Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
-§. Til birliklari va mantiqiy tushunchalarining o‘zaro
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-§. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishi.
14-§.
Til birliklari va mantiqiy tushunchalarining o‘zaro munosabati. Tafakkur til bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u bilish jarayoni sifatida o‘zini yakka shaxsning nutq faoliyatida ko‘rsatuvchi real jarayonidir. Ijtimoiy ong sifatida esa u o‘zining mavjud bo‘lish shakliga muayyan tillarda ega bo‘ladi. Demak,til va tafakkurning ijtimoiy tabiati ichki tomondan bir xildir. Tilning vazifasini ikki tomonlama vazifaning birligisiz tassavur qilib bo‘lmaydi:til bir vaqtning o‘zida ham fikrlash va bilim natijasini nutq faoliyatida saqlash uchun vositadir,ham fikrlash jarayonining o‘zi uchun vositadir. Bu jarayonning nutq shaklida seziladigan va akustik holatdir. Demak, til yordamisiz fikr shakllanmaydi, tafakkur amaliyoti sodir bo‘lmaydi. Tafakkur voqelikning tushuncha, hukm va xulosada oliy shaklda makon va zamon bilan bog‘liq holda aks etishidir. U o‘zining barcha xaqiqiy natijalari bilan kishi miyasidagi g‘oyaviy nusxasi va obrazidir. Tafakkurning asosiy masalasi uning chinligi masalasidir. Til esa voqelikning inkosi emas,balki fonetika morfologiya, sintaksis va boshqa shu kabilarning qonunlari asosida uyushgan murakkab tizimidir. Tafakkur voqelikni ma’naviy – g‘oyaviy holatda aks ettiradi, uning qonunlarini tanib biladi va kishining amaliy faoliyati tufayli moddiy dunyo haqida bilim hosil qiladi. Til tafakkurni moddiy shaklda yuzaga chiqaruvchi vosita sifatida nutq tufayli amal qiladi. Bunday vaqtda til va tafakkur aks ta’sir qonuniga asoslanadi. Demak, til ham, tafakkur ham borliqdagi narsa va hodisalar bilan munosabatga bo‘ladi. Ammo tafakkur shu narsa va hodisalar bilan ularni g‘oyaviy tarzda inikos ettirish, til esa ularni tafakkur orqali moddiy tarzda ifodalash jihatidan munosabatda bo‘ladi. 15-§. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishi. Taffakkurimizda tashqi moddiy olam so‘z orqali tushuncha tarzida gavdalanadi. Tushuncha narsa, voqea va hodisalarning kishi miyasida tasavvur hosil qilish jarayonidagi inikosidir. Tushunchaning paydo 48 bo‘lishida insonning bir necha xil a’zolari, ko‘z, quloq, his etish va fikrlash qobiliyati ishtirok etadi. Kishilar biror predmetning nomini eshitgandan, u haqda fikr yuritadi, natijada tasavvur orqali uning miyasida shu narsa va voqea – hodisaning aksi (in’ikosi) paydo bo‘ladi. Tushunchani tasavvur qilishda tasavvur hammada bir xil bo‘lmaydi. U kishining bilimi, tajribasi va hakozolar bo‘yicha farqlanadi. Ba’zi bir ko‘rmagan, eshitmagan yangi predmet va hodisalarning nomini eshitganimizda biror bir aniq tasavvur qilolmaymiz. Hattoki, ko‘rib turgan yangi narsalarning nomini bilmaymiz. Aytaylik, Hindistonda o‘sadigan mevani umrimizda ko‘rmagan, emagan u haqda eshitmagan bo‘lsak. Uning nomini eshitganda dastlab hech qanday tushunchaga ega bo‘lmaymiz. Ko‘z oldimizga hech narsani keltira olmaymiz, natijada tasavvurimizda in’ikosini hosil qila olmaymiz. Shu sabab ham aniq bir tasavvur hosil qilishimiz uchun yetarli ko‘nikma, bilim va tajriba talab qilinadi. So‘z tushunchaning tildagi atalish nomi hisoblanadi. Masalan, ma’naviyat o‘chog‘i, o‘quv predmeti bo‘lgan narsa va u haqdagi tushuncha o‘zbek tilida kitob, rus tilida kniga, ingliz tilida book. Mana shu bir narsaning turli xil tilda turlicha nomlanishi so‘zdir. So‘z narsa va tushuncha bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ular doim birga yashaydi, tushunchasiz so‘z, so‘zsiz tushuncha bo‘lishi mumkin emas. So‘z tilshunoslikning barcha sathlari ob’ekti. Tushuncha esa mantiq fanida o‘rganiladi. So‘z, narsa va tushuncha orasida shunday bog‘liklik borki, ularni bir - birisiz tasavvur etish ham qiyin. Ya’ni bir - biri bilan uzviy bog‘langan hodisalardir. Buni quyidagi rasm orqali ifodalasak bo‘ladi. So‘z Narsa Tushuncha Mana rasmda ko‘rib turganingizdek, bular bir-biri bilan uzviy bog‘liq hodisalardir. Narsaning biror tildagi nomi so‘z, narsani denotat, tushunchani signifikat deb ham nomlaymiz. Bizning tafakkurimizda tashqi moddiy olamning aks etishi uchun ma’lum narsalar talab qilinadi. Bular til bilish, ya’ni so‘z nomini bilish, so‘z orqali ifodalanayotgan shu narsa haqida bilimga ega bo‘lish. Buning uchun shu narsaga avval duch kelgan, ko‘rgan bo‘lishimiz lozim. Shundan so‘nggina shu so‘z va narsa haqida tushunchaga ega bo‘lamiz. Bu fikrlar asosan, so‘zning atash ma’nosiga 49 tegishlidir. Ko‘chma ma’nolarda bir so‘zni har millat, har kim har xil tushunishi mumkin. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling