Uch yillik inqiroz


Download 2.98 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi2.98 Kb.
#1362694
Bog'liq
Uch yillik inqiroz

Uch yillik inqiroz


Reja:
1. Ilk bolalik davri inqirozi.
2. Bola tafakkurida egosentrizmning yuzaga kelishi.
3. Bolalik davridagi qaysarlik.
Uch yoshli inqiroz. Jismoniy jihatdan mustaqillikka erishish (yurish, yugurish) bolada
erkin, kattalarning nazoratisiz, o‘z holicha qandaydir ishlarni bajarish, ijtimoiy muhitda shaxs
sifatida yashash istagini tug‘diradi. 3 yoshli bolalar o‘zlarini kattalar bilan taqqoslay
boshlaydilar, hatto kattalar qilishi mumkin bo‘lgan (huquqi bo‘lgan), ular bajara oladigan
harakatlarni bajarishga intiladilar. «Men katta bo‘lsam mashina haydayman», «Men sizga
katta tort olib kelaman», «Mening 100 ta qo‘g‘irchog‘im bo‘ladi» kabi istaklarini kelasi
zamonda gapirsa ham bugun amalga oshirishga
harakat qiladi. Ko‘pincha bu harakatlar qat’iylik va qaysarlik bilan namoyon bo‘ladi.
Uch yoshli bolaga to‘g‘ri tarbiya berish, ta’sir o‘tkazish, ularning harakatlarini maqsadga muvofiq yo‘naltirish orqali ularda mustaqil xolda ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o‘z o‘rnini yig‘ishtirishga ayrim topshiriq va vazifalarni puxta bajarishga o‘rgatish mumkin. Psixolog olimlarning ta’kidlashicha bolaning uch yoshgacha o‘sishida erishgan yutuqlari uning xulq-atvorini, bilish jarayonlarini sifat jihatdan ancha o‘zgartirib yuboradi. SHunga qaramay, bolaning o‘sishida kattalarning ta’siri, roli etakchiligicha qolaveradi, lekin asta-sekin o‘sib borishi bolaning mustaqilroq bo‘lishini ta’minlaydi.
Bolaning mustaqilligi faqat uning jismoniy hamda aqliy imkoniyatida, kuchi etadigan jarayonga nisbatan o‘z munosabatini kattalarning ko‘magisiz amalga oshirishida emas, balki o‘zining kuch quvvati, qurbi etmaydigan, muayyan amaliy ko‘nikmalarini egallay olmagan turmush muammolarini hal etishda ham ko‘rinadi.
Download 2.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling