Учебное пособие для бакалавриата и магистратуры. «Издательство Юрайт»


Download 44.76 Kb.
bet4/4
Sana17.02.2023
Hajmi44.76 Kb.
#1206174
TuriУчебное пособие
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

3. O’qish malakasi haqida tushuncha.
O’quvchilarni axloqiy va ma’naviy tarbiyalash uchun ham turli mavzular kiritilgan. “Ulug’lardan o’rganmoq oqillik “ mavzusida boy materiallar berilgan.
Sohibqiron bobomiz Amir Temur haqida keltirilgan hikoya orqali o’qituvchi o’quvchilarga tarixiy shaxslar, ularning qilgan ishlari haqida ma’lumot berishi, ularga “zulm bilan dunyoda nom qoldirib bo’lmasligini” aytib o’tish mumkin.
“Donolarning donosi “ hikoyasida ham ilm olishlikning ahamiyati, Alisher Navoiy bobomiz haqida ma’lumot berilgan.
Bolaga quruq nasihat qilish emas, balki ma’lum fazilatlarni keltirib chiqaradigan aniq hayotiy vaziyat yaratish hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Badiiy adabiyot o’quvchilarga kuchli ta’sir etadi, ularda qatnashuvchi shaxslardan biri tomonidan turib, voqealarga ishtirok etish xohishini uyg’otadi.
Asarni o’qish va tahlil qilish o’quvchilarda qatnashuvchilarning xatti- harakatini ijobiy va salbiy tomondan baholash ko’nikmasini shakllantirishga , shaxs sifatida uning o’sishiga yordam beradi.
Sinfda o’qish darslarining ta’lim- tarbiyaviy ahamiyati bir –biri bilan uzviy bog’lanadi .Bu hol ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati birligi haqida puxtalashga yordam beradi. O’quvchilar atrof – muhit, borliq haqidagi qanday bilimlarni egallashlari, qanday shaxsiy sifatlarni shakllanishidan qat’iy nazar, darsda bu ishlarni qanday amalga oshirishni bilish ham muhimdir ya’ni o’quv jarayonida qanday usullar qo’llashni, o’quvchilarning bilish faoliyatini qanday bilimlarni egallashlari , ularda qanday shaxsiy sifatlarni shakllanishidan qat’iy nazar, darsda bu ishlarni qanday amalga oshirishni bilish ham muhimdir ya’ni o’quv jarayonida qanday usullar qo’llashni ,xusan ,o’quvchilarning bilish faoliyatini qanday boshqarishni , ularni qanday qilib har tomonlama o’stirishni bilish zarur.
O’qituvchi uchun eng muhimi shundan iboratki , bola o’zi oladigan bilim , unda shakllanadigan his-tuyg’u hayotda zarur va ahamiyatli ekanini tushunib yetsin .
4. Oʻqib tushunish 
Oʻqish va tushunish — bu matnni qayta ishlash, uning maʼnosini tushunish va oʻqiyotgan shaxs oldindan bilgan narsalar bilan bogʻlab anglay olish qobiliyatidir. Soʻzlarning lugʻaviy maʼnosini bilish, soʻzlarning kontekstual maʼnosini bilish, matn mazmuniy bloklarining oʻzaro bogʻlanishini anglash, matn tarkibidagi parchalar asosida xulosa chiqarish, matndagi asosiy fikrini aniqlash, berilgan savollarga matn asosida javob bera olish, matnda ishlatilgan badiiy sanʼatlar yoki soʻz birikmalarini tanib, ajratib olish va ohangini aniqlash, vaziyatning kayfiyatini (tasdiq, inkor, soʻroq qilish, buyruq berish), muallifning maqsadi, niyati va nuqtai nazarini aniqlash va muallif toʻgʻrisida xulosalar chiqarish qobiliyatlari oʻqilgan matnni samarali tushunish uchun zarur boʻlgan koʻnikma va malakalar hisoblanadi. (diskurs-semantika).
Matnni oʻqib tushunish qobiliyatiga oʻquvchining yuqoridagi koʻnikmalari hamda maʼlumotni qayta ishlash qobiliyati taʼsir koʻrsatadi. Agar oʻquvchi soʻzning maʼnosini bilmasa, u matnni qayta ishlash uchun juda koʻp vaqt sarflaydi, chunki u matndagi tushunilmagan soʻzlarni individual tarzda anglashga urinadi, bu esa tushunishga ham halal beradi. Oʻqib tushunish malakasini rivojlantirish uchun koʻplab mashqlar mavjud, ular orasida soʻz boyligini oshirish, matnni tanqidiy tahlil qilish, maydalab oʻqish.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Sinfda ona tili va o’qish savodxonligi darslarining ta‘limiy-tarbiyaviy ahamiyati va vazifalarini ayting?
2. Ona tili va o’qish savodxonligi darslarining tarbiyalovchi imkoniyatlari qaysilar?
3.O‘qish malakasi haqida tushuncha bering?
4.O‘qib tushunish haqida aytib bering?


1 K.Qosimova.S.Matchonov,X.G’ulomova.SH.Yo’ldosheva. SH.Sariev. Ona tili o`qitish metodikasi. T.,Noshir, 2009.

2 S.Matchonov va b. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish. T., Yangiyul poligraf servis. 2009.



Download 44.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling