Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma
nokapillyar gʻovaklikka ajraladi. Odatda nokapillyar boʻshliqlarda suvni kapillyar
kuchi ta’sirida ushlab turolmaydi va oʻz ogʻirligi ta’sirida pastga shimilib ketadi, boʻshliqlar havo bilan toʻladi. Gʻovaklik ikki turga boʻlinadi: agregatlar orasidagi va agregatlar ichidagi gʻovaklik. Agregatlar ichidagi gʻovaklik odatda tuproq donalari - mikro va makroagregatlar ichida shakllanadi va tuproqning suv ushlab turish qobiliyatini ifodalaydi. 50 Tuproqning fizik-mexanik xossalari deganda uning tashqi va ichki kuch tasirida oʻzgarishi tushiniladi. Ularga tuproqning boʻkishi, choʻkishi, plastikligi, yopishqoqligi, qattiqligi tushiniladi. Bunda: tuproqning boʻkishi - tuproq hajmining namlanganda ortishi, tuproqning choʻkishi - tuproq quriganda hajmining kamayishi, tuproq plastikligi - ma’lum darajada namlanganda unga berilgan shaklni saqlab turishi, tuproq yopishqoqligi - nam tuproq zarrachalarining biron jism yoki ishlov berish qurollariga yopishishi, tuproq bogʻliqligi - tuproq zarrachalarining oʻzaro ilashuvchanligi yoki bir-biriga tortilishi, tuproq qattiqligi - tuproqning qattiq jism ta’siriga qarshilik koʻrsatishi. Tuproq qatlamlaridan oʻtayotgan suvda erigan ion yoki molekula holidagi har xil moddalarning tuproqda ushlanib qolishi tuproqning singdirish qobiliyati deyiladi. Tuproq tarkibidagi kimyoviy elementlar turli birikmalar koʻrinishida mavjud boʻladi. Turli tuproqlarda yoki ular genetik qatlamlari profilida elementlar miqdori ba’zan keskin koʻpayib yoki kamayib turishi mumkin. Tuproqlar kimyoviy tarkibining oʻziga xos tomoni - ularda uglerod va azotning koʻp boʻlishidir. Kimyoviy tarkibning biroz oʻzgarishi tuproqning ustki qismlarida kuzatiladi. Chunki bu yerda oʻsimlik qoldiqlarining koʻp toʻplanishi organogen elementlarining ham koʻproq boʻlishiga olib keladi. Tuproq tarkibidagi makroelementlarning oʻrtacha miqdori quyidagicha: kremniy 20 %, uglerod 5 %, kislorod 55 %, vodorod 5 %, azot 0,1 %, fosfor 0,08 %, oltingugurt 0,04 %, alyuminiy 7 %. Tuproq tarkibida makroelementlardan tashqari mikro va ultramikroelementlar ham mavjud. Oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi uchun, masalan, boʻr, marganets, mis, rux, kobalt, molibden, yod kabi mikroelementlar ham zarur boʻladi. Nazorat savollari: 1. Relyef nima? 2. Relyefning turlari va shakllarini misollar bilan tushuntiring. 51 3. Yerning materiklari qanday maydonlardan tashkil topgan, tushuncha bering. 4. Hududning tabiiy iqlim sharoitlari nimalarni oʻz ichiga oladi? 5. Geologik, gidrogeologik va tuproq sharoitlari deganda nima tushuniladi? 6. Tuproqning umum fizik xossalariga nimlar kiradi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling