Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»


-§. Til birliklari va mantiqiy tushunchalarining o‘zaro


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/66
Sana25.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1720949
TuriУчебное пособие
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

14-§.
Til birliklari va mantiqiy tushunchalarining o‘zaro 
munosabati. Tafakkur til bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u bilish jarayoni 
sifatida o‘zini yakka shaxsning nutq faoliyatida ko‘rsatuvchi real 
jarayonidir. Ijtimoiy ong sifatida esa u o‘zining mavjud bo‘lish shakliga 
muayyan tillarda ega bo‘ladi. Demak,til va tafakkurning ijtimoiy tabiati 
ichki tomondan bir xildir. Tilning vazifasini ikki tomonlama vazifaning 
birligisiz tassavur qilib bo‘lmaydi:til bir vaqtning o‘zida ham fikrlash va 
bilim natijasini nutq faoliyatida saqlash uchun vositadir,ham fikrlash 
jarayonining o‘zi uchun vositadir. Bu jarayonning nutq shaklida 
seziladigan va akustik holatdir. Demak, til yordamisiz fikr shakllanmaydi, 
tafakkur amaliyoti sodir bo‘lmaydi. 
Tafakkur voqelikning tushuncha, hukm va xulosada oliy shaklda 
makon va zamon bilan bog‘liq holda aks etishidir. U o‘zining barcha 
xaqiqiy natijalari bilan kishi miyasidagi g‘oyaviy nusxasi va obrazidir. 
Tafakkurning asosiy masalasi uning chinligi masalasidir. Til esa 
voqelikning inkosi emas,balki fonetika morfologiya, sintaksis va boshqa 
shu kabilarning qonunlari asosida uyushgan murakkab tizimidir. Tafakkur 
voqelikni ma’naviy – g‘oyaviy holatda aks ettiradi, uning qonunlarini tanib 
biladi va kishining amaliy faoliyati tufayli moddiy dunyo haqida bilim 
hosil qiladi. Til tafakkurni moddiy shaklda yuzaga chiqaruvchi vosita 
sifatida nutq tufayli amal qiladi. Bunday vaqtda til va tafakkur aks ta’sir 
qonuniga asoslanadi. 
Demak, til ham, tafakkur ham borliqdagi narsa va hodisalar bilan 
munosabatga bo‘ladi. Ammo tafakkur shu narsa va hodisalar bilan ularni 
g‘oyaviy tarzda inikos ettirish, til esa ularni tafakkur orqali moddiy tarzda 
ifodalash jihatidan munosabatda bo‘ladi. 
15-§. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks 
etishi. Taffakkurimizda tashqi moddiy olam so‘z orqali tushuncha tarzida 
gavdalanadi. Tushuncha narsa, voqea va hodisalarning kishi miyasida 
tasavvur hosil qilish jarayonidagi inikosidir. Tushunchaning paydo 


48 
bo‘lishida insonning bir necha xil a’zolari, ko‘z, quloq, his etish va fikrlash 
qobiliyati ishtirok etadi. Kishilar biror predmetning nomini eshitgandan, u 
haqda fikr yuritadi, natijada tasavvur orqali uning miyasida shu narsa va 
voqea – hodisaning aksi (in’ikosi) paydo bo‘ladi. Tushunchani tasavvur 
qilishda tasavvur hammada bir xil bo‘lmaydi. U kishining bilimi, tajribasi 
va hakozolar bo‘yicha farqlanadi. Ba’zi bir ko‘rmagan, eshitmagan yangi 
predmet va hodisalarning nomini eshitganimizda biror bir aniq tasavvur 
qilolmaymiz. Hattoki, ko‘rib turgan yangi narsalarning nomini bilmaymiz. 
Aytaylik, Hindistonda o‘sadigan mevani umrimizda ko‘rmagan, emagan u 
haqda eshitmagan bo‘lsak. Uning nomini eshitganda dastlab hech qanday 
tushunchaga ega bo‘lmaymiz. Ko‘z oldimizga hech narsani keltira 
olmaymiz, natijada tasavvurimizda in’ikosini hosil qila olmaymiz. Shu 
sabab ham aniq bir tasavvur hosil qilishimiz uchun yetarli ko‘nikma, bilim 
va tajriba talab qilinadi. So‘z tushunchaning tildagi atalish nomi 
hisoblanadi. Masalan, ma’naviyat o‘chog‘i, o‘quv predmeti bo‘lgan narsa 
va u haqdagi tushuncha o‘zbek tilida kitob, rus tilida kniga, ingliz tilida 
book. Mana shu bir narsaning turli xil tilda turlicha nomlanishi so‘zdir. 
So‘z narsa va tushuncha bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ular doim birga 
yashaydi, tushunchasiz so‘z, so‘zsiz tushuncha bo‘lishi mumkin emas. 
So‘z tilshunoslikning barcha sathlari ob’ekti. Tushuncha esa mantiq fanida 
o‘rganiladi. So‘z, narsa va tushuncha orasida shunday bog‘liklik borki, 
ularni bir - birisiz tasavvur etish ham qiyin. Ya’ni bir - biri bilan uzviy 
bog‘langan hodisalardir. Buni quyidagi rasm orqali ifodalasak bo‘ladi.
So‘z
Narsa
Tushuncha 
Mana rasmda ko‘rib turganingizdek, bular bir-biri bilan uzviy bog‘liq 
hodisalardir. Narsaning biror tildagi nomi so‘z, narsani denotat, 
tushunchani signifikat deb ham nomlaymiz. Bizning tafakkurimizda tashqi 
moddiy olamning aks etishi uchun ma’lum narsalar talab qilinadi. Bular til 
bilish, ya’ni so‘z nomini bilish, so‘z orqali ifodalanayotgan shu narsa 
haqida bilimga ega bo‘lish. Buning uchun shu narsaga avval duch kelgan, 
ko‘rgan bo‘lishimiz lozim. Shundan so‘nggina shu so‘z va narsa haqida 
tushunchaga ega bo‘lamiz. Bu fikrlar asosan, so‘zning atash ma’nosiga 


49 
tegishlidir. Ko‘chma ma’nolarda bir so‘zni har millat, har kim har xil 
tushunishi mumkin. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling