Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


Antropogen landshaftlarning yerdan foydalanish turlari bilan nisbati


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/37
Sana18.10.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1708446
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

Antropogen landshaftlarning yerdan foydalanish turlari bilan nisbati 
Antropogen landshaftlar 
Yerdan foydalanish 
turlari 
Sinflar
Turlar
Qishloq xoʻjalik 
landshaftlari 
Dala
Oʻtloq yaylovlar 
Bogʻ 
Aralash
Haydalgan dala 
Oʻt oʻrar va yaylovlar 
Bogʻ va uzumzorlar 
Tropik mamlakatlar 
Koʻp yarusli 
Oʻrmon landshaftlari 
Shartli tabiiy
Ikkilamchi (hosila) 
Madaniy oʻrmon 
Oʻrmonzorlar


15 
Suv landshaftlari 
Sun’iy dengizlar 
Suv omborlari 
Suv havzalari 
Landshaftli irrigatsiya 
Sugʻorish 
Ekinlarni yetishtirish 
Sugʻoriladigan yerlar 
Qishloq 
xoʻjalik 
ekinlari 
Texnogen (sanoat) 
landshaftlari 
Buzilgan landshaftlar 
Togʻ 
qazilmalari 
yerlari 
Aholi yashaydigan 
(urbanizatsiyalashgan) 
landshaftlar 
Urbanizatsiyalashgan 
qishloq 
Shahar 
va 
qishloq 
qurilmalari yerlari 
Rekreatsion 
landshaftlar 
Rekreatsion
Kurortlar dam olish 
qismlari, 
turistik 
markazlar 
va 
yoʻnalishlar, 
plyajlar 
va boshqalar. 
Yer tuzish ishlarini rejalashtirish - xoʻjaliklarning yoʻnalishini asosiy ekinlar 
turini tanlash dehqon, fermer xoʻjaligi, shirkatlar birlashmalarini qishloq xoʻjalik 
ishlab chiqarishini samarador va istiqbolli shakllarini antropogen landshaftlarning 
tabiiy iqlim va inson ta’sirida oʻzgarishi inobatga olinadi va bashorat qilinadi.
1.6 - rasm. Qishloq xoʻjalik landshaftlari 
Qishloq xoʻjaligi olib boriladigan hududlarda shakllanuvchi antropogen 
landshaftlar inson ta’sirida qisqa davrda boshqariladigan oʻziga xos hususiyatlarga 


16 
ega. Masalan: dala landshafti ekin turlarining oʻzgarishi ya’ni almashlab ekish 
orqali ma’lum darajada tarkibi va shaklini oʻzgartiradi. 
Oʻrmon landshaftlari (1.7-rasm) bu koʻkalamzorlashtirishning asosiy jihati 
hisoblanadi. Bu tabiiy xamda antropogen ta’sirida boʻlishi mumkin. 
Koʻkalamzorlashtirishda tabiiy tomondan paydo boʻlgan yoki shakllangan 
daraxtzorlar hududidan foydalangan holda, qiyofasini oʻzgartirib borish, tabiat 
namunalarini amaliy san’at ishlari bilan birlashtirib, yaxlit bir manzarani 
yaratishdir. Manzarabop ekinlarni koʻpaytirish quldorlik jamiyati davrida vujudga 
kelgan. Oʻsha vaqtlarda ham saroylar, maqbaralar, badavlat xonadonlarda hiyobon 
va bogʻlar barpo etish va koʻkalamzorlashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. 
Oʻrmon landshaftlari asosan turlari boʻyicha quyidagicha boʻladi: shartli tabiiy; 
ikkilamchi (hosila) va madaniy oʻrmon. 
1.7 - rasm. Oʻrmon landshaftlari 
Suv landshafti (1.8-rasm) turlari bu sun’iy dengiz va suv omborlari 
hisoblanadi. Suv landshaftlarining asosiy vazifasi, mintaqada yetishtirialadigan 
qishloq xoʻjalik ekinlarini suv bilan ta’minlash bilan bir qatorda, xar bir tumanga 
turar-joy massivi, jamoa binolari, madaniyat va istirohat bogʻlar, sun’iy suv 
havzalarini tashkil qilish, koʻkalamzorlashtirishda suv ta’minoti yaxshilash 
masalalari koʻzda tutiladi. 


17 
1.8 - rasm. Suv landshaftlari 
Landshaftli irrigatsiyaning asosiy turlari, sugʻorish orqali qishloq xoʻjalik 
ekinlarini yetishtirishdan iborat (1.9-rasm). Qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorish 
xamda qishloq xoʻjalik ekinlarini almashlab ekish bilan bir qatorda sugʻoriladigan 
maydonni meliortiv holatini normal holatda ushlab turish orqlai tabiiy toza 
mahsulot etkazishda katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
1.9 - rasm. Landshaftli irrigatsiya 
Texnogen (sanoat) landshaftlari (1.10-rasm) turlariga buzilgan landshaftlar 
kiradi. Texnogen landshaft bu antropogen landshaft hisoblanib uning oʻziga xos 
xususiyati sanoat faoliyati va ishlab chiqarish xajmi bilan chambarchas bogʻliq.


18 
1.10 - rasm. Texnogen (sanoat) landshaftlari 
Aholi yashaydigan landshaftlar (1.11 - rasm) yerdan foydalanish turlari 
boʻyicha shahar va qishloq bino qurilmalari yerlari hisoblanadi. 
1.11 - rasm. Aholi yashaydigan (urbanizatsiyalashgan) landshaftlar 
Rekreatsion landshaftlar (1.12 - rasm) da asosan yerdan foydalanish turlari 
boʻyicha kurortlar dam olish maskanlari, turistik markazlar va yoʻnalishlar, plyajlar 
va boshqalar. 


19 
1.12 - rasm. Rekreatsion landshaftlar 
Koʻrib 
chiqilgan 
barcha 
landshaft 
turlaridan 
eng 
koʻp 
diqqat 
urbanizatsiyalashgan va rekreatsion landshaftlarni yaratish, oʻzgartirish va qayta 
tiklashga qaratiladi, lekin boshqa turdagilarni ham landshaft tashkil etish vaqti 
uzoq emas. 
Har qanday landshaft oʻziga xos strukturaga ega boʻlib, fazoda va vaqt 
oraligʻida oʻzgarib boradi. Ushbu oʻzgarishlarning xarakteri davrli, siklik va ritmik 
ravishda namoyon boʻladi. Landshaftlarda sodir boʻluvchi davriy oʻzgarishlarga 
yirik daryoboʻyi landshaftlarini doimo bir paytda, ya’ni bahorgi suv toshqinlarida 
suv bosishini misol qilish mumkin. Demak landshaft rivojlanishida u yoki bu tabiiy 
jarayonlar aniq bir vaqt oraligʻida doimo qaytarilib turadi. 
Tabiiy landshaftlardagi ssiklik oʻzgarishlar uning avvalgi holatiga muayyan 
bir davrdan soʻng qaytishi bilan harakterlanadi. Bunga misol tariqasida konkret 
landshaftda, ya’ni masalan kesilgan oʻrmon maydonini tabiiy tiklanishi, 
qoʻriqlanadigan togʻli hududlarda tabiiy oʻsimlik qoplamini qoʻriqxona muhitida 
qayta tiklanishini keltirish mumkin. 
Asosiy tabiiy landshaft yuzaga keltiruvchi komponentlar zonal (iqlim, 
tuproq, oʻsimlik dunyosi, hayvonot olami) va azonal (relyef, geologik tarkib) 
komponentlarga ajratiladi. Ularning barcha tabiiy-hududiy kompleksning umumiy 
xarakterini shakllanishida ishtirok etadilar. Landshaftning rivoji va uning ichki 
strukturasini asosan relyef shakllantiruvchi yoki geomorfologik, iqlimiy, tuproq va 
boshqa landshaft muhitida kechadigan jarayonlar belgilab beradi. 


20 
Tekislik landshaftlarni shakllanishida relyef shaklining dengiz sathidan 
absolyut balandligi va geologik tuzilishi asosiy omil sifatida qatnashadi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling