Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
10-§. Tilning ijtimoiy vazifalari. Til kishilik jamiyatining asrlar
davomidagi tarixiy-ijtimoiy tajribasi asosida yuzaga kelgan ijtimoiy hodisadir. Tilning ijtimoiy tabiati uning jamiyatda mavjud bo‘lishi hamda jamiyat manfaatlariga xizmat qilishida namoyon bo‘ladi. Shu sabab ham buyuk nazariyotchi olim F.de Sossyur tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqida shunday deydi: “Til belgilari o‘z tabiatiga ko‘ra garchi psixik bo‘lsa ham, lekin u abstraksiya emas, balki jamiyat a’zolari til xotirasida joylashgan reallikdir” [F.de. Sossyur, 1977: 53]. Til va jamiyat taraqqiyoti uzviy bog‘liqdir. Jamiyatda ro‘y beradigan har qanday voqelik, ma’lum ma’noda tilda o‘z ifodasini topadi. Aytaylik, hayotga bitta yangi narsa kirib kelsa, uning nomi tilda albatta, aks etadi. Akbarshoh bolaga hech qanday til ataylab o‘rgatilmasa, u qaysi tilda gapiradigan bo‘lishini istaydi. Ana shu maqsadda shoh o‘n ikki emizikli bolani ajratib olib, Agradan 6 mil uzoqlikdagi qal’aga joylashtiradi, ularni tarbiyalashni o‘n ikki soqov enagaga topshiradi. Tilsiz qorovulga qal’a darvozasini ochish qat’iyan ta’qiqlanadi, darvoza ochilsa, uning boshi sapchaday uzib tashlanishi aytiladi. Bolalar o‘n ikki yoshga etganda, shoh ularni huzuriga keltiradi. Hind faylasuflari bu bolalarning tili sanskrit bo‘lib chiqadi deb hisoblaydilar. Ammo bolalar shoh huzuriga kelganda, barcha hayratdan tosh qotib qoladi. Chunki bola bechoralar hech bir tilda gapirmas edilar.Ular o‘z enagalaridan fikrlarni turli imo-ishoralar bilan ifodalab, hech qanday tilsiz muomala qilishni o‘rgandilar [N.Uluqov, 2016: 23]. Bu misol tilning biologik yoki tabiiy hodisa emasligini yana bir bor isbotlaydi. Til ijtimoiy hodisa bo‘lgani uchun ham bolalar jamiyatdagi gunglarning imo – ishoralaridan boshqa hech narsani o‘rganmadi. Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy hodisa ekanligini o‘rganadi. Tilning paydo bo‘lishi, bir butun sistem sifatida shakllanishi, ijtimoiy hodisa tarzida voqelanishi uning tarixiyligi bilan bog‘liq. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling