Uchburchak deb nimaga aytiladi? Uchburchakning tomonlariga ko’ra turlarini ayting


Download 28.62 Kb.
bet2/5
Sana21.02.2023
Hajmi28.62 Kb.
#1218679
1   2   3   4   5
Bog'liq
o\'yin

“Do’stingni top va masalani yech” o’yini. Barcha o’quvchilarga kartochkalar beriladi. Kartochkalarda masala berilganlari yozilgan. Lekin nimani topish kerakligi yozilmasdan boshqa kartochkaga yozilgan. Bola qo’shnisini ya’ni masala shartining davomini topishi kerak va masalani 2 kishi bo’lib hamkorlikda ishlab o’qituvchiga topshirishlari lozim.


Bu o’yindan 6-sinf matnli masalar yechish mavzularida foydalanish mumkin. Bundan tashqari 7-9 sinflarning geometriya darslarida ham foydalanish mumkin.
Xatoga yo’l qo’yma” o’yini. Doskada formulalar yozib qo’yiladi. Bu formulalarning ba’zi hadlari tushurib qoldirilgan bo’ladi. Bunda o’quvchilar formulani tiklashlari talab qilinadi.
Bu o’yindan 7-9 sinflarda foydalanish maqsadga muvofiq.
Aqlli poezd” o’yini. 2 guruh o’quvchilar ham sinf doskasi yoniga taklif qilinadi va birinchi o’quvchi qo’liga yumshoq o’yinchoq beriladi, u bitta so’z aytib , 2-o’quvchiga o’yinchoqni yuboradi.
Ma’nodosh so’z aytolmagan o’quvchi o’yindan chiqariladi va uning qo’liga jarima kartochkasi beriladi. To’g’ri javob bergan o’quvchi «Bilimlar saltanati»ga yetib keladi va g’olib bo’ladi.
Quyida shunga oid misol keltirilgan:
1-o’quvchi: uchburchak
2-o’quvchi: to`g`ri burchakli, o`tmas burchakli, o’tkir burchakli
3-o’quvchi: to`rtburchak
4-o’quvchi: to`g`ri to`rtburchak, kvadrat, parallelogram, romb, trapesiya…
Bu o’yindan 7-sinf geometriya kursini takrorlash darslarida foydalanish mumkin.
Matematik rebus” 7-sinf Chiziqli tenglamalarni yechish mavzusida qo’llash mumkin. Doskada har bir guruh uchun quyidagi chizmalar yozib, yoki osib qo’yiladi. Masalan:

2

+

X

+

3

=

12

+




-




+




-

2

-

5

+

Y

=

T

+




-




-




-

1

-

Z

+

1

=

6

=




=




=




=

5

+

6

-

6

=

5

Topshiriq: o’zgaruvchilar o’rniga shunday sonlarni yozingki, ular vertikal bo’yicha ham gorizontal bo’yicha ham yozilgan tenglamalarning ildizlari bo’lsin. Bunday chizmalarni ko’proq tuzilsa o’quvchilarni hammasini o’yinga jalb qilish imkoniyati tug’iladi. Bunday rebuslarni ko’proq yechgan o’quvchilar va ularning guruhi g’olib hisoblanadi.
Bu o’yindan ixtiyoriy mavzuga moslashtirib, ixtiyoriy sinflarda foydalanish mumkin.
Zanjir” o’yini. 8-sinf Kvadrat tenglamalarni yechish mavzusi bo’yicha. Har bir qatorning o’quvchilari tenglama yoki tengsizlikni yeching degan topshiriqli kartochkani oladi. Birinchi o’quvchi topshiriqni bajargach, orqasida o’tirgan o’quvchiga uzatadi, bu jarayon oxirgi partadagi o’quvchi yechgancha davom etadi. Tez va kam xato bilan bajargan qator g’olib hisoblanadi.
Tenglamani tikla va tuz” 8-sinf Kvadrat tenglamani tuzish va yechish mavzusiga doir. Sinf uchta guruhga ajratiladi. Koeffitsientlari o’rnida kvadratchalar yozilgan kvadrat tenglamalr doskada namoyish etiladi.
1. x2+ x+ =0
Har bir guruhdan bittadan o’quvchi kvadrat tenglama ildizlari dilda tanlab, unga mos koeffitsentlarni topib bo’sh kvadratchalar ichiga yozadi. Keyingi har guruhning bittadan uch o’quvchi bu tenglamalarni yechadi. Qolgan o’quvchilar bu tenglamalarni daftarda yechadi va ildizlarning to’g’riligini signal kartochkalari bilan tasdiqlaydi va shundan keyin yana uchta o’quvchi yangi tenglamalar tuzadi va yana shunday davom etadi.
So’z tuzish” o’yini.
a) O’quvchilar matematik terminlar harflardan boshqa matematik termin tuzishi lozim. Masalan:
“ Matematika, arifmetika, geometriya, algebra.”
Metr, Yer, tema…
Bu o’yindan 5-sinf matematika darslarida foydalanish mumkin.

Download 28.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling