Учебное пособие для бакалавриата и магистратуры. «Издательство Юрайт»


O’qish darslarining ta’lim – tarbiyaviy ahamiyati


Download 44.76 Kb.
bet2/4
Sana17.02.2023
Hajmi44.76 Kb.
#1206174
TuriУчебное пособие
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

1. O’qish darslarining ta’lim – tarbiyaviy ahamiyati.
Sinfda o’qish darslarida ta’lim- tarbiya vazifalari o’quvchilarga bilim va ko’nikmalarni egallash, komil inson uchun zarur bo’lgan sifatlarni shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O’quv materiallari obolalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalashda muhim bo’lgan borliq haqidagi bilimlarni o’z ichiga olgan holda badiiy va ommabop adabiyotlar uchun xos bo’lgan mavzular bilan tanishtiradi.
Sinfda o’qish darslarida ta’lim - tarbiyaviy vazifalar umumiy ravishda hal qilinadi. Bolalarning atrofni o’rab olgan muhit haqida, vatanimizning, xalqimizning mustaqillikdan oldingi va hozirgi hayoti haqida bilimlari kengayadi: milliy dunyoqarashi, ijobiy, axloqiy sifatlari shakllanadi, ular aqliy va ma’naviy jihatdan kamol topadilar.
Boshlang’ich sinfdagi “o’qish kitobi” buni tasdiqlaydi.Bu darsliklarning mazmuni va metodik materiallari o’zaro bog’liq holda beriladi.
Ta’lim - tarbiyaviy vazifalarni birgalikda amalga oshirish uchun o’qish darslarida matnni o’qishgina emas, balki matn ustida qanday ishlash kerakligi ahamiyatlidir.
Sinfda o’qish darslarida ta’lim – tarbiya vazifalarini o’quvchilarga bilim va ko’nikmalarning ma’lum yig’indisini egallashni ularda milliylik uchun zarur bo’lgan shaxsiy sifatlarni shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi.
O’qish kitobiga kiritilgan asarlar mazmunida vatan haqidagi bilimlari, tushunchalari o’quvchilar sinfdan sinfga o’tishlari bilan shakllanib, boyib boradi.
Vatan uchun sharafli o’tmishi va qahramonlari hozirgi kun o’qish kitoblarida muhim mavzu sanaladi. O’quvchilarda “Vatan” tushunchasi Ona Vatan tabiati haqidagi aniq tasavvurni chuqurlashtiradigan, Vatanimiz O’zbekistonda yashovchi turli millat kishilarining o’zaro munosabatlari haqidagi asarlarni o’qish jarayonida shakllanib boradi. “Vatan” tushunchasi o’quvchilarning qabul qilish va umumlashtira olishiga muvofiq bo’lgan aniq materillar orqali singdiriladi.
Boshlang’ich sinf o’qish darsliklarida “Vatan” mavzusiga alohida nomlar bilan bo’limlar ajratilgan.Masalan, 1-sinf o’qish darsligida “ O’zbekiston - mening vatanim” , 3- sinfda “Ona bitta, vatan yagona “ bo’limlari kabi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qishga o‘rgatish bo‘yicha K.Qosimova, S.Matchonov, X. G‘ulomova, Sh. Yo`ldosheva, Sh.Sariyev muallifligida oliy ta'lim talabalari uchun yaratilgan “Ona tili o`qitish metodikasi“1 darsligida, T.Ashrapova, M.Odilovalarning pedagogika bilim yurtlari uchun nashr etilgan “Ona tili o`qitish metodikasi“ darsligida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qish ko`nikmalarini shakllantirish metodikasi yoritilgan. Bundan tashqari, S.Matchonov, X. G‘ulomova, M.Suyunov, H. Boqiyevalarning “Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish“ qo`llanmasida, S.Matchonov, X. G‘ulomovalarning “Boshlang‘ich ta'lim“ jurnalida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qishga o‘rgatishga doir qator maqolalarida o`quvchilarning o`qish ko`nikmalarini takomillashtirish borasida metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ularda o‘qishning inson hayotidagi o‘rni asoslab berilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini tashkil etish bo‘yicha T. G‘afforova, X.G‘ulomovalarning “1-sinfda o‘qish darslari“, T. G‘afforova va boshqa mualliflar hamkorligida yaratilgan “2-sinfda o‘qish darslari“, M.Umarovaning “3-sinfda o‘qish darslari“ S.Matchonov, X.G‘ulomova, Z. Doliyevlarning “4-sinfda o‘qish darslari“, S.Matchonov va boshqalar ” Boshlang`ich sinf o`qish darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish” metodik qo`llanmalarida2 o‘quvchilarni o‘qitish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan.

Download 44.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling