Учавствовали в презентации
Download 21.82 Kb.
|
1 2
Bog'liqMalayziya davlati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yirik kompaniyalari ko’rsatkichlari Pul birligi Ringgit Xalqaro Savdo tashkilotlari
- $492.4 mlrd (paritet bo’yicha,2013 est.) $307.2 mlrd (nominal 2013 est.) YaIM o’sish 4.5% (2013 est.)
- Qishloq xo’j: 11.9% sanoat : 41.2% servis: 46.8% (2013 est.) Inflation (CPI) 1.9% (2013 est.)
- Mehnatda bandlar 12.92 million (2013 est.) Tarmoqlar bo’yicha bandlik
- MakroIqtisodiy ko’rsatkichlari
- Malayziyaning dunyo bozorlaridagi o’rni
- Eksport va import Eksport tarkibi Import tarkibi Elektronika mahsulotlari Palma yogi Yog’och mahsulotlari Mashina
- Organik kimyo Petrolum va olastikar Yuk mashinalari Po’lat va temir mahsulotlari Elektronika mahsulotlari Petronas binosi
- Bu yerda konferens zallar, ofislar, sanat galereyalari joylashgan.
- O’zbekiston bilan aloqalari
- E’tiboringiz
Iqtisodiyoti
Malayziya. — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda i.ch. sanoatining ulushi — 28,7 %, konchilik sanoatining ulushi — 9,3 %, q. x.ning ulushi — 17,3 %. Q. h.ning asosiy ekini — sholi boʻlsa ham, mamlakat ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmogʻi kauchuk i. ch.dir. Bundan tashkari, kokos palmasi, ananas, kakao, choy, murch, sabzavot, mevalar yetishtiriladi. Chorvachilik suyet rivojlangan; koramol, choʻchqa boqiladi. Dengiz qirgʻogʻi yaqinida va darelarda baliq ovlanadi. Eksport uchun yogʻoch tayyorlanadi. I. ch. sanoatining asosiy tarmoqdari: elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomobil, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati; konchilikning asosiy tarmoqlari: neft, tabiiy gaz, qalay, temir va mis rudalari, boksit qazib chiqarish. M. integral sxema, konditsioner, radio va teleapparaturalar i. ch. boʻyicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biri. Yiliga 24,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Kauchuk, palma yogʻi, qalay eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Hunarmandchilik (ganchkorlik, zargarlik, kashtachilik va b.) rivojlangan. Temir yoʻllari uz. 2,2 ming, avtomobil yoʻllari uz. 52,5 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji — 2,9 mln. t. dedveyt. D yengiz portlari: Kelang , Jorjtaun, Kuantan, Kuala-Lumpur. Jorjtaun, Kota-Kinabaluda aeroportlar bor. M. chetga neft, elektron va elektrotexnika buyumlari, q. x. mahsulotlari, transport vositalari (jumladan, avtomobil), rezina texnika, toʻqimachilik mahsulotlari, poyabzal, kiyim-kechak sotadi; chetdan mashina uskuna, sanoat va optika jihozlari, transport vositalari, stanoklar, oziqovqat oladi.
Yirik kompaniyalari ko’rsatkichlari
MakroIqtisodiy ko’rsatkichlari
Malayziyaning dunyo bozorlaridagi o’rni 100 % egallangan bozor (AQSH sharqiy qismi) 10 % egallangan bozor (Osiyo sharqiy qismi va Yevropa garbiy qismi) 1 % egallangan bozor
Eksport va import Eksport tarkibi Import tarkibi Elektronika mahsulotlari Palma yogi Yog’och mahsulotlari Mashina Optika Metal va uni qayta ishlash Kemalar kimyo Neft mahsulotlari Kimyo mahsulotlari Mashinalar Organik kimyo Petrolum va olastikar Yuk mashinalari Po’lat va temir mahsulotlari Elektronika mahsulotlari Petronas binosi Balandligi-451.9 m (88 qavat ) Qurilish vaqti : 1992-1998 yillar Maydoni : 213 750 m kv Egallagan joyi : 40 ga Sarmoyasi-800 mln $ Bu yerda konferens zallar, ofislar, sanat galereyalari joylashgan. Qiziq ma’lumotlar: Bino to’la Malayziyadagi materiallardan qurilgan , undagi beton yagona Malayziyadagi egiluvchan betonda qurilgan. 16000 oynani yuvishga 1 oy sarflanadi. Binoda 10000 odam faoliyat olib boradi. O’zbekiston bilan aloqalari Iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish uchun avvalo huquqiy negiz yaratildi. 1992 y. iyunida OʻzR Prezidenti I. A. Karimovning M.ga tashrifi vaqtida „Madaniy va ilmiy hamkorlik“, „Iktisodiy va texnikaviy hamkorlik“ toʻgʻrisida bitimlar imzolandi. 1993 y. mart—apr. oylarida M. bosh vazirining Oʻzbekistonga tashrifi yakunida ham bir qancha hujjatlar qabul etildi. Natijada ikkala mamlakat oʻrtasida tovar ayirboshlashga kirishildi. 1999 y.da tovar aylanmasi 4,9 mln. AKSH dollarini tashkil etdi. OʻzR da malayziyalik sarmoyadorlar ishtirokida tuzilgan 10 ta qoʻshma korxona mavjud. „Otel Oʻzbekiston“, „OʻzMalOyl“ (neft konlarini ishlatish), „OʻzMakom“ (telefon xizmati), „Oʻzbeklizing Interneyshnl“ (kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllabquvvatlash) ularning eng yiriklaridir. Mamlakatlarimiz o’rtasida nafaqat ikki tomonlama, balki ko’p tomonlama aloqalar ham kengayib bormoqda. Zamonaviy bosqichda har ikki davlat xalqaro maydonda bir-birini siyosiy jihatdan o’zaro qo’llab-quvvatlagani holda nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko’p tomonlama hamkorlikni ham kengaytirmoqda. Masalan, mamlakatimiz BMT tuzilmalaridagi a'zolik borasida bir necha marotaba Malayziyaning nomzodini yoqlagan: 1997 yili - EKOSOSga, 1998 yili - Xavfsizlik kengashining doimiy bo’lmagan a'zoligiga, 2004 yili - Ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha ko’rinishlarini tugatish qo’mitasiga. Davlat investitsiya dasturi doirasida jalb qilingan Malayziya sarmoyalarining hajmi 2006 yildan buyon 225,95 million AQSh dollariga yetdi. Bugun respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan Malayziya sarmoyalari ishtirokidagi 20 ta korxona (ularning uchtasi 100 foiz miqdordagi Malayziya kapitali bilan) iqtisodiyotning neft-gaz sohasi, to’qimachilik mahsulotlari, mebel, elektr texnikasi mahsulotlarini ishlab chiqarish, moliyaviy xizmatlar ko’rsatish va boshqa jabhalarni qamrab olgan. 2005 yil tashkil etilgan O’zbekiston-Malayziya qo’shma savdo qo’mitasi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shmoqda. Iqtisodiy hamkorlik haqida to’xtalganda Malayziyaning “Petronas” kompaniyasi O’zbekistonda faoliyatni ko’rsatayotganini ta'kidlash zarurdir. Xususan, “O’zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining “Sasol” va “Petronas” kompaniyalari bilan sherikligida mamlakatimizda Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi tomonidan ishlab chiqarilgan metandan sintetik suyuq yoqilg’i (GTL) ishlab chiqarish zavodining qurilishi bo’yicha qo’shma loyihasi amalga oshirilmoqda. Orol dengizi hududida, Ustyurt platosi va Surxondaryoda geologik tadqiqotlar olib borilgani holda yangi konlar ochilmoqda, metandan sintetik suyultirilgan yoqilg’i ishlab chiqaradigan zavod qurilishi bo’yicha loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda. E’tiboringiz Uchun tashakkur !!! Download 21.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling