Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
45 TIL VA TAFAKKUR 13-§. Til va tafakkur. Til va tafakkur o‘zaro bog‘liqdir. Shunchalik bog‘liqki, hatto ko‘pgina olimlarga ular bir-biridan aniq farqlanmaydigan sintetik hodisa sifatida ko‘rinadi. Shuning uchun ular til va tafakkur haqida emas, balki til-tafakkur haqida gapirishni lozim ko‘radilar. Til bilan tafakkurning o‘zaro munosabati tilshunoslikda ham, falsafada ham eng muhim va murakkab muammolardan biridir. Bu muammo fanda anchagina o‘rganilgan va unga doir ko‘plab monografik tadqiqotlar nashr qilingan. Ularda til bilan tafakkurning o‘zaro dialektik bog‘liqligi, birining ikkinchisisiz mavjud bo‘lmasligi, o‘zaro munosabatda amal qilishi dalillar bilan yoritib berilgan. Tafakkur inson oliy nerv (asab) tizimining (bosh miyaning) faoliyati bo‘lib, so‘z, so‘z birikmalari va gaplarda, ya’ni tilda o‘z ifodasini topadi. Tafakkurning moddiy qobig‘i tildir. Shunday ekan, tafakkur bilan til, birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydigan dialektik birlikni tashkil etadi [N.Uluqov, 2016:36]. Til bilan tafakkur o‘zaro dialektik bog‘liq bo‘lgani holda, ularning har biri o‘zlariga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Demak, til bilan tafakkur o‘rtasida nihoyatda murakkab munosabat mavjud. Asosan ana shuning uchun bu munosabat tilshunoslik tarixida ham, falsafa tarixida ham eng muhim muammolardan biri hisoblanib kelindi. Til, ko‘pchilik tomonidan qayta-qayta ta’riflanganidek, kishilarning o‘zaro fikriy aloqa vositasidir. Tafakkur esa ob’ektiv borliqni va voqeani kishi miyasida aks ettirishning yagona va oliy darajali shaklidir. Shuning uchun tafakkur moddiy dunyoning kishi tomonidan bilib olinishida, aks etishida ideal jarayon sifatida xizmat qiladi. Bu o‘rinda tafakkur kishining amaliy faoliyatiga asoslanadi. Shuning uchun uning shakllanishida, gavdalanishida va amal qilinishida moddiy negiz kishining miyasi hisoblanadi. Tafakkur bilish quroli sifatida kishining ong shaklidir, ijtimoiy jihatdan ongning birinchi darajali tarkibiy qismidir. Ayni vaqtda tafakkur kishining ijtimoiy va amaliy faoliyati tufayli tarixiy va mantiqiy ma’noda yana ijtimoiy ongga aylanadi. Har qanday g‘oyaviy hodisa kabi tafakkur ham ob’ektiv va moddiy hodisa tufayli amal qiladi. Bunday ob’ektiv va moddiy qobig‘ tildir. Bu 46 jihatdan til bilan tafakkur birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydigan, o‘zaro ziddiyatli va bir-biriga aks ta’sir ko‘rsatuvchi dialektik birlikni tashkil qiladi. Ammo bu birlikni ba’zi olimlar boshqacha tushunganlar: ular til bilan tafakkurni tamoman birday hisoblab, aql tildan iboratdir deb ta’kidlaganlar. Masalan, nemis faylasufi tilshunosi V.Gumboldt ta’rificha, til bir butun ruhdan iborat. Shuning uchun u ruh qonunlari asosida taraqqiy qiladi. Demak, tilning istiqboli ruhning istiqboliga bog‘liq. “Til xalq ruhining tashqi ko‘rinishidir, - degan edi V.Gumboldt, - xalqning tili uning ruhidir, xalqning ruhi esa uning tilidir – bularda boshqa qandaydir ikki narsaning bir-biriga bunchalik o‘xshashligini tasavvur qilish qiyin. Ularning qanday qilib yagona va idrok qilib bo‘lmaydigan mansabga birlashib ketishi biz uchun tushunarli bo‘lmay qolmoqda. Bularning qaysi biri muhimroq, kattaroq ahamiyatga ega ekanligini aniqlashga urinmasdan, xalqning ruhida tillardagi xilma-xillikning real-hal qiluvchi tamoyilini va haqiqiy sababini ko‘rishimiz kerak. Chunki xalqning ruhi hayotiy va mustaqil hodisa hisoblanadi, til esa unga tobe’dir” [V.A.Zveginsev, 1964: 88-89]. Yoki akademik N.Ya.Marr ham o‘z ta’limotida til bilan tafakkurni bir- biridan ajratib qo‘yar edi. “Til, - degan edi N.Ya.Marr, - tovushlarda zuhur etgani uchungina mavjuddir. Tafakkur zuhur etmasdan ham amal qilaveradi... Til (tovush tili) o‘z vazifalarini fazoni so‘zsiz engayotgan eng yaxshi ixtirolarga topshiriq boshladi, tafakkur esa o‘zining o‘tmishda to‘plagan va foydalanmayotgan boyliklari hamda yangidan to‘planganlari tufayli tobora yuksalib boyliklari hamda yangida to‘planganlari tufayli tobora yuksalib bormoqda va tilni tamomila iste’moldan chiqarib, uning o‘rnini bosadigan bo‘lib bormoqda. Bo‘lajak til-tabiiy materiyadan xoli bo‘lgan, texnikada o‘sib borayotgan tafakkurdir.” Hech qanday til, hatto har holda tabiat mezonlariga bog‘liq bo‘lgan tovush tili ham tafakkurga bardosh berolmaydi [N.Ya.Marr, 1931: 62]. Bu mutlaqo noto‘g‘ri ta’limotdir. Chunki til va tafakkurning dastlabki unsurlarini yuzaga keltiruvchi, ayni vaqtda yuzaga kelishini rag‘batlantiruvchi, dastlabki unsurlarini yuzaga chiqaruvchi, omillar, qo‘zg‘atuvchi sabablar bir vaqtda va bir xil muddatda shakllangan, keyingina o‘sha unsurlarning o‘zaro aks ta’sir qonuni asosida rivojlana borishi bilan to‘la ma’nosidagi til va tafakkur shakllangan. Ular, ya’ni til va tafakkur shundan buyon o‘zaro aks ta’sir qonuni asosida rivojlanib 47 insoniyat oldidagi vazifasini to‘la bajarib kelmoqda. Bundan keyin ham shunday bo‘laveradi. Ammo til bilan tafakkuri bir-biridan ajratgan holda talqin qilish,tushintirish darslik qo‘llanmalarda ham va ular orqali ta’lim jarayonida ham o‘z aksini topdi. Masalan: ”Til ayrim kishida mustaqil ravishda mavjuddir” [P.I.Ivanov, 1967: 291]. “Til har bir ayrim kishida mustaqil tartibida mavjuddir” [M.Vohidov, 1970: 175]. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling