55
3.3. Sugʻorish usuli va texnikasini tanlash.
Sugʻorish usuli - bu qishloq xoʻjalik ekinlarining suvga boʻlgan
talabini
qondirish yoki sugʻorish me’yorini tuproqning faol qatlamiga singdirish uslubi
demakdir. Har bir sugʻorish usuliga ma’lum bir sugʻorish texnikasi mos keladi.
Melioratsiya amaliyotida
hozirgi kunga kelib, 6 xil sugʻorish usuli
farqlanadi: yer ustidan; yomgʻirlatib; tuproq ichidan; tomchilatib; tuproq ostidan;
purkab sugʻorish usullari.
Sugʻorish usuli va sugʻorish texnikasining turlaridan qat’iy
nazar ularga
quyidagi talablar qoʻyiladi (3.2-jadval):
- sugʻorish suvining sugʻorish dalasi uzunligi va tuproq faol qatlam
chuqurligi boʻylab bir tekis taqsimlanishi;
- sugʻorish suvining tuproq
faol qatlam ostiga sizilishiga, havoga
bugʻlanishiga va tashlamalarga tashlanishiga yoʻl qoʻymaslik;
-
tuproq donadorligini saqlash, tuproqning botqoqlanishiga yoʻl qoʻymaslik,
sugʻorishni toʻliq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, sugʻorishda
yuqori ish
unumi va sifatiga erishish;
- qishloq xoʻjalik ekinlaridan yuqori va muntazam hosil olishga erishish.
3.2-jadval. Sugʻoriladigan tuproqlarning sharoitlari boʻyicha sugʻorish usullarini
tanlash tavsiyanomasi
Do'stlaringiz bilan baham: