Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/66
Sana25.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1720949
TuriУчебное пособие
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 


45 
TIL VA TAFAKKUR 
 
13-§.
Til va tafakkur. Til va tafakkur o‘zaro bog‘liqdir. Shunchalik 
bog‘liqki, hatto ko‘pgina olimlarga ular bir-biridan aniq farqlanmaydigan 
sintetik hodisa sifatida ko‘rinadi. Shuning uchun ular til va tafakkur haqida 
emas, balki til-tafakkur haqida gapirishni lozim ko‘radilar. 
Til bilan tafakkurning o‘zaro munosabati tilshunoslikda ham, 
falsafada ham eng muhim va murakkab muammolardan biridir. Bu 
muammo fanda anchagina o‘rganilgan va unga doir ko‘plab monografik 
tadqiqotlar nashr qilingan. Ularda til bilan tafakkurning o‘zaro dialektik 
bog‘liqligi, birining ikkinchisisiz mavjud bo‘lmasligi, o‘zaro munosabatda 
amal qilishi dalillar bilan yoritib berilgan. 
Tafakkur inson oliy nerv (asab) tizimining (bosh miyaning) faoliyati 
bo‘lib, so‘z, so‘z birikmalari va gaplarda, ya’ni tilda o‘z ifodasini topadi. 
Tafakkurning moddiy qobig‘i tildir. Shunday ekan, tafakkur bilan til, 
birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydigan dialektik birlikni tashkil etadi 
[N.Uluqov, 2016:36]. 
Til bilan tafakkur o‘zaro dialektik bog‘liq bo‘lgani holda, ularning har 
biri o‘zlariga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. 
Demak, til bilan tafakkur o‘rtasida nihoyatda murakkab munosabat 
mavjud. Asosan ana shuning uchun bu munosabat tilshunoslik tarixida 
ham, falsafa tarixida ham eng muhim muammolardan biri hisoblanib 
kelindi. 
Til, ko‘pchilik tomonidan qayta-qayta ta’riflanganidek, kishilarning 
o‘zaro fikriy aloqa vositasidir. Tafakkur esa ob’ektiv borliqni va voqeani 
kishi miyasida aks ettirishning yagona va oliy darajali shaklidir. Shuning 
uchun tafakkur moddiy dunyoning kishi tomonidan bilib olinishida, aks 
etishida ideal jarayon sifatida xizmat qiladi. Bu o‘rinda tafakkur kishining 
amaliy faoliyatiga asoslanadi. Shuning uchun uning shakllanishida, 
gavdalanishida va amal qilinishida moddiy negiz kishining miyasi 
hisoblanadi. 
Tafakkur bilish quroli sifatida kishining ong shaklidir, ijtimoiy 
jihatdan ongning birinchi darajali tarkibiy qismidir. Ayni vaqtda tafakkur 
kishining ijtimoiy va amaliy faoliyati tufayli tarixiy va mantiqiy ma’noda 
yana ijtimoiy ongga aylanadi. 
Har qanday g‘oyaviy hodisa kabi tafakkur ham ob’ektiv va moddiy 
hodisa tufayli amal qiladi. Bunday ob’ektiv va moddiy qobig‘ tildir. Bu 


46 
jihatdan til bilan tafakkur birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydigan, o‘zaro 
ziddiyatli va bir-biriga aks ta’sir ko‘rsatuvchi dialektik birlikni tashkil 
qiladi. Ammo bu birlikni ba’zi olimlar boshqacha tushunganlar: ular til 
bilan tafakkurni tamoman birday hisoblab, aql tildan iboratdir deb 
ta’kidlaganlar. Masalan, nemis faylasufi tilshunosi V.Gumboldt ta’rificha, 
til bir butun ruhdan iborat. Shuning uchun u ruh qonunlari asosida taraqqiy 
qiladi. Demak, tilning istiqboli ruhning istiqboliga bog‘liq. 
“Til xalq ruhining tashqi ko‘rinishidir, - degan edi V.Gumboldt, -
xalqning tili uning ruhidir, xalqning ruhi esa uning tilidir – bularda boshqa 
qandaydir ikki narsaning bir-biriga bunchalik o‘xshashligini tasavvur 
qilish qiyin. Ularning qanday qilib yagona va idrok qilib bo‘lmaydigan 
mansabga birlashib ketishi biz uchun tushunarli bo‘lmay qolmoqda. 
Bularning qaysi biri muhimroq, kattaroq ahamiyatga ega ekanligini 
aniqlashga urinmasdan, xalqning ruhida tillardagi xilma-xillikning real-hal 
qiluvchi tamoyilini va haqiqiy sababini ko‘rishimiz kerak. Chunki 
xalqning ruhi hayotiy va mustaqil hodisa hisoblanadi, til esa unga tobe’dir” 
[V.A.Zveginsev, 1964: 88-89]. 
Yoki akademik N.Ya.Marr ham o‘z ta’limotida til bilan tafakkurni bir-
biridan ajratib qo‘yar edi. 
“Til, - degan edi N.Ya.Marr, - tovushlarda zuhur etgani uchungina 
mavjuddir. Tafakkur zuhur etmasdan ham amal qilaveradi... Til (tovush 
tili) o‘z vazifalarini fazoni so‘zsiz engayotgan eng yaxshi ixtirolarga 
topshiriq boshladi, tafakkur esa o‘zining o‘tmishda to‘plagan va 
foydalanmayotgan boyliklari hamda yangidan to‘planganlari tufayli tobora 
yuksalib boyliklari hamda yangida to‘planganlari tufayli tobora yuksalib 
bormoqda va tilni tamomila iste’moldan chiqarib, uning o‘rnini bosadigan 
bo‘lib bormoqda. Bo‘lajak til-tabiiy materiyadan xoli bo‘lgan, texnikada 
o‘sib borayotgan tafakkurdir.” 
Hech qanday til, hatto har holda tabiat mezonlariga bog‘liq bo‘lgan 
tovush tili ham tafakkurga bardosh berolmaydi [N.Ya.Marr, 1931: 62]. 
Bu mutlaqo noto‘g‘ri ta’limotdir. Chunki til va tafakkurning dastlabki 
unsurlarini 
yuzaga 
keltiruvchi, 
ayni 
vaqtda 
yuzaga 
kelishini 
rag‘batlantiruvchi, dastlabki unsurlarini yuzaga chiqaruvchi, omillar, 
qo‘zg‘atuvchi sabablar bir vaqtda va bir xil muddatda shakllangan, 
keyingina o‘sha unsurlarning o‘zaro aks ta’sir qonuni asosida rivojlana 
borishi bilan to‘la ma’nosidagi til va tafakkur shakllangan. Ular, ya’ni til 
va tafakkur shundan buyon o‘zaro aks ta’sir qonuni asosida rivojlanib 


47 
insoniyat oldidagi vazifasini to‘la bajarib kelmoqda. Bundan keyin ham 
shunday bo‘laveradi. 
Ammo til bilan tafakkuri bir-biridan ajratgan holda talqin 
qilish,tushintirish darslik qo‘llanmalarda ham va ular orqali ta’lim 
jarayonida ham o‘z aksini topdi. Masalan: ”Til ayrim kishida mustaqil 
ravishda mavjuddir” [P.I.Ivanov, 1967: 291]. “Til har bir ayrim kishida 
mustaqil tartibida mavjuddir” [M.Vohidov, 1970: 175]. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling