Uchburchak deb nimaga aytiladi? Uchburchakning tomonlariga ko’ra turlarini ayting


“Chorraha” o’yini. O’yinda 4 ta o’quvchi qatnashadi. Ular bir-birlariga qarab o’rindiqga o’tiradilar. Ularning bu o’tirishlari chorrahani eslatadi


Download 28.62 Kb.
bet3/5
Sana21.02.2023
Hajmi28.62 Kb.
#1218679
1   2   3   4   5
Bog'liq
o\'yin

“Chorraha” o’yini. O’yinda 4 ta o’quvchi qatnashadi. Ular bir-birlariga qarab o’rindiqga o’tiradilar. Ularning bu o’tirishlari chorrahani eslatadi.


1-O’quvchi matematikdan terminlarni tez-tez aytadi.
2-O’quvchi 1-o’quvchi aytgan terminlarning ma’nosi nimaligini so’raydi.
3-O’quvchi 1-o’quvchiga matematika fanidan emas, xohlagan mavzuda savol beradi.
4- O’quvchi 1-o’quvchiga qarab har xil harakatlar qiladi. O’yinda eng ma’suliyatli ish 1-o’quvchi zimmasiga tushadi. U 2 va 3–o’quvchining savollariga javob berishi kerak, 4–o’quvchining harakatlarini takrorlashi kerak va ayni vaqtda biladigan kattaliklar nomini aytishi lozim. O’yin 5 minut davom etadi. O’yin tugagandan so’ng bolalardan ularning munosabatlari so’raladi. Ular o’zini qanday his etadi?
Bu o’yindan ixtiyoriy sinflarning matematika darslarida foydalanish mumkin.
Mozaika” o’yini. Biror qoida alohida qilib qirqilgan kartochkalarga yoziladi. O’quvchi ularni to’g’ri joylashtirib qoidani o’qib berishi lozim. Rasmlar qirqib qo’yiladi, o’quvchi rasmni birlashtirib o’sha rasmda tasvirlangan narsa haqida gapirishi kerak. Masalan: Uchburchak, to’rtburchak, aylana, konus.
Bu o’yindan 7-sinf geometriya darslarida keng foydalanish mumkin.

“O’ylab top" o’yini. Sinf 2 guruhga ajratiladi. Bolalar bir-biriga qarab saflanadi. Birinchi guruhdagi 1chi o’quvchi 1ta matematika fanidan termin aytadi. Ikkinchi guruhdagi birinchi o’quvchi uning oxirgi harfiga boshqa matematika faniga doir termin aytadi.


Bu o’yindan 5-6 sinf matematika darslarida foydalanish mumkin.
Sen bo’shsan” o’yini. O’yinda 3 ta bola qatnashadi. Boshqaruvchi tomonidan ketma-ket bolaning ismini aytgan holda savollar beriladi. Ular javob beradilar. Mabodo javob bermasa qolgan o’tirgan o’quvchilardan so’raladi. Har bir bolaga 5 ta dan savol berilgandan so’ng ular o’yindan chiqarish uchun 1 kishining ismini yozadilar. Agar bittadan to’g’ri kelsa, o’sha o’yin davomida g’olib o’quvchi kimni chiqarish uchun ism aytadi. Keyin bola o’yindan chiqadi.
Bu o’yinni ixtiyoriy sinf o’quvchilari bilan olib borish mumkin.
Meni tushun” o’yini. a) O’yinga 2 o’quvchi taklif etiladi. Bittasi ikkinchisiga qarab biror geometrik figurani tavsiflab beradi.
b) O’yinda topishmoq sifatida yoki she’riy misralar bilan biror matematik tushuncha ta’riflanadi. Bolalar nima haqida gap borganiga qarab, nomini topadi.
Bu o’yindan 8-sinf geometriya darslarida foydalanish mumkin.
Zakovat o’yini”. Bu o’yinni tashkil etishdan oldin, o’quvchilarga topshiriqlar beriladi. Shu topshiriqlarni a’lo darajada bajarib topshirgan o’quvchilar o’yinga jalb etiladi. Ular (6 o’quvchi) sinf o’rtasida qo’yilgan partaga guruh bo’lib o’tiradilar. Qolgan o’quvchilar tomonidan yuborilgan savollarga javob beradilar. O’yinni bir o’quvchi olib boradi. O’yin orasida musiqali tanaffus ham bo’ladi. O’yin 10 bosqichdan iborat bo’ladi. O’yin davomida guruh savolga javob bera olsa, unga ball beriladi. Agar javob bera olmasa ball savol bergan o’quvchiga beriladi.
Bu o’yinni 9-sinf o’quvchilari bilan o’tkazish mumkin.
Do’stingni top” o’yini. Butun sinf o’quvchilariga kartochkalar beriladi. Kartochkalarda o’tgan mavzuni so’raydigan savol va javoblar yozilgan bo’ladi. Bir boshdan savol o’qiladi, shu savolning javobi kimga bo’lsa javob beradi.
Bu o’yindan va quyida keltirilgan o’yinlardan ixtiyoriy sinflarning matematika darslarida foydalanish mumkin.

Download 28.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling