Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»
Landshaftshunoslik. Tabiiy va antropogen landshaftlar
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma
1.2. Landshaftshunoslik. Tabiiy va antropogen landshaftlar.
Tabiiy landshaft - bu quruqlik doirasida tabiiy chegaralar bilan oʻralgan bir xil maydonni, uning doirasida tabiiy komponentlar (iqlim, relyef, suv, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosi) oʻzaro bogʻlik birlikni tashkil etadi (1.5- rasm). Bir xil hududlar landshaftlarida tayga, tropik oʻrmonlar, tundrada ancha kichikroq tabiiy birliklar – geografik landshaftning tarkibiy qismlari bor. Zamonaviy landshaft qurilishida tabiiy va antropogen landshaft tushunchalari mavjud. 1.4- rasm. Sugʻoriladigan ekin ekilgan maydonda landshaftli irrigatsiya 13 1.5- rasm. Tabiiy landshaft Tabiiy landshaftlarga tabiiy muhitning rivojlanishi natijasida paydo boʻlgan va inson faoliyatida ta’sir koʻrsatmagan barcha landshaftlar kiradi. Ammo yer sharida inson tegmagan landshaftlar juda kam. Xoʻjalik yuritish faoliyati davomida inson ba’zi tabiiy komponentlarni – birinchi navbatda oʻsimlik, tuproq, suv rejimi, faunani oʻzgartiradi. Bunday oʻzgarishlar landshaftda mavjud tabiiy komponentlar orasidagi aloqa va bogʻliqliklarni buzadi. Hududni oʻzlashtirish ehtiyoji va insonning tabiatga ta’siri landshaft oʻzgarishlarini paydo qiladi - sugʻorish va zovur tarmoqlarini loyihalash, qurish, yoʻl tarmoqlari va elektr uzatish liniyalari, poselkalar toshkil qilish va boshqalar paydo boʻladi. Insonning tabiiy muhitga aralashuvi bilan u antropogen muhitga aylanadi. Antropogen landshaftlar ilgaridan, insonning xoʻjalik yuritish faoliyati vujudga kelgandan beri mavjud boʻlgan. Dastavval ular yer shari landshaftlarining umumiy shakllanishida hech qancha rol oʻynamadilar: inson tomonidan qilingan oʻzgarishlar juda kichik hududlarda yuz berardi va qaytma xarakterga ega edi. Inson faoliyati oʻlchamlari kengayishi bilan uning natijalari ba’zi hollarda qaytmas xarakterga ega boʻla boshladi. Landshaftning bu asta - sekin oʻzgarishlari yer yuzining katta maydonlarini egalladi. Keyinroq ularga sanoat ishlab chiqarishi, qazilma boyliklarni oʻzlashtirish orqali keladigan oʻzgrishlar qoʻshildi. Muhitning oʻzgarishi oʻzining jismoniy koʻrsatkichlari va mustahkamlik darajasiga koʻra turli xil toʻla «oʻlgan» dan, ba’zi 14 bir ochiq qazilmalardagidek, hali tabiiy yoʻl bilan tiklasa boʻladigan nisbatan kichik «buzuqlik» gacha borib etdi. Mana shu sabablarga koʻra yer yuzida toza holdagi tabiiy landshaftlar qolmadi desa inson aralashuvi bilan oʻzgargan, bu hodisalar kuchaymoqda va biogen landshaftlarning oʻzgarish va qayta tiklash protsesslari obyektiv muqarrardek (Milnov F.N. Inson va landshaftlar). Yer yuzida yuiogen landshaftlar sonining qisqarishi ham muqarrardir; oʻz navbatida ularning insoniyat hayotidagi roli ham qisqarmogʻi kerak. Ammo tabiiy muhitning ta’sirini sinab koʻrgan vohalarini saqlab qolmoq lozim: bu «namuna»larni oʻrganish, ekologik muvozanat qonunlari misolida ularni tadqiq etish kelajakda inson yashash muhitining hayotiy va chidamli turlarini shakllantirishning yagona yoʻli hisoblanadi (1.1-jadval). Qishloq xoʻjaligida landshaftlarning hosil boʻlishi (1.6- rasm), tarkibi va rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga ham bogʻliq boʻladi. Qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda yaqin va uzoq kelajak uchun reja (bashorat) tuzish, antropogen landshaftlarni bashorat qilish bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi, tabiiy va qishloq hoʻjalik majmualarining inson ta’sirida oʻzgarishi inobatga olinadi. 1.1-jadval Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling