Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma
koʻndalang sugʻorish sxemasida dalaga suvni yetkazib berish uchun hizmat qiladi.
B o ʻ y l a m a s u g ʻ o 59 oʻjalik kanali oʻq ariq oʻylama sugʻorish sxemasi K o ʻ n d a l a n g s u g ʻ o r i s h s x Shartli belgilar: oʻjalik kanali oʻjalik yoʻli oʻndalang sugʻorish sxemasi 3.8. Muvaqqat sugʻorish tarmoqlari. Muvaqqat ariqlarning boʻylama sugʻorish sxemasida sugʻoriladigan maydonlarning nishabligi 0,001 - 0.005 boʻlganda qoʻllaniladi. Muvaqqat ariqlarning uzunligi 400 - 800 m qilib olinadi. Muvaqqat ariqlarning boʻylama sugʻorish sxemasida joylashishining kamchiliklari: - 5 - 6 % foydali maydonni egallaydi; - agrotexnika ishlarini mexanizatsiyalashga xalaqit beradi; - 10 % atrofida suv filtratsiyaga yoʻqoladi; 60 - mexnat unumdorligi past va boshqalar. Afzalligi - sugʻorish tarmogʻining oddiyligi. Muvaqqat ariqlarning koʻndalang sugʻorish sxemasida sugʻoriladigan maydonlarning nishabligi 0,004 - 0,01 boʻlganda qoʻllaniladi. Muvaqqat ariqlarning uzunligi 400 - 800 m. qilib olinadi. Suv muvaqqat ariqlardan egatlarga sifonlar yordamida beriladi. Mukammallashgan sugʻorish tarmoqlarida muvaqqat tarmoqlar doimiy yoki koʻchma sugʻorish quvurlari bilan almashtiriladi. Sugʻorish dalasida yomgʻirlatib sugʻorish agregatlari, mashinalari qoʻllanilsa, oʻq ariq va sugʻorish egatlari olinmaydi. Sugʻorish tarmoqlari yopiq sugʻorish tizimlari(quvurlar)dan tashkil topgan boʻlsa, u xolda ular quyidagi ustunliklarga ega boʻladi: - suv isrofgarchiligi (filtratsiya va bugʻlanish)ni keskin kamaytiradi, bu esa kanalning va sugʻorish tizimining FIK (0,94 - 0,99) ni oshirib, suv manbaining sugʻorish qobiliyatini oshiradi; - YeFK - 0,97 dan yuqori boʻlib, bu tipdagi sugʻorish tarmoqlari qishloq xoʻjaligi mashinalariga va sugʻorish texnikalariga xalaqit bermaydi; - sugʻorish tarmoqlarida avtomatlashtirish ishlariga qulaylik yaratiladi; - yerning notekis (qiya) joylarida tabiiy bosimdan foydalanish imkoniyati mavjud (nishablik 0,003 - 0,015). Yopiq sugʻorish tizimlarining kamchiliklari: - koʻp miqdorda quvurlarning kerak boʻlishi va sugʻorish tizimining tannarxining yuqori boʻlishi; - tabiiy bosim yetarli boʻlmagan hollarda sun’iy bosim hosil qiluvchi inshootlarni (nasos stansiyalari) qurish zaruriyatini keltirib chiqarishi va boshqalar. Bu kamchiliklar yopiq sugʻorish tizimlarini keng qoʻllashga hozircha toʻsqinlik qilib turibdi, lekin bu sugʻorish tizimi yaqin kelajakda keng taraqqiy etishi turgan gap. 61 Yopiq sugʻorish tizimlarida suvning quvurlardagi harakatiga qarab, ular bosimli va bosimsiz boʻlishi mumkin. Bosimli yopiq sugʻorish tizimlarida ularning koʻndalang kesim yuzalari toʻliq ishlaydi, suv harakati esa bosim orqali boʻladi. Bosimsiz yopiq sugʻorish tizimlarida ularning koʻndalang kesim yuzasi toʻliqsiz kesim yuza bilan ishlaydi. Suv harakati esa quvurlarning nishabligi orqali boʻladi. Yopiq sugʻorish tarmoqlarini rejada joylashtirishiga qarab: qoʻzgʻalmas, qoʻzgʻaluvchan va yarim qoʻzgʻaluvchan boʻlishi mumkin. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling