiy unvonlari — vazirlik rahbari va shunday vakolatlar berilgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan;
g) “polkovnik” harbiy unvoni — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi bilan kelishilgan holda vazirliklar rahbarlarining buyruqlari bilan beriladi.
Harbiy unvon berish bo‘yicha mansabdor shaxslarning vakolatlari vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
Generallar tarkibining harbiy unvonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
240. Yuqori turuvchi mansabdor shaxs quyi turuvchi komandirlarga (boshliqlarga) harbiy unvonlar berish bo‘yicha berilgan barcha huquqlardan foydalanadi.
5-§. Harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan mahrum etish va fuqarolarni harbiy unvonda tiklash tartibi
241. Ofitserlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchilarni, shu jumladan rezerv yoki zaxiradagi shaxslarni harbiy unvondan mahrum etish faqatgina ular og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgani uchun sudlanganida sudning qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
242. Serjantlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan mahrum etish harbiy xizmatchi tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilgani uchun boshqa intizomiy jazo choralari yetarli bo‘lmagan taqdirda sud yoki vazirlik rahbarining qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
243. Ofitserlar yoki serjantlar tarkibining harbiy unvonidan mahrum etilgan fuqarolar oddiy askar harbiy unvonidagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar hisoblanadi hamda oddiy askar harbiy unvonidagi kontrakt bo‘yicha (zaxiradagi, rezervdagi) harbiy xizmatchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadi.
244. Noqonuniy sudlanganligi sababli harbiy unvonidan mahrum etilgan fuqaro, uning oqlanganligi yoki noqonuniy hukm bekor qilingani to‘g‘risidagi sud qarori kuchga kirgandan so‘ng o‘rnatilgan tartibda harbiy unvondan mahrum etilgan kundan boshlab avvalgi harbiy unvoniga qayta tiklanadi.
Fuqaroni oldingi harbiy unvoniga tiklash uchun asoslar mavjud bo‘lganda mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi va ularni shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruq chiqarish uchun uni harbiy unvondan mahrum etgan vazirlikka yuboradi.
Bunday holatda fuqaroni harbiy unvonda tiklash uni harbiy unvondan mahrum qilgan vazirlik rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirilishi mumkin.
245. Harbiy unvonda tiklangan fuqaro tiklangan harbiy unvoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarida belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadi.
[OKOZ:1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.10.00 Harbiy guvohnoma. Harbiy xizmatni o‘tashning boshqa masalalari]
9-bob. Ta’tillar
1-§. Ta’til turlari
246. Tinchlik davrida harbiy xizmatchilarga quyidagi ta’tillar beriladi:
a) navbatdagi;
b) kasalligi tufayli;
v) kanikulyar;
g) oliy harbiy ta’lim muassasalarini bitirish munosabati bilan;
d) qo‘shimcha;
e) homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bola parvarishlash munosabati bilan;
j) qisqa muddatli (muddatli harbiy xizmatchilar uchun).
Harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha ham ta’tillar berilishi mumkin.
[OKOZ:1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.29.00 Ta’tillar / 05.02.29.01 Yillik mehnat ta’tillari]
2-§. Navbatdagi ta’tilni berish tartibi
247. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’tilni berish ularning sog‘lig‘ini yaxshilash, jismoniy va axloqiy-ruhiy kuchini tiklash hamda har tomonlama dam olishining muhim va zarur omili sifatida qaraladi.
248. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til har yili ta’tillar rejasiga muvofiq harbiy qism komandiri (boshlig‘i)ning buyrug‘iga asosan beriladi.
249. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga har yili muddati o‘ttiz sutkaga teng navbatdagi ta’til berilib, bunda pul ta’minoti saqlanadi hamda ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur, biroq uch kundan ko‘p bo‘lmagan vaqt beriladi.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning har yilgi navbatdagi ta’tiliga qo‘shimcha tarzda, xizmat yillarining kalendar hisobiga ko‘ra:
o‘n yillik harbiy xizmatdan so‘ng — davomiyligi besh sutkalik;
o‘n besh yillik harbiy xizmatdan so‘ng — davomiyligi o‘n sutkalik;
yigirma yillik va undan ko‘p harbiy xizmatdan so‘ng — davomiyligi o‘n besh sutkalik qo‘shimcha ta’til beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.

Qo‘shimcha ta’tilning muddatini belgilashda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi, sud, prokuratura va adliya organlaridagi xizmat ham harbiy lavozimga tayinlangan xodimlarga maxsus unvonlar (martaba darajalari) berilgan kundan boshlab harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi.


(249-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PF-6230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son)
250. Kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatga kirgan yilda navbatdagi ta’tilning davomiyligi kontrakt kuchga kirgan kundan boshlab yilning oxirigacha bo‘lgan vaqtga proporsional ravishda har to‘liq oy xizmat uchun ta’tilning ikki yarim sutkasi hisobida ta’til muddatini to‘liq bir kungacha yetkazish tomoniga yaxlitlash yo‘li bilan hisoblanadi. Bunda muddati o‘n sutka va undan ortiq bo‘lgan ta’til olish huquqiga ega harbiy xizmatchilarga ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytib kelish uchun harbiy tashish hujjatlari beriladi. Muddati o‘n sutkadan kam bo‘lgan ta’til harbiy xizmatchining xohishiga ko‘ra keyingi yili navbatdagi ta’til bilan birga qo‘shib berilishi mumkin.
251. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgani, sog‘lig‘ining holati yoki kontrakt muddatining tugagani sababli kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatdan bo‘shatilgan yili harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til taqdim qilinmaydi va foydalanilmagan ta’til uchun qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda kompensatsiya puli to‘lanadi.
Boshqa asoslarga ko‘ra kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatdan bo‘shatilayotganda navbatdagi ta’tildan foydalanmagan harbiy xizmatchilarga foydalanilmagan ta’til uchun qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda kompensatsiya puli to‘lanadi.
252. Uzrli sabablarsiz, biroq ko‘pi bilan o‘n sutka muddat davomida xizmatda bo‘lmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til kelmagan kunlari soniga qisqartiriladi. Ta’tilni qisqartirish to‘g‘risidagi qarorni ta’til berish huquqiga ega bo‘lgan komandir (boshliq) harbiy qism bo‘yicha buyruq chiqarish orqali qabul qiladi.
253. Navbatdagi ta’til muddatini uzaytirish uchun asoslar bo‘lgan hollarda, ta’til muddati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tegishli ta’til sutkalariga uzaytiriladi.
254. Muddatli harbiy xizmatni tugatib (haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shamasdan turib) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgan harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til harbiy qism komandiri tomonidan, ish va lavozimni qabul qilib olgandan so‘ng umumiy asoslarda beriladi.
255. Harbiy xizmatchilarga oliy harbiy ta’lim muassasalarini tugatish munosabati bilan beriladigan ta’tillar ular xizmatni o‘tash joylariga kelmasdan turib beriladi. Davomiyligi o‘ttiz sutka bo‘lgan ushbu ta’tillar joriy yilning navbatdagi ta’tili sifatida hisobga olinadi.
256. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’tillar ulardan foydalanish davrlarining almashinib turish zaruriyatini, shuningdek harbiy qism jangovar shayligini ta’minlashni hisobga olgan holda va ta’tillar rejasiga muvofiq yilning istalgan vaqtida beriladi.
257. O‘qishga yuborishga, xizmat muddati belgilangan joylarga almashishga nomzod sifatida tasdiqlangan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til u erga ketgunga qadar ta’tildan to‘liq foydalanishni hisobga olgan holda, oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga esa o‘quv yili tugagandan so‘ng beriladi.
258. Komandirlarning (boshliqlarning) ta’tillarni berish huquqi, shuningdek ta’tillarni berish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
Vazirliklar rahbarlariga ta’tillar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq beriladi.
259. Navbatdagi ta’til quyidagi toifadagi harbiy xizmatchilarga ularning xohishi bo‘yicha qulay vaqtda beriladi:
a) jangovar harakatlar ishtirokchisi;
b) nogironligi bo‘lgan farzandi bor harbiy xizmatchilarga;
v) o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan farzandini tarbiyalayotgan yolg‘iz harbiy xizmatchilarga;
g) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shunday huquqqa ega boshqa harbiy xizmatchilarga.
Harbiy xizmatchining iltimosiga ko‘ra va komandirning (boshliqning) roziligi bilan harbiy xizmatchiga navbatdagi va qo‘shimcha ta’tillar ketma-ket, ular o‘rtasidagi uzilishlarsiz berilishi mumkin.
260. Xotini homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til harbiy xizmatchilarning xohishini hisobga olgan holda ta’tillarni berish huquqiga ega bo‘lgan komandirning (boshliqning) qaroriga ko‘ra beriladi.
261. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining kasalligi tufayli yoki boshqa istisno holatlar sababli o‘tgan yil uchun navbatdagi ta’til berilmagan bo‘lsa, ushbu ta’til kelgusi yilning birinchi choragida beriladi.
262. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan er-xotin harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til ularning xohishiga ko‘ra bir vaqtning o‘zida beriladi.
263. Navbatdagi yoki qo‘shimcha ta’til vaqtida kasal bo‘lib qolgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga ta’til ular tuzalganlaridan so‘ng foydalanilmagan ta’til sutkalari soniga uzaytiriladi. Bu holda ta’tilni uzaytirish davolovchi shifokor va davolash muassasasining boshlig‘i (bosh shifokor) tomonidan tasdiqlangan tegishli ma’lumotnomaga asosan ta’tilni bergan komandir (boshliq) tomonidan amalga oshiriladi.
264. Ta’tilda bo‘lgan harbiy xizmatchi yaqin qarindoshlarining (xotini, eri, ota-onasi, farzandlari, tug‘ishgan aka-ukalari, opa-singillari, erining yoki xotinining ota-onasi, qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar) sog‘lig‘i holati yomonlashganligi yoki vafot etganligi, shuningdek harbiy xizmatchining oilasi yoki yaqin qarindoshi yong‘in yoki boshqa tabiiy ofatga duchor bo‘lgan holatlarda harbiy xizmatchi ta’tilda bo‘lgan hudud mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i unga xizmat joyiga borish uchun zarur bo‘lgan vaqtni hisobga olgan holda o‘n sutkagacha bo‘lgan muddatga oilaviy ahvolga bog‘liq bo‘lgan sabab bilan ta’til berish huquqiga ega. Mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i berilgan ta’til to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilgan harbiy xizmatchi harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy qism komandiriga zudlik bilan xabar beradi. Bunda ta’til unga oilaviy ahvoliga bog‘liq bo‘lgan sabab bilan berilgan ta’til sutkalari soniga uzaytiriladi.
3-§. Kasalligi tufayli ta’til berish tartibi
265. Kasalligi tufayli ta’til muddati kasallikning xususiyatiga qarab belgilanadi. Tinchlik davrida davolash muassasalarida uzluksiz davolanish va kassaligi tufayli ta’tilda bo‘lishning muddati hammasi bo‘lib to‘rt oydan oshmasligi kerak, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan alohida kasalliklar bo‘yicha uzoqroq muddat davolanishda bo‘lish hollari bundan mustasno. Bu muddat davolash muassasaning xulosasiga asosan vazirlik rahbarining qarori bilan uzaytirilishi mumkin. Uzluksiz davolanishda va kasalligi tufayli ta’tilda bo‘lishning belgilangan muddati tugashi bilan harbiy xizmatchilar ularning harbiy xizmatga yaroqliligi masalasini hal qilish uchun harbiy-tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tishi lozim.
266. Kasalligi tufayli ta’til navbatdagi ta’til hisobiga qo‘shilmaydi.
267. Jangovar harakatlarda qatnashish, terrorchi tashkilotlarning qurollangan tuzilmalarini aniqlash va yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyalarni o‘tkazish mobaynidagi jangovar vazifalarni bajarish yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish vaqtida jarohatlangan (yarador bo‘lgan, travma olgan, kontuziya bo‘lgan) harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatga yaroqliligini aniqlash bo‘yicha tibbiy ko‘rik statsionar davolanishning muddatidan qat’i nazar, u tugagandan so‘ng o‘tkaziladi.
4-§. Kanikulyar ta’tillar berish tartibi
268. Kanikulyar ta’tillar oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishning kunduzgi bo‘limida o‘qiyotgan harbiy xizmatchilarga o‘quv semestrlari tugagandan so‘ng quyidagi muddatlarga beriladi:
a) yozgi kanikulyar ta’til — o‘ttiz sutka;
b) qishki kanikulyar ta’til — o‘n besh sutka.
Yozgi kanikulyar ta’til asosiy, qishkisi esa qo‘shimcha hisoblanadi.
269. Kanikulyar ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytib kelish uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. Asosiy kanikulyar ta’tilni o‘tkazish joyiga (o‘qish yakunlanadigan yili — ta’tilni o‘tkazish va harbiy xizmatni o‘tash joyiga) bepul borish va qaytib kelish huquqi har yili beriladi.
[OKOZ:1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.29.00 Ta’tillar / 05.02.29.03 Yillik qo‘shimcha ta’tillar. Ta’tillar berish tartibi, vaqti va navbati]
5-§. Qo‘shimcha ta’tillarni berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.

270. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga quyidagi qo‘shimcha ta’tillar beriladi: oliy ta’lim muassasalariga, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga kirish imtihonlarini topshirish va ularda tahsil olish vaqtida (biroq yiliga ko‘pi bilan bir marta); ijodiy; oilaviy sharoiti tufayli; jangovar harakatlarda qatnashganligi uchun; rag‘batlantirish tariqasida.


(270-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmonitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
271. Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarini topshirishga ruxsat etilgan harbiy xizmatchilarga imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni topshirish uchun o‘ttiz sutkagacha bo‘lgan muddatga o‘quv ta’tili beriladi.
Doktoranturaga qabul qilinayotgan harbiy xizmatchilarga o‘quv ta’tili berilmaydi.
Harbiy xizmatchining kirish imtihonlarini topshirishiga ruxsat etilgani to‘g‘risidagi ta’lim muassasasi boshlig‘i tomonidan imzolangan xabarnoma o‘quv ta’tili berish uchun asos hisoblanadi.
272. O‘quv ta’tilining muddati ta’lim muassasasi joylashgan joyga borish va qaytish vaqtiga uzaytiriladi.
273. Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga dam olish va bayram kunlaridan tashqari haftada bitta bo‘sh kun beriladi. Beriladigan bo‘sh kunlar harbiy qism komandirining (boshliqning) buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish bo‘yicha mustaqil izlanuvchilarga malakaviy imtihonlarni topshirish uchun xizmat joyidan ta’lim muassasasi yoki ilmiy tashkilot joylashgan joygacha borish va qaytish vaqtini hisobga olmagan holda o‘ttiz sutka beriladi.


(273-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmonitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)


Oldingi tahrirga qarang.

274. Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga harbiy xizmatni ilmiy ish bilan muvaffaqiyatli ravishda birga qo‘shib olib borish sharti bilan, u ilmiy daraja izlanuvchisi bo‘lgan ta’lim muassasasi yoki ilmiy tashkilot ilmiy kengashining tavsiyasiga binoan komandir (boshliq) tomonidan vazirlik rahbari belgilagan tartibda quyidagi muddatlarga ijodiy ta’tillar beriladi:


(274-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmonitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
a) fan doktori (DSc) ilmiy darajasi bo‘yicha izlanuvchi uchun — dissertatsiyani tugatish uchun olti oygacha;
b) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi bo‘yicha izlanuvchi uchun — dissertatsiyani tugatish uchun uch oygacha.
275. Uchuvchilar tarkibi va ayrim boshqa mutaxassislar orasidan bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning alohida toifalari uchun, ular tomonidan inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi vazifalar (ish, mashqlar) bajarilgandan so‘ng tibbiy reabilitatsiya olib boriladi, ular xizmatni o‘tayotgan vazirliklarning sanatoriylari, dam olish uylari va bazalarida profilaktik dam olish tashkillashtiriladi.
Bunday sog‘lomlashtirish tadbirlarining zaruriyati tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha harbiy-tibbiy xizmatlar tomonidan berilgan tavsiyalar asosida belgilanadi.
Harbiy xizmatchilarga tibbiy reabilitatsiya doirasida profilaktik dam olish uchun qo‘shimcha sutkalarni berish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
276. Quyidagi hollarda harbiy xizmatchiga o‘n sutkagacha, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisiga yig‘inlar davomida uch sutkagacha bo‘lgan muddatga, ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytib kelishga ketadigan vaqtni hisobga olmagan holda, oilaviy sharoiti munosabati bilan ta’til beriladi:
a) yaqin qarindoshi sog‘lig‘i holatining og‘irlashgani yoki vafot etishi (halok bo‘lishi);
b) harbiy xizmatchining oilasi yoki yaqin qarindoshining boshiga tushgan yong‘in yoxud boshqa tabiiy ofatlar sodir bo‘lishi;
v) harbiy xizmatchi oilasining yonida bo‘lishi zarur bo‘lgan boshqa favqulodda holatlarda — harbiy qism komandirining qarori bilan.
Bunday ta’til berilishiga sabab bo‘lgan sharoitlar hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
277. Jangovar harakatlarda qatnashgan, qurollangan noqonuniy tuzilmalarini aniqlash va yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyalarni o‘tkazish mobaynidagi jangovar vazifalarni bajargan, favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qo‘shimcha ta’tillar beriladi.
278. Muddatli harbiy xizmatchilarga rag‘batlantirish tariqasida ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytib kelish uchun zarur vaqtni hisobga olmagan holda o‘n sutkagacha bo‘lgan muddatga bitta ta’til berilishi mumkin.
279. Qo‘shimcha ta’tillar navbatdagi ta’tillar hisobiga qo‘shilmaydi.
6-§. Homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarishlash uchun ta’tillar berish tartibi
280. Ayol harbiy xizmatchilarga homiladorlik va tug‘ish, bolani parvarishlash uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va ushbu Nizomda belgilangan tartibda ta’til beriladi. Bunda ularga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan qo‘shimcha imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalar tatbiq etiladi.
281. Bola (bolalarni) asrab olgan ayol harbiy xizmatchiga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bolani parvarishlash uchun ta’til beriladi.
282. Ayol harbiy xizmatchilarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili pul ta’minoti saqlangan holda, bolani parvarishlash ta’tili esa pul ta’minoti saqlanmagan holda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddat va tartibda beriladi. Ayol harbiy xizmatchilarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili ularning bildirgisi va tegishli tibbiy muassasalarning ma’lumotnomalariga asosan beriladi. Ayol harbiy xizmatchilar bolani parvarishlash uchun berilgan ta’til muddati tugamasdan xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishish huquqiga ega.
Qonunchilikda belgilangan alohida hollarda bolani parvarishlash ta’tili erkak harbiy xizmatchilarga ham berilishi mumkin.
283. Homiladorlik va tug‘ish ta’tillari vaqti harbiy unvonlar, oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi xizmat muddatiga umumiy ish staji uchun foizli ustama haq to‘lash, uzluksiz xizmati uchun bir martalik pul mukofotini to‘lash, shuningdek og‘ir iqlim sharoitli joylarda xizmat qilganini hisobga olgan holda pensiyani hisoblashda xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi.
Ayol harbiy xizmatchilarning farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun jami uch yildan ko‘p bo‘lmagan ta’tilda bo‘lish vaqti oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi xizmat umumiy ish staji uchun foizli ustama haq to‘lash, shuningdek og‘ir iqlim sharoitli joylarda xizmat qilganini hisobga olmagan holda pensiyani hisoblashda xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi. Bunda xizmat muddati uzluksiz xizmati uchun bir martalik pul mukofotini to‘lashda ularga qo‘shib hisoblanmaydi.
284. Homiladorlik va tug‘ish ta’tillari navbatdagi ta’til hisobiga qo‘shilmaydi. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili oldidan yoki bevosita undan keyin ayol harbiy xizmatchilarga ularning xohishiga ko‘ra joriy yil uchun navbatdagi ta’til beriladi.
285.Bolani parvarishlash uchun ta’til tugaydigan yildagi navbatdagi ta’til kalendar yilning oxirigacha bu ta’til tugagan kundan boshlab kalendar yilining oxirigacha bo‘lgan vaqtga proporsional ravishda har to‘liq oy xizmat uchun ikki yarim kun hisobida hisoblanadi va ushbu Nizomning 250-bandida belgilangan talablar hisobga olingan holda beriladi.
286. Ayol harbiy xizmatchilar kasal bolani parvarishlash uchun tibbiy muassasaning tegishli hujjatlari bilan tasdiqlangan butun davr uchun maoshi saqlangan holda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddat va tartibda xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi.
287. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan erkak harbiy xizmatchining turmush o‘rtog‘i tug‘ruq vaqtida vafot etgan taqdirda, shuningdek agar u o‘n to‘rt yoshgacha (nogironligi bo‘lgan bolani o‘n olti yoshgacha) bo‘lgan bir yoki bir nechta bolalarni onasisiz (u vafot etgan yoki halok bo‘lgan, onalik huquqidan mahrum etilgan, uzoq muddat davolash muassasasida bo‘lgan va bolalarga onalik parvarishi berilmagan boshqa holatlarda) tarbiyalayotgan bo‘lsa, uning iltimosiga ko‘ra uch oygacha muddatga bir marta qo‘shimcha ta’til beriladi.
[OKOZ:1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.29.00 Ta’tillar / 05.02.29.04 Ta’tildan chaqirib olish]
7-§. Harbiy xizmatchini ta’tildan chaqirib olish tartibi
288. Harbiy xizmatchini ta’tildan chaqirib olishga faqatgina favqulodda xizmat zarurati yuzaga kelgan holatda vazirlik rahbarining qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.
Harbiy xizmatchini ta’tildan chaqirib olish tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
289. Harbiy xizmatchi ta’tildan chaqirib olinganda uning foydalanilmagan qismi joriy yilda beriladi.
[OKOZ:1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.05.00 Harbiy xizmatdan bo‘shatish]
10-bob. Harbiy xizmatchilarni haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish
290. Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan rezervga, harbiy hisobdan chiqarilgan taqdirda esa iste’foga bo‘shatiladi.
Rezervda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan yoki harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan yoxud boshqa davlatning fuqaroligiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar iste’foga bo‘shatiladi.
291. Harbiy xizmatchini haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:
a) yosh bo‘yicha — u harbiy xizmatda bo‘lishining belgilangan yosh chegarasiga yetganda, shu jumladan ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda uzaytirilgan harbiy xizmat muddati tugashi bilan;
b) muddatli harbiy xizmatning muddati tugashi bilan — chaqiruv bo‘yicha muddatli harbiy xizmatning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddati tugashi bilan (bo‘shatish uchun boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda);
v) kontrakt muddati tugashi bilan — bo‘shatish uchun boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda, agar amaldagi kontraktning tugash vaqtida harbiy xizmatchi yoki vazirlik tomonidan yangi kontrakt tuzmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa;
g) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan, harbiy xizmatchidan xizmatda foydalanishning imkoni va uni bo‘shatishga boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda;
d) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra — u harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganligi munosabati bilan;
e) tomonlardan birining (harbiy xizmatchi yoki vazirlik) tashabbusiga ko‘ra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan;
j) intizomsizligi sababli kursantlar oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi munosabati bilan, bo‘shatishga boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda;
z) harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakat sodir etganda;
i) davlat sirlari bilan ishlash ruxsatnomasidan mahrum qilingan taqdirda;
k) ozodlikdan yoki harbiy unvondan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo choralarini nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirganda;
l) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda yoxud boshqa davlatning fuqaroligi mavjud bo‘lganda.
292. Agar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo choralarini nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan yoki uning aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmasdan oldin jinoiy ish to‘xtatilgan yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish rad etilgan bo‘lsa, uni harbiy xizmatdan bo‘shatish yoki harbiy xizmatda qoldirish to‘g‘risidagi qaror attestatsiya komissiyasining qarorini hisobga olgan holda haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish huquqiga ega mansabdor shaxs tomonidan qabul qilinadi.
Ko‘rsatilgan qaror qonuniy kuchga kirgan sud ajrimi yoki hukmi, tergov yoki dastlabki tergov organining qarori kelib tushgan kundan boshlab ikki oylik muddatda qabul qilinadi.
293. Sud hukmi bilan xizmat bo‘yicha cheklash jazosini olgan harbiy xizmatchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan asoslarda hukmda belgilangan jazo muddati tugagunga qadar harbiy xizmatdan bo‘shatilishi mumkin. Bunday holatda komandir (boshliq) jazo muddatining qolgan qismini boshqa jazoga almashtirish yoxud jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun sudga materiallarni taqdim etadi.
294. Agar sud hukmi bilan xizmat bo‘yicha cheklash jazosi tayinlangan harbiy xizmatchiga nisbatan hukm qonuniy kuchga kirguniga yoxud komandirning (boshliqning) hukm ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi buyrug‘i chiqquniga qadar jazoni o‘tashdan ozod etilgan holda amnistiya akti qo‘llanilgan bo‘lsa, harbiy xizmatchini bo‘shatish masalasi attestatsiya komissiyasining qarorini hisobga olgan holda qo‘mondonlik tomonidan hal etiladi.
295. Harbiy xizmatchiga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilayotgan yoki jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan davrda, agar bo‘shatishning sabablari jinoiy ta’qib bilan bog‘liq bo‘lmasa, u qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarda harbiy xizmatdan bo‘shatilishi mumkin.
296. Tinchlik davrida harbiy xizmatchilarni haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish ular xizmatni o‘tayotgan vazirliklar rahbarlari, shuningdek vazirliklar rahbarlari tayinlagan mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
297. Harbiy xizmatchilarni haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar bu huquqdan faqat o‘zining bevosita bo‘ysunuvida bo‘lgan harbiy xizmatchilarga nisbatan foydalanishlari mumkin.
298. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchida harbiy xizmatdan bo‘shash uchun bir necha asoslar bo‘lsa (yosh bo‘yicha, kontrakt muddati tugashi bilan, tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan u harbiy xizmatga yaroqsiz deb topganligi, harbiy xizmatchining tashabbusiga ko‘ra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan), u o‘zi tanlagan asosda xizmatdan bo‘shashi mumkin.
299. Huquqlarini buzmagan holda xizmatdan bo‘shatish imkoniyatini obyektiv istisno qiluvchi sharoitlarda (tibbiy muassasada statsionar davolanish, homiladorlik, tug‘ish va bolani parvarishlash ta’tilida, asirlikda, garovga olingan holatda yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa vaziyatlarda bo‘lish) bo‘lgan harbiy xizmatchilar mazkur holatlar bartaraf etilmagunga qadar haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilishi mumkin emas.
300. Sud O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda ayblanuvchi yoki sudlanuvchi harbiy xizmatchini lavozimidan chetlatish huquqiga ega.
Sudning qaroriga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod etilgan harbiy xizmatchi ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha bo‘shatilmasa, ushbu muddat davomida tegishli komandirning (boshliqning) ixtiyoriga o‘tkaziladi.
301. Harbiy xizmatchini harbiy xizmatdan bo‘shatishga taqdim etish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.
302. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini harbiy xizmatdan bo‘shatishga taqdim qilishdan oldin u tomonidan harbiy xizmatni o‘talgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritiladi, zarur hollarda kalendar hisobida va alohida imtiyozli sharoitlardagi xizmat muddatiga kiritilishi uchun uning xizmat davrlari hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Harbiy xizmatchiga u bo‘shatilgunga qadar hisoblab chiqilgan xizmat muddati to‘g‘risida ma’lum qilinadi. Xizmat muddatini hisoblash bo‘yicha harbiy xizmatchining e’tirozlari komandir (boshliq) tomonidan ko‘rib chiqiladi va harbiy xizmatchi harbiy xizmatdan bo‘shatishga taqdim etilgunga qadar u bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi.
303. Harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan va shu sababli bo‘shatilgan harbiy xizmatchini harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatlaridan chiqarish harbiy qism tomonidan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq olingan kundan boshlab bir oydan (oddiy askarlar tarkibiga mansub muddatli harbiy xizmatchilarni — uch kundan) kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
304. Oliy harbiy ta’lim muassasasini bitirgandan keyin o‘qishni tugatgandan so‘ng tuzilgan kontrakt bo‘yicha ko‘zda tutilgan muddat tugamasdan harbiy xizmatni o‘tashdan bosh tortgan, shuningdek kontrakt shartlarini bajarmaganligi, sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli bo‘shatilayotgan yoki bunday kontraktni tuzishdan bosh tortgan harbiy xizmatchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uni o‘qitish uchun sarflangan budjet mablag‘larini davlatga qoplab beradi.
305. Harbiy qismni yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketgan, shuningdek uzrli sabablarsiz uch sutkadan ko‘p vaqt davomida xizmatga kelmagan muddatli harbiy xizmatchi (kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi — o‘n sutka va undan ortiq vaqt davomida) barcha ta’minot turlaridan chiqariladi, biroq xizmatga kelmaslik sababi aniqlangunga qadar harbiy xizmatdan bo‘shatilmaydi va harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatlaridan chiqarilmaydi.
306. Harbiy xizmatdan bo‘shatilgan, biroq belgilangan tartibda ish va lavozimini topshirmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi bo‘shatish to‘g‘risida buyruq yoki yozma ravishda xabarnoma olingan kundan boshlab bir oylik muddat o‘tgach shaxsiy tarkib ro‘yxatlaridan chiqariladi. Bunda hisob hujjatlari harbiy hisobga qo‘yish joyiga yuboriladi. Harbiy qismdan qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda uni undirish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
307. Havo desanti yoki maxsus harbiy qism va bo‘linmalarda xizmatni o‘tab, rezervga yoki iste’foga bo‘shatilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari organlaridagi maxsus hisobga qo‘yiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi hisobda turgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mudofaa ishlari organlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy bo‘linmalariga yetkaziladi.
308. Muddatli harbiy xizmatchi chaqiruv bo‘yicha o‘rnatilgan harbiy xizmat muddati tugamay turib harbiy xizmatdan muddatidan avval bo‘shatilishi mumkin emas, ushbu Nizomning 291, 293 — 295-bandlarida ko‘zda tutilgan asoslar, shuningdek harbiy xizmatni o‘tash davrida qonunga muvofiq harbiy xizmatchida (oddiy askarlar tarkibi) chaqiruvdan ozod qilish huquqining paydo bo‘lishi holatlari bundan mustasno.
309. Oliy harbiy ta’lim muassasasidan o‘qishdan chetlashtirilgan harbiy xizmatchini qonunda ko‘zda tutilgan asosda bo‘shatish oliy harbiy ta’lim muassasasi boshlig‘i yoki ushbu harbiy xizmatchini bo‘shatish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
310. Kamida yigirma kalendar yili mobaynida harbiy xizmatni benuqson o‘tagan ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga harbiy xizmatdan bo‘shatilayotgan vaqtda tegishli buyruqlar bilan harbiy kiyim-kechak kiyish va farqlovchi nishonlarni taqish huquqi beriladi.
Haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shayotgan harbiy xizmatchilar ko‘p yillik va vijdonan (benuqson) xizmat qilgani uchun shunday vakolatga ega boshliqlar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar yoki pul mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin.
Ularni bo‘shatish va rag‘batlantirish choralari to‘g‘risidagi buyruqni e’lon qilish harbiy qism komandiri tomonidan tantanali ravishda amalga oshiriladi.
311. Fuqaroni haqiqiy harbiy xizmatga qayta tiklash harbiy xizmatdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqni bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Harbiy xizmatdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqni bekor qilish buyruqni chiqargan mansabdor shaxs yoki uning bevosita boshlig‘i tomonidan mustaqil ravishda yoxud sud qarori yoki prokuror protestiga asosan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.

312. Nogironligi bo‘lgan farzandlari yoki bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlari bo‘lgan ayol harbiy xizmatchilarni ushbu farzandlari o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar, shuningdek o‘n to‘rt yoshdan kichik farzandlari bo‘lgan yolg‘iz onalar va otalarni ularning roziligisiz tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yilmaydi.


(312-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmonitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
313. Vafot etgan (halok bo‘lgan) harbiy xizmatchi vafot etgan (halok bo‘lgan) kunning ertasiga, belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan harbiy xizmatchi esa tegishli sud qarori qonuniy kuchga kirgan kunning ertasiga harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatlaridan chiqariladi.
314. Sodir etgan jinoyati uchun sud hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish yoki harbiy unvondan mahrum etish jazosini olgan harbiy xizmatchi sud hukmi kuchga kirgan kundan boshlab tegishli asosga muvofiq harbiy xizmatdan bo‘shatiladi.
[OKOZ:1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.04.00 Zaxiradagi xizmat]
11-bob. Qurolli Kuchlar rezervidagi xizmat
1-§. Qurolli Kuchlar rezervini shakllantirish
315. Qurolli Kuchlar rezervi O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi Qonunlariga muvofiq shakllantiriladi.
Rezervchilarni harbiy ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi Nizomgamuvofiq mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan, shuningdek boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar harbiy hisobdan chiqariladi.
316. Qurolli Kuchlar rezervi harbiy xizmatga yaroqli bo‘lgan quyidagi fuqarolar orasidan shakllantiriladi:
a) haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilgan va rezervga kiritilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar;
b) haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilgan va rezervga kiritilgan muddatli harbiy xizmatchilar;
v) safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan harbiy xizmatga majburlar;
g) muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida ofitserlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha to‘liq o‘quv kursini tamomlaganlar.
317. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonungako‘ra harbiy xizmatga majburlar Qurolli Kuchlar rezervida bo‘lishining quyidagi yosh chegaralari belgilangan:



Tarkib

1-daraja rezervi

2-daraja rezervi

Oddiy askarlar va serjantlar

35 yoshgacha

45 yoshgacha

Kichik ofitserlar

40 yoshgacha

50 yoshgacha

Katta ofitserlar

50 yoshgacha

55 yoshgacha

Generallar

55 yoshgacha

60 yoshgacha

318. Rezervda bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan yoki harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan salomatligiga ko‘ra urush davrida harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari organlari tomonidan harbiy hisobdan chiqariladi va iste’foga chiqariladi.


Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlar birinchi va ikkinchi toifaga bo‘linadi.
319. Birinchi toifali rezerv chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan hamda xizmatni o‘tash davrida harbiy hisobdagi ixtisoslikni egallagan birinchi toifadagi harbiy xizmatga majburlar orasidan to‘ldiriladi.
Birinchi toifali rezerv birinchi va ikkinchi navbatga bo‘linadi.
Birinchi toifali rezervning birinchi navbati Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilma va harbiy qismlari, jangovar ta’minot bo‘linmalarini urush davri shtatlariga qadar eng yaxshi tayyorlangan rezervchilar bilan butlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ular Qurolli Kuchlarning ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalari hisobiga o‘tkaziladi hamda ularning jangovar tayyorgarligi ushbu tarkibda olib boriladi va jangda qo‘llash rejalashtiriladi.
Birinchi toifali rezervning ikkinchi navbati Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilma va harbiy qismlari, jangovar ta’minot bo‘linmalariga kiritilmagan rezervchilar orasidan butlanadi va zarurat tug‘ilganda birinchi toifali rezervning birinchi navbatini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan.
Birinchi toifali rezervda turuvchi harbiy xizmatga majburlar rezervda bo‘lish yoshining chegarasiga yetganda yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra ikkinchi toifali rezervga o‘tkaziladi.
Birinchi toifali rezerv bilan butlangan bo‘linma, harbiy qism va qo‘shilmalarning eng muhim vazifasi Qurolli Kuchlarni yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirish hollarida hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda jangovar qo‘llanishga doimiy shay turishdir.
320. Tinchlik davrida favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha maxsus vazifalarni bajarish uchun birinchi toifali rezervdan foydalanish har bir muayyan holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
Birinchi toifali rezerv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ko‘rsatmasiga binoan tegishli vazirliklar rahbarlari tomonidan qo‘yilgan boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Maxsus vazifalarni bajarish uchun birinchi toifali rezervni chaqirish mazkur Nizomning tegishlibo‘limlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
321. Ikkinchi toifali rezerv chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan ikkinchi darajadagi harbiy xizmatga majburlar, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatga majburlar orasidan butlanadi. Ikkinchi toifali rezerv Qurolli Kuchlarning front orti va texnik ta’minot qismlari, bo‘linmalarini urush davri shtatlari darajasiga qadar butlash uchun, favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz yuzaga kelgan taqdirda — urush davri tuzilmalarini saf torttirish uchun mo‘ljallangan.
Zarur hollarda Qurolli Kuchlarning front orti va texnik ta’minot qismlari, bo‘linmalarini Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilma, harbiy qism va jangovar ta’minot bo‘linmalari hisobiga o‘tkazilmagan birinchi toifali rezervchilar bilan urush davri shtatlari darajasiga qadar butlashga yo‘l qo‘yiladi.
322. Qurolli Kuchlarning qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalarini urush davri shtatlari darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davri tuzilmalarini saf torttirish uchun mo‘ljallangan rezervchilarni saralab olish harbiy okruglar qo‘shinlari qo‘mondonlarining buyruqlari bilan tuziladigan saralash komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Saralash komissiyalari tarkibiga harbiy okruglar shtablari, butlanayotgan bo‘lgan qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalar qo‘mondonligi, mudofaa ishlari organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakillari, shuningdek tegishli turdagi qo‘shin va xizmatlar mutaxassislari kiradi.
323. Qurolli Kuchlarning qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalariga ro‘yxatga olish uchun rezervchilarni saralash, qoidaga ko‘ra, harbiy xizmatga majburlarning harbiy-hisob ixtisosligi, oilaviy ahvoli, shuningdek harbiy tayyorgarlik darajasi, intellektual va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda hududiy prinsip asosida yakka tartibda amalga oshiriladi.
324. Qurolli Kuchlarning qo‘shilma, harbiy qism va bo‘linmalarini urush davri shtatlariga qadar butlash, shuningdek urush davri tuzilmalarini saf torttirish uchun zarur bo‘lgan rezervdagi ofitserlar yetishmay qolgan taqdirda rezervga oliy ta’lim muassasalarining tegishli harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida ofitserlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha to‘liq o‘quv kursini o‘tgan, eng ko‘p tayyorgarlikka ega zaxiradagi ofitserlar tanlab olinishi mumkin. Saralashdan o‘tgach, ushbu toifadagi shaxslar rezervdagi ofitserlarni qayta tayyorlash bo‘yicha harbiy yig‘inlarga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilganda ko‘rsatib o‘tilgan idoralarning rezerviga kiritiladi.
2-§. Qurolli Kuchlar rezervini tayyorlash
325. Rezervchilarni tayyorlashning asosiy mazmuni ular ro‘yxatga olingan bo‘linmalar tarkibida jangovar tayyorgarlik bo‘yicha individual bilim, malaka va mahoratlarni oshirish, harakatlar taktikasini puxta o‘rganishdan iborat.
326. Rezervchilarni tayyorlash, qoidaga ko‘ra, hududiy prinsip bo‘yicha harbiy qismlar, o‘quv markazlari qoshida harbiy yig‘inlar tashkil etish va o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek safarbarlik o‘quvlari va mashqlarini o‘tkazish davomida amalga oshiriladi.
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga chaqirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har yili tasdiqlanadigan rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga chaqirishning hisob-kitobi asosida vazirliklar tomonidan ishlab chiqiladigan harbiy yig‘inlarni o‘tkazish rejasidan ko‘chirmaga muvofiq mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga oshiriladi. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga chaqirishning hisob-kitobi joriy yilning 1-avgustiga qadar tegishli vazirliklar tomonidan taqdim etiladigan takliflar asosida har yili O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tuziladi.
327. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati hisobida turuvchi rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga chaqirish tartibi ushbu idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilanadi.
328. Rejimli harbiy qismlardagi harbiy yig‘inlarda qatnashish, shuningdek batalon (divizion) komandiri o‘rinbosaridan tortib ularga tenglashtirilgan va yuqori turuvchi lavozimlarga tayyorlash uchun nomzod sifatida tanlab olingan rezerv ofitserlari vazirliklarning vakillari bilan kelishilgan holda mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlarining ruxsatnomasi talab etiladigan rejimli va boshqa harbiy qism, muassasa va harbiy ta’lim muassasalaridagi harbiy yig‘inlarga yuboriladigan rezervdagi barcha harbiy xizmatga majburlar o‘rnatilgan tartibda nazorat organlari bilan kelishib olinadi.
Kelishib olinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda harbiy guvohnomalar va rezervdagi (zaxiradagi) ofitserlarning guvohnomalari, rezervdagi harbiy xizmatga majburlarning shaxsiy yig‘majildlari va boshqa harbiy-hisob hujjatlariga kiritilib, ularning harbiy yig‘inlarda o‘ta maxfiy va maxfiy ishlar, texnika va hujjatlar bilan ishlashiga ruxsat berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
329. Harbiy yig‘inlarga chaqirish uchun nomzod etib tanlab olingan rezervdagi harbiy xizmatga majburlar hisob ma’lumotlarini tekshirish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida ular oldindan xabardor qilinib, harbiy yig‘inlarda qatnashish uchun yetib borish vaqti va ularning davomiyligi ko‘rsatilgan belgilangan namunadagi chaqiruv qog‘ozi taqdim etiladi. Tashkilot rahbarining nomiga yuboriladigan bildiruv xatida rezervdagi harbiy xizmatga majburlarning harbiy yig‘inlarda bo‘lish vaqti yig‘inlarda qatnashish, harbiy qismga yetib borish va yig‘inlardan qaytish vaqtini hisobga olgan holda ko‘rsatiladi.
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga yuborish mudofaa ishlari organlari tomonidan harbiy okruglar shtablaridan olingan ko‘rsatmalar va harbiy qism komandirlaridan olingan talabnomalarga muvofiq tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga olib borish va qaytarib olib kelish harbiy yig‘inlar o‘tkazilayotgan tegishli vazirlik va muassasalarning mablag‘lari hisobiga temir yo‘l yoki avtomobil transporti orqali amalga oshiriladi.
330. Mudofaa ishlari organlari qo‘shilma, harbiy qism va muassasalarning komandirlariga o‘quv harbiy yig‘inlarini o‘tashga chaqirilgan rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga doir quyidagi hujjatlarni yuboradi:
a) rezervdagi ofitserlar tarkibi uchun — nomma-nom tuzilgan ro‘yxat va shaxsiy yig‘ma jildlar;
b) rezervdagi serjant va oddiy askarlar tarkibi uchun — nomma-nom tuzilgan ro‘yxat;
v) uchuvchilar tarkibi uchun — nomma-nom tuzilgan ro‘yxat, shaxsiy yig‘majildlar, parvoz va tibbiy daftarchalari.
Nomma-nom tuzilgan ro‘yxatlar, parvoz va tibbiy daftarchalari muhrlangan holda komanda boshlig‘iga tilxat bilan topshiriladi.
Parvoz daftarchalari bo‘lmagan shaxslarni uchuvchilar tarkibini tayyorlash bo‘yicha yig‘inlarga chaqirish man etiladi.
Harbiy xizmatga majburlarni harbiy qism qabul qilib olganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ro‘yxatlarning ikkinchi nusxalarini tuman mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi boshliqlari mudofaa ishlari boshqarmalariga taqdim etadi.
331. Birinchi toifali rezervda bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar bir yilda ko‘pi bilan uch marta o‘quv harbiy yig‘inlariga jalb etilishi mumkin. Ushbu harbiy yig‘inlarning umumiy davomiyligi bir yil mobaynida o‘ttiz sutkadan oshmasligi kerak.
Ikkinchi toifali rezervda bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar yiliga ko‘pi bilan ikki marta o‘quv harbiy yig‘inlariga jalb etilishi mumkin. Ushbu harbiy yig‘inlarning umumiy davomiyligi bir yil mobaynida o‘n besh sutkadan oshmasligi kerak.
332. Maxsus harbiy yig‘inlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan o‘tkaziladi. Rezervchilar bu harbiy yig‘inlarga bir yil davomida ko‘pi bilan ikki oy muddatga jalb qilinadi.
333. Harbiy yig‘inlarning boshlanish vaqti deb rezervchining mudofaa ishlari organidan harbiy yig‘inlar o‘tkaziladigan joyga jo‘nagan kun, ularning tugash vaqti deb esa rezervchining harbiy qism komandiri tomonidan berilgan yozma buyruqda ko‘rsatilgan mudofaa ishlari organiga yetib kelgan kun hisoblanadi.
334. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatda belgilanadigan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar uchun bronlashtirib qo‘yilgan rezervdagi harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashishdan ozod etiladi.
335. Rezervda turuvchi fuqarolarni harbiy kiyim-kechak kiyib yurish huquqidan mahrum etish O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
336. Rezervda turuvchi fuqarolarni harbiy kiyim-kechak kiyib yurish huquqidan mahrum etish, harbiy unvondan bir pog‘ona pasaytirish, harbiy unvoniga qayta tiklash to‘g‘risidagi taqdimnomalar vazirliklarning hududiy vakolatli organlari rahbarlari tomonidan kiritiladi va tegishli vazirlikning rahbariga qaror qabul qilish uchun yuboriladi.
3-§. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga harbiy unvonlar berish tartibi
337. “Rezervdagi leytenant” boshlang‘ich ofitserlik unvoni quyidagilarga berilishi mumkin:
a) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsiz (urush davrida harbiy xizmatga cheklangan yaroqli) deb topilgan, bevosita oliy harbiy ta’lim muassasasini tugatganidan so‘ng haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilayotgan bitiruvchilarga;
b) muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni o‘tagan hamda oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida rezerv va zaxira ofitserlarini tayyorlash dasturi bo‘yicha tahsil olgan shaxslarga — ko‘rsatilgan ta’lim muassasasini va o‘quv harbiy yig‘inlarini tamomlab, davlat imtihonlarini topshirganidan so‘ng;
v) ofitserlar tarkibining harbiy unvoniga ega bo‘lmagan oliy fuqarolik ma’lumoti bo‘lgan rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga — o‘quv harbiy yig‘inlarini tugagach va davlat imtihonlarini topshirganidan so‘ng.
338. Ushbu Nizomning 341-bandida ko‘rsatilgan Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlarga ofitserlar tarkibining boshlang‘ich harbiy unvonlari ushbu Nizomning 239-bandida belgilangan mansabdor shaxslar tomonidan berilishi mumkin.
339. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddati quyidagicha belgilanadi:
“oddiy askar” — belgilanmagan;
“kichik serjant” — uch yil;
“III darajali serjant” — to‘rt yil;
“II darajali serjant” — to‘rt yil;
“I darajali serjant” — besh yil;
“katta serjant” — belgilanmagan;
“leytenant” — uch yil;
“katta leytenant” — to‘rt yil;
“kapitan” — to‘rt yil;
“mayor” — besh yil;
“podpolkovnik” — belgilanmagan.
340. Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlarga tinchlik davrida navbatdagi harbiy unvonlar ushbu Nizomning 339-bandida belgilangan oldingi harbiy unvondagi xizmat muddatlari tugagandan so‘ng, attestatsiya (malaka) komissiyaning ijobiy qarori qabul qilingan va u o‘quv harbiy yig‘inlardan o‘tgan, navbatdagi harbiy unvonga mos keladigan lavozim uchun ta’lim dasturi bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda berilishi mumkin.
Mansabdor shaxslarning rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga navbatdagi harbiy unvonlarni berish bo‘yicha huquqlari ushbu Nizomning 239-bandida belgilab berilgan.
341. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga navbatdagi harbiy unvonlar ketma-ketlikda beriladi. Harbiy xizmatda foydalanish mumkin bo‘lgan ixtisoslik bo‘yicha yuqori tayyorgarlikka va katta ish tajribasiga ega bo‘lgan rezervdagi (zaxiradagi) alohida ofitserlarni haqiqiy harbiy xizmatga olish vaqtida ularga, istisno tariqasida, ushbu Nizomning 339-bandida ko‘zda tutilgan xizmat muddatlaridan qat’i nazar amaldagi unvonga nisbatan bir-ikki daraja yuqori ofitserlik unvoni berilishi mumkin.
342. Rezervda turuvchi harbiy xizmatga majburlarning harbiy unvonini bir darajaga pasaytirish ushbu Nizomning 236-bandga muvofiq 239-bandida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Rezervda turgan davrda harbiy unvoni pasaytirilgan hamda ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydali ishda o‘zini oqlagan harbiy xizmatga majburlar harbiy unvonda pastlatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan mansabdor shaxslar tomonidan oldingi harbiy unvoniga tiklanishi mumkin, biroq bunda harbiy unvon pasaytirilgandan so‘ng kamida uch yil o‘tgan bo‘lishi lozim.
Harbiy xizmatni o‘tash davrida ushbu Nizomning 239-bandida ko‘rsatib o‘tilgan mansabdor shaxslar tomonidan harbiy unvoni pasaytirilgan rezervda turuvchi harbiy xizmatchilarga mazkur shartlarda oldingi harbiy unvoni berilishi mumkin.
343. Rezervda turuvchi generallar tarkibiga mansub shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan harbiy unvonda pasaytirilishi, keyinchalik esa ijobiy tavsiflar berilgan taqdirda harbiy unvonida tiklanishi mumkin (ushbu shaxslarga harbiy unvonlar berish tartibiga muvofiq). Harbiy xizmatni o‘tash davrida harbiy unvonda pasaytirilgan rezervda turuvchi generallar tarkibiga mansub shaxslarga oldingi harbiy unvoni berilishi mumkin.
[OKOZ:1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.01.00 Urush holati]
12-bob. Urush davrida harbiy xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari
344. Harbiy xizmatchilar urush davrida ushbu Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarda ko‘zda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda harbiy xizmatni o‘taydilar.
Safarbarlik e’lon qilinganda:
a) haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lgan barcha harbiy xizmatchilar, harbiy yig‘inlarga jalb qilingan harbiy xizmatga majburlar alohida farmoyish berilguniga qadar xizmatda ushlab turiladi. Shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilmagan harbiy xizmatchilarni bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqlar bekor qilinadi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra iste’foga bo‘shatilgan shaxslarga nisbatan chiqarilgan buyruqlar bundan mustasno. Bo‘shatish to‘g‘risida buyruqlari bekor qilingan harbiy xizmatchilar oldingi lavozimlarining xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishadi, bu lavozimlar boshqa harbiy xizmatchilar tomonidan band qilingan taqdirda esa boshqa vakant lavozimlarga tayinlanadi;
b) safarbarlik e’lon qilinguniga qadar harbiy xizmatchilar bilan tuzilgan kontraktlarning harakati urush davri tugagunga qadar to‘xtatib turiladi, bunda harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetganda, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgani munosabati bilan, ozodlikdan mahrum qilish yoki harbiy unvondan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo choralari tayinlangan sud hukmi qonuniy kuchga kirganda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda yoxud boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lganda kontrakt harakatdan to‘xtatiladi. Harbiy xizmatchilarning ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan urush davri normalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Urush davri tugagandan so‘ng to‘xtatilgan kontraktlar harakati qayta tiklanadi, bunda kalendar va imtiyozlarni hisoblashda urush davrining butun haqiqiy harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi;
v) tuzilgan kontraktlar harbiy xizmatchining tashabbusi bilan bir tomonlama bekor qilinishi mumkin emas;
g) kasalligi bo‘yicha, homiladorlik va tug‘ish ta’tillaridan tashqari boshqa barcha ta’tillar to‘xtatiladi hamda ta’tilda bo‘lgan harbiy xizmatchilar zudlik bilan xizmat joylariga qaytib kelishlari shart;
d) xizmat muddatlari belgilangan joylarda xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning rejali almashinuvi amalga oshirilmaydi;
e) rezervdagi harbiy xizmatga majburlar o‘z safarbarlik yo‘llanmasi, chaqiruv qog‘ozlari yoki mudofaa ishlari organlarining buyruqlarida ko‘rsatilgan joyda va muddatda hozir bo‘lishi shart;
j) urush davri shtatlari bo‘yicha lavozimga mo‘ljallangan harbiy xizmatchilar hamda rezervdagi harbiy xizmatga majburlar safarbarlik vazifasiga muvofiq lavozim bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga kirishadi.
Uzrli sabablarsiz ta’tildan o‘z vaqtida xizmat joyiga qaytmagan harbiy xizmatchilar hamda safarbarlik bo‘yicha ko‘rsatilgan joyda va muddatda hozir bo‘lmagan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
345. Urush davrida Qurolli Kuchlar quyidagilar bilan to‘ldiriladi:
a) oliy harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari;
b) safarbarlik bo‘yicha chaqiriladigan rezerv va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar;
v) o‘z ixtiyoriga ko‘ra harbiy xizmatga olingan harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan ayollar.
Urush davrida harbiy xizmatga majburlarni haqiqiy harbiy xizmatga chaqirish va keyingi chaqiruvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan chiqarilgan mudofaa vazirining buyruqlariga muvofiq mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga oshiriladi.
346. Urush davrida boshlang‘ich ofitserlik unvoni quyidagilarga beriladi:
a) oliy harbiy ta’lim muassasalarining, shu jumladan qisqartirilgan ta’lim dasturi asosidagi bitiruvchilariga;
b) kichik ofitserlarni tayyorlash bo‘yicha kurslarning bitiruvchilariga;
v) oliy ma’lumotli, jangovar vazifalarni bajarishda jasorat va qahramonlik ko‘rsatgan, harakatdagi qo‘shilmalarning (harbiy qismlarning) ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan va bu lavozimlar majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarayotgan harbiy xizmatchilarga.
347. Urush davrida boshlang‘ich serjantlik unvoni quyidagilarga beriladi:
a) kichik mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga;
b) jangovar vazifalarni bajarishda jasorat va qahramonlik ko‘rsatgan, harakatdagi qo‘shilmalarning (harbiy qismlarning) kichik komandirlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan va bu lavozimlar majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarayotgan harbiy xizmatchilarga.
348. Urush davrida boshlang‘ich va navbatdagi harbiy unvonlar ushbu Nizomning 239va 240-bandlarida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan beriladi.
349. Jasorat va qahramonlik ko‘rsatgan, yuksak darajadagi kasbiy va vatanparvarlik xislatlarini namoyon etgan harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvon mavjud harbiy unvondagi xizmat muddatidan qat’i nazar muddatidan avval berilishi mumkin.
350. Harakatdagi harbiy qism va qo‘shilmalarning ofitserlari uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddati quyidagicha belgilanadi:



Harbiy unvonlar

Harbiy qism va qo‘shilmalarning ofitserlari uchun

Harbiy okrug boshqarmalari, okrug bazalari
va muassasalarining ofitserlari uchun

leytenant harbiy unvonida

6 oy

1 yil

katta leytenant harbiy unvonida

8 oy

1 yil 6 oy

kapitan harbiy unvonida

8 oy

1 yil 6 oy

mayor harbiy unvonida

1 yil

1 yil 6 oy

podpolkovnik harbiy unvonida

1 yil

1 yil 6 oy

Urush davrida harakatdagi harbiy qism va qo‘shilmalarda bo‘lmagan ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga va rezervdagi ofitserlarga navbatdagi harbiy unvonlarni berishda mazkur Nizom 8-bobining 3-paragrafida va 11-bobining 3-paragrafida belgilangan harbiy unvonlardagi xizmat muddatlari qo‘llaniladi.


351. Mansabdor shaxslarning urush davrida harbiy xizmatchilarni harbiy lavozimlarga tayinlash bo‘yicha huquqlari mazkur Nizom 6-bobining 1-paragrafiga muvofiq belgilanadi.
352. Urush davrida harbiy lavozimlarga tayinlash huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar vakant lavozimlarni o‘z vaqtida butlash maqsadida xizmat bo‘yicha yuqori lavozimga tayinlash uchun serjant va ofitserlar tarkibiga munosib nomzodlar rezerviga doim ega bo‘lishi shart. Urush davrida qo‘shinlarni boshqarish va ularning jangovar faoliyatini ta’minlashda yuksak kasbiy sifatlar hamda tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyon etgan, jangovar vazifalarni bajarishda tashabbuskorlik ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar birinchi navbatda xizmat bo‘yicha yuqori lavozimlarga tayinlanishi lozim. Jangovar vazifalarni bajarayotgan harbiy qism, qo‘shilma hamda boshqaruv organlari birinchi navbatda va eng to‘liq butlanishi lozim.
353. Oliy harbiy ta’lim muassasalarini tamomlagan, rezerv va zaxiradan chaqirilgan, harbiy-davolash muassasalarida davolanishni tugatgan harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga yuborish va lavozimlarga tayinlash, shuningdek xizmat joyini o‘zgartirish tartibi vazirliklar rahbarlari tomonidan belgilanadi.
354. Zarur hollarda urush davrida qo‘shilma komandirlari, ularga tenglashtirilgan va yuqori turuvchi mansabdor shaxslar tomonidan harbiy xizmatchilarga o‘n sutkagacha bo‘lgan muddatga ta’til berilishi mumkin. Urush davrida qo‘shilmalar komandirlari, ularga tenglashtirilgan va yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga ta’tillar belgilangan tartibda vazirliklar rahbarlari tomonidan berilishi mumkin.
355. Harbiy xizmatchilarni davolash jarayoni davolash muassasasida yakuniga yetkazilishi lozim. Istisnoli holatlarda harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan harbiy qism komandiri tomonidan (harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatlaridan chiqarilgan holda — harbiy-davolash muassasasi boshlig‘i tomonidan) o‘ttiz sutkagacha bo‘lgan muddatga kasalligi tufayli ta’til berilishi mumkin. Bu muddat o‘tgandan so‘ng harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga ko‘ra kasalligi tufayli beriladigan ta’til yana shuncha muddatga uzaytirilishi, tegishli tibbiy ko‘rsatkichlarda esa yana bir bor uzaytirilishi mumkin. Kasalligi tufayli beriladigan ta’tilning umumiy muddati uch oydan oshmasligi kerak. Kasalligi tufayli ta’til tugagandan keyin harbiy-tibbiy komissiya harbiy xizmatchining harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
356. Urush davrida harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan harbiy hisobdan o‘chirilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatchilar iste’foga bo‘shatiladi.
357. Harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan harbiy xizmatga cheklangan yaroqli deb topilgan harbiy xizmatchilar safdan tashqari xizmat lavozimlariga tayinlanishi mumkin.
358. Urush davrida harbiy xizmatchilarni iste’foga chiqarish vazirlik rahbari yoki u tomonidan tayinlangan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
359. Harbiy xizmatchilar sodir etgan huquqbuzarliklar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq intizomiy, moddiy, fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi.
360. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor deb topilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida ofitserlar
tarkibiga mansub lavozimlarda harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida
KONTRAKT
Seriya AA №000000




1.__________________________________________________________________________________________
fuqaroning (harbiy xizmatchining) harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi
___________________________________________________________________________________________ tug‘ilgan kuni, oyi va yili
______________________________________________________________________________________ bilan
vazirlikning (idoraning) nomi
_________________________________________________________________________ komandiri (boshlig‘i)
vazirlik (idora) bo‘linmasining nomi
________________________________________________________________________________ vakilligida
vakolatli mansabdor shaxsning harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi
__________________________________________________________________________ da ixtiyoriy ravishda
vazirlikning (idoraning) nomi
_____________________________________________________________________________ muddat davomida
kontrakt muddati




harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida mazkur kontraktni tuzdilar.










2._________________________________________________________________________________________
harbiy xizmatchining familiyasi, ismi va sharifi




o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:










a) O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha harbiy burchni bajarishga doimo tayyor turish;
b) ushbu kontraktda belgilangan muddat davomida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlari, turli sharoitlarda unga bo‘ysunuvchi bo‘linmalarni boshqarish bo‘yicha yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar talablarini mukammal bilish va so‘zsiz bajarish, komandir va boshliqlarning buyruqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishini ta’minlash;
v) bo‘ysunuvchilarni kundalik xizmat faoliyatida va jangda mohirona boshqara bilish, qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun o‘z vaqtida va oqilona qaror qabul qilish, bo‘linma va shaxsiy tarkibni boshqarish va rahbarlik qilishda butun mas’uliyatni chuqur anglash va o‘z zimmasiga olish, bo‘ysunuvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rish;
g) bo‘linmalarning yuqori jangovar shayligi va sifatli jangovar tayyorgarligi, yuqori harbiy intizomi, ichki tartibga rioya etishi, shuningdek qurol-aslaha, harbiy texnika va mulkni saqlash, ularni jangovar qo‘llash uchun doimiy shaylikda tutishni ta’minlash;
d) jangovar-xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda o‘zining professional, liderlik, axloqiy-ishchanlik va tashabbuskorlik sifatlarini qo‘llash;
e) o‘z bilimlarini takomillashtirish va kasb mahoratini oshirishga doimo intilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan barcha umumiy, lavozimi bo‘yicha va maxsus majburiyatlarni vijdonan bajarish;
Quyidagi huquqlarga ega:
a) harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan huquq va erkinliklardan foydalanish;
b) shaxsiyatiga nisbatan hurmat, komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan unga nisbatan haqqoniy munosabatda bo‘lish;
v) qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat hisobidan o‘rnatilgan me’yorlarga ko‘ra moliyaviy va moddiy tomondan ta’minlanish;
g) qonunchilikka muvofiq nafaqa bilan ta’minlanish, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish;
d) malakasi, qobiliyati va xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishini hisobga olgan holda o‘z kasbiy malakasini oshirish va xizmat pog‘onasi bo‘yicha yuqori lavozimga ko‘tarilish;
e) sog‘lig‘ini saqlash;
j) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;
z) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;
i) qonunchilikda belgilangan boshqa kafolat va kompensatsiya to‘lovlarini olish.
3._________________________________________________________________________________________




vazirlikning (idoraning) nomi




qonunchilikka muvofiq holda o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) ushbu kontraktni tuzgan harbiy xizmatchi va unining oila a’zolarining konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishini ta’minlash;
b) harbiy xizmatchiga harbiy xizmatni o‘tash, professional jihatdan shakllanish va xizmat pog‘onasi bo‘yicha ko‘tarilishida zarur sharoitlar yaratish;
v) harbiy xizmatchining sug‘urtalanishini ta’minlash;
g) harbiy xizmatchini belgilangan pul va moddiy ta’minot bilan ta’minlash;
d) harbiy xizmatchining harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplab berishni ta’minlash.
Quyidagi huquqlarga ega:
a) xizmatni o‘tash sharoitlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini qonunchilikda belgilangan alohida huquq va erkinliklaridan cheklash;
b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;
v) harbiy xizmatchi bilan kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;
g) harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha jangovar-xizmat vazifalarini bajarishga yuborish;
d) davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining istalgan hududiga harbiy xizmatni o‘tash uchun yuborish.
4. Vazirlik, davlat qo‘mitasi, idoraning manfaatlarini himoya qiluvchi mansabdor shaxs majburiyatlari:
a) harbiy xizmatni o‘tashga kelgan nomzodni harbiy xizmatni o‘tash shartlari bilan tanishtirish;
b) nomzodni harbiy xizmatning zararli va xavfli sharoitlari, kasbiy kasallikka chalinishi mumkinligi hamda harbiy xizmatni bajarish bilan bog‘liq huquqiy cheklashlar haqida ogohlantirish.
5. Kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
6. Mazkur kontrakt tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.
7. Kontrakt O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
8. Kontrakt ikki nusxada tuzildi va qayd etildi: 1-nusxa harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlari yig‘majildida saqlanadi, 2-nusxa harbiy xizmatchiga topshirildi.
9. Tomonlar






















______________________________________
harbiy xizmatchining harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi
______________________________________
sana

(M.O‘.)

______________________________________
vakolatli mansabdor shaxsning lavozimi, imzosi, ______________________________________
harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi ______________________________________ sana




Mazkur kontraktning kuchga kirganligi to‘g‘risidagi buyruq__________________________________________
___________________________________________________________________________________________
tegishli mansabdor shaxsning buyrug‘i sanasi va raqami
Mazkur kontrakt______________________________________________________________________ sababli
kontraktni amalda bekor qilish uchun asos
_______________________________________________________________________________bekor qilindi.
kontraktni bekor qilish sanasi




O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida oddiy askarlar va serjantlar
tarkibiga mansub lavozimlarda harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida
KONTRAKT
Seriya VA №000000

























1._________________________________________________________________________________________
harbiy xizmatchining harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi
___________________________________________________________________________________________
tug‘ilgan kuni, oyi va yili
_____________________________________________________________________________________ bilan
vazirlikning (idoraning) nomi
_________________________________________________________________________ komandiri (boshlig‘i)
vazirlik (idora) bo‘linmasining nomi
_________________________________________________________________________________ vakilligida
vakolatli mansabdor shaxsning harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi
_________________________________________________________________________ da ixtiyoriy ravishda
vazirlikning (idoraning) nomi
____________________________________________________________________________ muddat davomida
kontrakt muddati




harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida mazkur kontraktni tuzdilar













2._________________________________________________________________________________________
harbiy xizmatchining familiyasi, ismi va sharifi




o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:













a) O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash bo‘yicha harbiy burchni bajarishga doimo tayyor turish;
b) o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan harbiy va maxsus bilimlarga ega bo‘lish uchun vijdonan yondashish va ularni mukammal bilish;
v) ushbu kontraktda belgilangan muddatda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlari talablarini yaxshi bilish va ularni so‘zsiz bajarish;
g) o‘z harbiy kasbini bosqichma-bosqich o‘rganish, bo‘ysunuvchilarni jangda va kundalik xizmat faoliyatida boshqarishga o‘rganish, qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun o‘z vaqtida va asosli qaror qabul qilish;
d) qurol-aslaha, harbiy texnika va mulkni saqlash bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni ko‘rish, ularni jangovar qo‘llash uchun doimiy shaylikda tutish;
e) o‘z bilimlarini takomillashtirish, kasb mahoratini oshirish, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga muntazam intilish;
j) O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan barcha umumiy, lavozimi bo‘yicha va maxsus majburiyatlarni so‘zsiz bajarish;
quyidagi huquqlarga ega:
a) harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan huquq va erkinliklardan foydalanish;
b) shaxsiyatiga nisbatan hurmat, komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan unga nisbatan haqqoniy munosabatda bo‘lish;
v) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat hisobidan o‘rnatilgan me’yorlarga ko‘ra moliyaviy va moddiy tomondan ta’minlanish;
g) qonunchilikka muvofiq nafaqa bilan ta’minlanish, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish;
d) malakasi, qobiliyati va xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishini hisobga olgan holda o‘z kasbiy malakasini oshirish va xizmat pog‘onasi bo‘yicha yuqori lavozimga ko‘tarilish;
e) sog‘lig‘ini saqlash;
j) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;
z) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;
i) qonunchilikda belgilangan boshqa kafolat va kompensatsiya to‘lovlarini olish.
3._________________________________________________________________________________________




vazirlikning (idoraning) nomi




a) ushbu kontraktni tuzgan harbiy xizmatchi va uning oila a’zolarining huquqlarini ta’minlash;
b) harbiy xizmatchiga harbiy xizmatni o‘tashi, yashashi va maishiy ta’minoti uchun zarur sharoitlarni yaratish;
v) harbiy xizmatchining sug‘urtalanishini ta’minlash;
g) harbiy xizmatchini belgilangan pul va moddiy ta’minot bilan ta’minlash;
d) harbiy xizmatchining harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplab berishni ta’minlash.
quyidagi huquqlarga ega:
a) xizmatni o‘tash sharoitlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini qonunchilikda belgilangan alohida huquq va erkinliklaridan cheklash;
b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;
v) harbiy xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq holda harbiy xizmatchi bilan kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;
g) harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha jangovar-xizmat vazifalarini bajarishga yuborish;
d) davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchini O‘zbekiston Respublikasining istalgan hududiga harbiy xizmatni o‘tash uchun yuborish.
4. Vazirlik, davlat qo‘mitasi, idoraning manfaatlarini himoya qiluvchi mansabdor shaxs majburiyatlari:
a) harbiy xizmatni o‘tashga kelgan nomzodni harbiy xizmatni o‘tash shartlari bilan tanishtirish;
b) nomzodni harbiy xizmatning zararli va xavfli sharoitlari, kasbiy kasallikka chalinishi mumkinligi hamda harbiy xizmatni bajarish bilan bog‘liq huquqiy cheklashlar haqida ogohlantirish.
5. Kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
6. Mazkur kontrakt tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.
7. Kontrakt O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
8. Kontrakt ikki nusxada tuzildi va qayd etildi: 1-nusxa harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlari yig‘majildida saqlanadi, 2-nusxa harbiy xizmatchiga topshirildi.
9. Tomonlar

























______________________________________
harbiy xizmatchining harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi ______________________________________
______________________________________ sana

(M.O‘.)

_____________________________________
vakolatli mansabdor shaxsning lavozimi, imzosi, ______________________________________ harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi
______________________________________ sana

























Mazkur kontraktning kuchga kirganligi to‘g‘risidagi buyruq__________________________________________
___________________________________________________________________________________________
tegishli mansabdor shaxsning buyrug‘i sanasi va raqami
Mazkur kontrakt ______________________________________________________________________ sababli
kontraktni amalda bekor qilish uchun asos
_______________________________________________________________________________bekor qilindi.
kontraktni bekor qilish sanasi




O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
3-ILOVA

Oliy harbiy ta’lim muassasasida kursant sifatida harbiy
xizmatni o‘tash to‘g‘risida
KONTRAKT
Seriya DA №000000

























1._________________________________________________________________________________________
kursantning harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi
___________________________________________________________________________________________ tug‘ilgan kun, oy va yili




O‘zbekiston Respublikasi bilan(keyingi o‘rinlarda — Davlat)




____________________________________________________________________________________boshlig‘i
oliy harbiy ta’lim muassasasining nomi
________________________________________________________________________________ vakilligida
oliy harbiy ta’lim muassasasi boshlig‘ining harbiy unvoni, ismi va sharifining bosh harflari, familiyasi
_________________________________________________________________________ da ixtiyoriy ravishda
oliy harbiy ta’lim muassasasi
____________________________________________________________________________ muddat davomida
kontrakt muddati




o‘qish muddati davomida kursant sifatida harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida mazkur kontraktni tuzdilar.




2._________________________________________________________________________________________
kursantning ism va sharifining bosh harflari, familiyasi,

























o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligining himoyachisi — keyinchalik ofitser sifatida xizmatni davom ettirishda harbiy va maxsus zaruriy bilim va malakalarga ega bo‘lish uchun vijdonan yondashish va ularni mukammal o‘zlashtirish;
b) ushbu kontraktda belgilangan o‘qish muddati davomida kursant sifatida harbiy xizmatni o‘tash. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari hamda oliy harbiy ta’lim muassasa bo‘ysinadigan vazirlik yoki idora rahbarining buyruqlarida belgilangan barcha umumiy, lavozimi bo‘yicha va maxsus majburiyatlarni vijdonan bajarish;
v) o‘qish muddati tugagach, u yuborilishi lozim bo‘lgan vazirlik yoki idora bilan ofitserlar tarkibiga mansub lavozimlarda harbiy xizmatni o‘tash uchun besh yil muddatga kontrakt tuzish;
quyidagi huquqlarga ega:
a) harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan huquq va erkinliklardan foydalanish;
b) shaxsiyatiga nisbatan hurmat, komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan unga nisbatan haqqoniy munosabatda bo‘lish;
v) qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat hisobidan o‘rnatilgan me’yorlarga ko‘ra moliyaviy va moddiy tomondan ta’minlanish;
g) qonunchilikka muvofiq nafaqa bilan ta’minlanish, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish;
d) O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan standartlar talablariga muvofiq ta’lim olish;
e) hayotini va sog‘lig‘ini saqlash;
j) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;
z) texnik xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beruvchi xizmat sharoitlariga ega bo‘lish;
i) davlat tomonidan sug‘urtalanish;
k) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;
l) qonunchilikda belgilangan boshqa kafolat va kompensatsiya to‘lovlarini olish.
3. Davlat qonunchilikka muvofiq holda o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) ushbu kontraktni tuzgan kursant va uning oila a’zolarining huquqlarini ta’minlash;
b) kursantning zamonaviy standartlar talablariga javob beruvchi harbiy va maxsus ta’lim olishini ta’minlash;
v) kursantning o‘qishi va yashashi uchun zarur sharoitlar yaratish;
g) kursantning sug‘urtalanishini ta’minlash;
d) kursantni belgilangan pul va moddiy ta’minot bilan ta’minlash;
e) kursantning harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplab berishni ta’minlash;
j) kursantning oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qish muddati tugagach, ofitserlar tarkibiga mansub lavozimlarda harbiy xizmatni o‘tash imkoniyatini yaratish.
quyidagi huquqlarga ega:
a) xizmatni o‘tash sharoitlaridan kelib chiqqan holda kursantni qonunchilikda belgilangan alohida huquq va erkinliklaridan cheklash;
b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;
v) kursant bilan kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;
g) kursantni O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha jangovar-xizmat vazifalarini bajarishga yuborish;
d) oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qish muddati tugagach, kursantni Qurolli Kuchlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining istalgan hududiga ofitser sifatida harbiy xizmatni o‘tash uchun yuborish.
4. Davlat manfaatlarini himoya qiluvchi mansabdor shaxsning majburiyatlari:
a) oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiruvchi nomzodni o‘qish va keyinchalik harbiy xizmatni o‘tash shartlari bilan tanishtirish;
b) nomzodni harbiy xizmatning zararli va xavfli sharoitlari, kasbiy kasallikka chalinishi mumkinligi hamda harbiy xizmatni bajarish bilan bog‘liq huquqiy cheklashlar haqida ogohlantirish.
5. Kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
6. Ushbu kontrakt tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.
7. Kontrakt qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
8. Kontrakt ikki nusxada tuzildi va qayd etildi: 1-nusxa harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlari yig‘majildida saqlanadi, 2-nusxa harbiy xizmatchiga topshirildi.
9. Tomonlar

























______________________________________
harbiy xizmatchining harbiy unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, sharifi
______________________________________ sana

(M.O‘.)

______________________________________
vakolatli mansabdor shaxsning lavozimi, ______________________________________
harbiy unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, sharifi ______________________________________ sana

























Mazkur kontraktning kuchga kirganligi to‘g‘risidagi buyruq__________________________________________
___________________________________________________________________________________________
tegishli mansabdor shaxsning buyrug‘i sanasi va raqami
Mazkur kontrakt______________________________________________________________________ sababli
kontraktni amalda bekor qilish uchun asos
_______________________________________________________________________________bekor qilindi.
kontraktni bekor qilish sanasi




O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
4-ILOVA


Oldingi tahrirga qarang.

Uzoq muddatli kurslar va dasturlar doirasida
harbiy xizmatchilarni xorijda tayyorlash to‘g‘risida
MAXSUS KONTRAKT
Seriya SA №000000




Ushbu kontrakt keyingi o‘rinlarda “vazirlik” deb nomlanuvchi bir tomondan, _____________________________________________________________________________________ bilan




harbiy xizmat ko‘zda tutilgan vazirlikning, idoraning nomi




_____________________________________________________________________vakilligida
egallab turgan lavozimi, harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi




va ikkinchi tomondan, keyingi o‘rinlarda “tahsil oluvchi” deb nomlanuvchi harbiy xizmatchi ___________________________________________________________________________________________




kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining familiyasi, ismi, sharifi, shaxsiy guvohnomasi (pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi) raqami, qachon va kim tomonidan berilgan




bilan quyidagilar to‘g‘risida tuzildi:
















1. KONTRAKTNING PREDMETI




1.1. Ushbu kontraktga muvofiq vazirlik tahsil oluvchini oldindan kelishib olingan muddat va ixtisoslik bo‘yicha __________________________________________________________________________________ ga




harbiy xizmatchi o‘qishga yuborilayotgan o‘quv muassasa va davlatning nomi




o‘qishga yuborilishini tashkillashtirish, o‘qish tugaganidan so‘ng tahsil oluvchiga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida ixtisosligi bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash imkoniyatini berish majburiyatini oladi.
1.2. Tahsil oluvchi o‘ziga ta’lim olish, tadbir tashkilotchilari tomonidan ko‘zda tutilgan o‘quv dasturini samarali o‘zlashtirish, harbiy-hisob ixtisosliklar bo‘yicha zaruriy nazariy va amaliy ko‘nikma va bilimlarni olish, shuningdek o‘qish muddati tugagach, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kamida besh yil harbiy xizmatni o‘tash, to‘rt va undan ortiq kalendar yili davomida tayanch ma’lumotini olgan taqdirda esa O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kamida o‘n yil harbiy xizmatni o‘tash majburiyatini oladi.




2. TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI




2.1. Tahsil oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
a) davomi va muddatlari ta’lim muassasasining dasturi bilan belgilangan kanikulyar ta’tillar;
b) vazirlik rahbariyati bilan kelishilgan holda tahsil olayotgan davlat hududida o‘z hisobidan ta’tilni o‘tkazish;
v) ta’lim muassasasida o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq turar joy xonalaridan (yotoqxonalaridan) foydalanish;
g) ta’lim olish davrida ushbu davlatni harbiy xizmatchilarining tegishli toifasi uchun belgilangan me’yorlar bo‘yicha ovqatlanish;
�) ta’lim muassasasining tibbiy muassasasida bepul tibbiy va ambulatoriya davolanish.
2.2. Tahsil oluvchining majburiyatlari:
a) ta’lim dasturini to‘liq o‘zlashtirish, o‘rganilayotgan ixtisoslik bo‘yicha dastur bilan ko‘zda tutilgan ko‘nikma va bilimlarni egallash;
b) xorijiy davlatning hududida tahsil olish vaqtda qonunlarga amal qilish, ushbu mamlakat xalqlarining an’analarini hurmat qilish, ko‘rsatilgan davlatda chet el fuqarolarining yashash va harakatlanish qoidalariga rioya etish, harbiy intizom va ta’lim muassasasida o‘rnatilgan ichki kun tartibning talablariga amal qilish;
v) vazirlik tomonidan tayinlangan milliy guruh sardorining qonunchilikka zid bo‘lmagan talablarini so‘zsiz bajarish;
g) belgilangan tartibda va tasdiqlangan muddatlarda qo‘shinlardagi amaliyotni o‘tash;
d) o‘qish boshlanishiga qadar va ta’tillardan ta’lim muassasasiga kechikmasdan yetib kelish;
e) o‘qish boshlanishiga qadar ta’lim muassasasiga yetib kelganda o‘zi bilan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta hamda tegishli shartnomalar va kontraktlarda ko‘rsatilgan boshqa hujjatlarni olib kelish;
j) unga o‘qish jarayonida ishonib topshirilgan vazirlik va ta’lim muassasasining mulki, shuningdek boshqa mulkka nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va but saqlanishini ta’minlash;
z) o‘qish tugagach, O‘zbekistonga kelgan kuni xizmatni davom ettirish uchun vazirlikka yetib kelish.
2.3. Vazirlik o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) harbiy xizmatchi xorijga o‘qishga yuborilgan butun davr uchun o‘qitish qiymatini to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etish;
b) tahsil oluvchining qo‘shinlardagi amaliyotini (ishlab chiqish amaliyotini) ta’minlash;
v) zaruriyat tug‘ilganda ta’lim muassasalariga tegishli bo‘lmagan harbiy-tibbiy muassasalarda tahsil oluvchining davolanishini to‘lash.
2.4. Vazirlik quyidagi huquqlarga ega:
a) tahsil oluvchining o‘qishini borishi, o‘zlashtirishi va harbiy intizomi holatini nazorat qilish;
b) tegishli shartnomalar va kontraktlarda ko‘rsatilgan o‘qitish shartlariga ko‘ra tahsil oluvchidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoki o‘qish joyi bo‘yicha qo‘shinlardagi amaliyotni o‘tashni talab qilish;
v) tahsil oluvchini ta’lim muassasasidan vaqtincha chaqirib olish;
g) tahsil oluvchidan baholash vedomostlari va sinov sessiyalarini topshirish natijalarini taqdim etishni talab qilish.




3. O‘QIShNI MUDDATIDAN OLDIN TUGATISh ShARTLARI




3.1.Tahsil oluvchining ta’lim olishi quyidagi holatlarda muddatidan oldin tugatilishi mumkin:
a) tahsil oluvchining o‘zlashtirmasligi;
b) kelgan tahsil oluvchida mazkur kontraktning 2.2-bandi “e” kichik bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni yo‘qligida;
v) o‘qishni boshlanishiga 7 kundan ortiq kechikib kelish;
g) o‘qish vaqtida tahsil oluvchining sog‘lig‘ini yomonlashishi, natijada sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra kelgusida ixtisosligi bo‘yicha xizmatni o‘tashga (o‘qishga) yaroqsiz deb topilsa yoki tahsil oluvchining kasalligi oqibatida, agar kasallik muddati 2 oydan ortiq bo‘lsa;
d) tahsil oluvchi mazkur kontraktning 2.2-bandi “b” kichik bandida bayon etilgan talablarni bajarmaganida.
3.2.Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari qabul qilingan holatda tahsil oluvchining ta’lim olishi muddatidan oldin tugatilishi mumkin.




4. KONTRAKT ShARTLARINI BUZISh YuZASIDAN JAVOBGARLIK




4.1.Mazkur kontraktning 3.1-bandi “a”, “b”, “v”, “d” kichik bandlarida ko‘zda tutilgan asoslar bo‘yicha, shuningdek tahsil oluvchi sog‘lig‘ining yomonlashishi yoki kasalligi uning aybi bilan olingan jarohatlanish yoxud harbiy xizmat vazifalaini bajarishdan bo‘yin tovlashga yo‘naltirilgan boshqa harakatlar natijasida kelib chiqqan, shuningdek oilaviy sharoitiga ko‘ra ta’lim olish muddatidan oldin tugatilgan hollarda tahsil oluvchi tomonidan vazirlikka uning ta’limi uchun sarflangan haqiqiy xarajatlar summasi, shu jumladan transport va boshqa xarajatlar uch barobar miqdorida qoplanadi. Bunda, xalqaro harbiy hamkorlik dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini o‘qitish (tayyorlash) uchun yordam sifatida ajratilgan xorijiy davlatlarning mablag‘lari ham O‘zbekiston Respublikasi xarajatlarining hisobiga o‘tkaziladi.
4.2.Agar o‘qish tugagandan so‘ng harbiy xizmatchi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida besh yillik, to‘rt va undan ortiq kalendar yili davomida tayanch ma’lumotini olgan taqdirda esa — o‘n yillik muddat yakunigacha xizmatni tugatsa tahsil oluvchi vazirlikka uning ta’limi uchun sarflangan xarajatlarni uch barobar miqdorida qoplaydi, sog‘lig‘ining yomonlashgani sababli (agar kasalligi uning aybisiz olingan jarohatlanish yoxud harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan bo‘yin tovlashga yo‘naltirilgan boshqa harakatlar bo‘yicha kelib chiqmagan bo‘lsa); shtatlarning qisqartirilishi munosabati bilan (kelgusi harbiy xizmatda undan foydalanish imkoni bo‘lmasa); davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar bilan ishlash uchun ruxsatnomani berish rad etilganda yoki ushbu ruxsatnomadan mahrum qilinganda xizmatdan bo‘shatish holatlari bundan mustasno.
Qoplash summasi o‘qish yoki tayyorgarlik muddati tugaganidan so‘ng xizmat vaqtini hisobga olgan holda majburiy xizmat vaqtining qolgan vaqtiga proporsional ravishda hisoblab aniqlanadi.




5. QO‘ShIMChA ShARTLAR




5.1.Mazkur kontrakt tomonlar uni imzolagan vaqtdan kuchga kiradi va ular o‘z majburiyatlarini to‘la ijro etishiga qadar amal qiladi.
5.2.Mazkur kontraktni muddatidan oldin bekor qilish 4.1 va 4.2. bandlari bilan belgilangan oqibatlarga olib keladi.




6. TOMONLARNING MANZILLARI VA REKVIZITLARI




Vazirlik uchun______________________________________
egallab turgan lavozimi, ______________________________________
harbiy unvoni, familiyasi, ismi va sharifining bosh harflari
______________________________________ imzo va sana




Tahsil oluvchi______________________________________
harbiy unvoni, familiyasi, ismi va sharifining bosh harflari ______________________________________ imzo va sana










(M.O‘.)













(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qaroriga2-ILOVA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari
RO‘YXATI

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PQ-257-son qarori.


2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1449-son qaroriga 31-ilovaning 1-bandi.
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi PQ-3537-son qarori.
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PQ-4076-son qarorining 2-bandi va 2-ilovasi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 07/19/4447/3747-son; 07.03.2020-y., 07/20/4630/0266-son; 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; 24.03.2021-y., 07/21/5035/0228-son; 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 06/21/6274/0766-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son, 25.08.2022-y., 07/22/362/0779-son)
Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling