Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
uchun, bilan, kabi, biroq singari so‘zlar ham borki, ular tushuncha bilan
bog‘lanmaydi. Agar gaplarning barchasi voqea-hodisalarning mavjudligi, yo‘qligi, rostligi yoki yolg‘onligi ifodalanganda, unda gap bilan muhokamani bir-biriga teng deyish mumkin bo‘lardi. Ammo tilimizda ba’zi gaplar so‘roq shaklida, buyruq shaklida beriladi, mantiqning esa bu singari xususiyatlardan holi ekanligini ko‘ramiz. Yana shu narsa ahamiyatga molikdirki, gap bo‘laklari barqaror xususiyatlidir. Bir gap tarkibida ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol fuksional jihatdan o‘zgarmas xarakterga ega bo‘ladi. Mantiqiy bo‘laklar esa beqarordir. Gapdagi har bir so‘z mantiq sub’ekti yoki predikati bo‘lib kelishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, til va tafakkur birliklari na miqdor, na sifat jihatdan bir-biriga to‘g‘ri keladi. Demak, til bilan tafakkur har qancha uzviy bog‘langan bo‘lsa ham, mushtarak hodisalar emas. Ammo til bilan tafakkurni bir-biridan ajratib qo‘yish ham mumkin emas. Ular doimo biri ikkinchisini taqozo qiladi. Tafakkur tilda yashaydi, u faqat til vositasi orqali namoyon bo‘ladi. Taniqli nemis olimi Velgelm Fon Gumboldt ta’biri bilan aytganda, bunchalik bir-biriga o‘xshash boshqa bir narsani o‘ylab topish qiyindir. Til fikrlash jarayonining voqelanishi sifatida tafakkurning to‘liq hajmi va barcha unsurlari bilan namoyon qiladi. Shuning uchun B.P.Ardentov: “Kishi miyasining til bilan bog‘liq bo‘lgan butun faoliyatini tafakkur deb bilish lozim”, - degan edi. Til va tafakkurning bir-biridan ajralmas hodisa ekanligi haqida qadimgi Yunoniston olimlari Demokrit, Aristotel davrlaridan boshlab bugungi kungacha ilmiy xulosalar aytilib kelinmoqda. Bu sohada Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, M.Koshg‘ariy, A.Navoiy kabi O‘rta Osiyolik mutafakkirlar tomonidan aytilgan fikrlar ham qimmatlidir. Til va tafakkurning uzviy bog‘liqligini Ferdinand de Sossyurning quyidagi fikrlarida yanada aniqroq ko‘rsa bo‘ladi: “Tilni qog‘oz varag‘iga qiyoslash mumkin: fikr uning yuza tomoni bo‘lsa, tovush orqa tomonidir, uning orqa tomonini ham kesmasdan turib, yuza tomonini kesib bo‘lmaydi; shuning singari tilda ham na fikrni tovushdan, na tovushni fikrdan ajratib bo‘ladi; bunga faqat abstraksiya yo‘li bilan erishish 52 mumkin, bu esa muqarrar ravishda sof psixologiyaga yoki sof filologiyaga olib keladi”. Til bilan tafakkur muammolari xususida gapirganda shunga ham alohida e’tibor berish kerakki, til bilan nutq ham mushtarak hodisalar emas. Shu bois, masala tavsifini to‘liq berishga ulgurmagan bo‘lsa-da, F.de Sossyur “til va nutq” dixotomiyasi hakidagi fikrni birinchi bo‘lib izohlagan edi. Til bilan nutq ham o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Ularning birini ikkinchisisiz tasavvur etish mumkin emas. Biroq, shunday bo‘lishiga qaramay, ular o‘rtasida jiddiy farqlar ham ko‘zga tashlanadi. Bunday farqlarni tilning mavhum, virtual hodisa ekanligida, nutqning esa konkret, aktual hodisa ekanligida ko‘ramiz. Bundan tashqari, til ijtimoiy hodisa bo‘lsa, nutq ijtimoiylikdan ko‘ra xususiylik alomatlari bilan xarakterlanadai. Bu jihatdan ular tafakkur ifodasiga ham har xil yondashadi. Boshqacha aytganda, tafakkur ifodasi virtual belgilar bilan emas, balki aktual belgilar bilan ko‘prok bog‘lanadi, zero, til aloqa quroli bo‘lmog‘i uchun nutqqa ko‘chirilmog‘i lozim. Shuni ham aytish kerakki, til bilan nutqning birligi va qarama- qarshiligi qonuniyatlariga faqat keyingi yillardagina ahamiyat berila boshladi. Hozirgacha mavjud tilshunoslikka doir ishlarning ko‘plarida tilni nutqdan va, aksincha, nutqni tildan farqlamadilar. Buning natijasida tilning sistema ekanligi, sistemaning belgilar (ishoralar) yig‘indisidan iboratligi mukammal o‘rganildi-yu, mazkur belgilarning nutqda real qo‘llanilishi masalasini o‘rganish ikkinchi darajali bo‘lib qoldi. Shu bois tilning nutqda voqe bo‘lishi, real qo‘llanilishi muammolarini o‘rganish hozirgi tilshunoslikning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Ta’kidlash lozimki, nutq mantiqsiz bo‘lmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, tafakkurning nafaqat til bilan, balki nutq bilan ham uzviy aloqadorligidan dalolat beradi. Til va tafakkur deganda, til umumiy holda, ya’ni nutqdan ajratmagan holda tasavvur etiladi. Biroq, hozirgacha mavjud ishlarda xususiylik belgilari deyarli tadqiq etilmadi. Nutqning xususiyligini o‘rganish boshqa fanlar bilan, jumladan, psixologiya bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bu jihatdan so‘zlovchining nafaqat nutq a’zolari o‘rtasida, balki fikrlash qobiliyatlari, so‘zlashish usullari o‘rtasida ham farq borligini ko‘ramiz. Bunda bolalar va kattalarning fikrlash qobiliyati va til unsurlaridan so‘zlashish jarayonida foydalanish darajalari o‘rtasida ham mavjud farqlarni hisobga olish kerak bo‘ladi. 53 Yuqoridagilardan tashqari shuni ham aytish lozimki, til birliklari bilan tafakkur birliklarini tenglashtirib bo‘lmasligi haqida ma’ruzalar matnida keltirilgan misollarga alohida e’tibor qaratishni tavsiya etamiz. Chunki, mazkur masala doirasida aniq tasavvur hosil etish uchun so‘z bilan tushuncha aynan bir-biriga mos kelavermasligini bilish muhimdir. Mustaqil ma’noni taqozo etuvchi so‘zlar tushuncha ifodalay oladi, Biroq til birliklaridan yordamchi so‘zlar so‘z hisoblansa-da, tushuncha ifodalay olmaydi. Gapni muhokama, xulosa singari tafakkur birliklari bilan tenglashtirib bo‘lmasligini talaba chuqur o‘zlashtirishi uchun gapning barcha turlarini voqea-hodisaning mavjudligi, yo‘qligi, rostligi, yolg‘onligi kabi jihatlaridan tashqari, so‘roq, buyruq mazmunidagi gaplarning borligiga ham e’tibor qaratishi zarur. Zero, mantiq qonuniyatlari bunday xususiyatlarga tayanmasligi ma’lum. Til va tafakkur o‘zaro dialektik munosabatda ekan, ularni o‘rganuvchi tilshunoslik bilan mantiq o‘rtasida ham ana shunday aloqalar mavjud. Mantiq – tafakkur shakllari, qonunlari va usullarini o‘rganadi. U inson fikrining aniq, ravshan, ketma-ket va asosli bo‘lishini taminlaydi. Shunday ekan, mantiq tilshunoslikning grammatika bo‘limi bilan bevosita munosabatdadir. Chunki tushuncha so‘z va so‘z birikmalari orqali ifodalansa, fikr gap orqali ifodalanadi. Har bir kishi uchun grammatikani bilish qancha zarur bo‘lsa, mantiqning shakli va qonunlarni o‘zlashtirish ham shunchalik zarurdir. Mantiq shakllari tushuncha, xulosalar hamma xalqlar uchun umumiy bo‘lsa, ularning turli tillarda ifodalanish shakllari turli-tumandir. Shuning uchun ham har bir til boshqasidan farq qiladigan o‘z grammatikalariga ega. Bu shuni ko‘rsatadiki, mantiq bilan grammatika bir-biri bilan bog‘liq, ular bir-birlarini to‘ldiradi. Tilshunoslikni u yoki bu fanlar sinfiga kiritishda bu fan o‘rganadigan obektining tabiati asos qilib olinadi. Til fikrni shakllantiruvchi va ifodalovchi moddiy vositadir. Bu jihatdan til va tafakkur muayyan shaklni o‘zida namoyon etadi. Tilshunoslikni ana shu jihatdan mantiq, psixologiya fanlari tizimiga kiritish mumkin bo‘ladi. Til uzliksiz rivojlanib, takomillashib boruvchi hodisadir. Bu jihatdan u jonli a’zoizmga o‘xshaydi. Ana shu xususiyatlarini o‘rganish jihatidan tilshunoslik biologiya fani bilan umumiy belgilarga ega ekanligini isbotlaydi. Kishilar odatda bir- birlari bilan til orqali munosabatda bo‘ladi.Til faqat kishilarga xos bo‘lganidek, tafakkur ham kishilarga xos bo‘lib, bosh miyaning moddiyligi va fiziologik vazifasi bilan bog‘liqdir. Lekin, yana takror aytish lozimki, 54 tafakkur bilan tilni aynan bir xil, bir-biriga o‘xshash narsa deb tushunish xatodir. Tafakkur – tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishining eng yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni so‘zlar, so‘z birikmalari va jumlalar orqali ifolaydi. Til qonunlari bilan tafakkur qonunlari bir-biriga teng kelmaydi. Shuning uchun ham til grammatikaning o‘rganish obekti hisoblansa, tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ektidir. Til fikr ifodalashning muhim vositasidir. Taffakkur bilan tilning munosabati murakkab jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud, o‘z navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til ham, tafakkur ham mehnat jarayonida, kishilik jamiyatida shakllangan. Til birliklari - fonema, morfema, so‘z, gap bir butun holda, mantiqiy tushunchalar (his-sezgi , idrok, tafakkur) bilan uzviy bog‘liqdir. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling