Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
Tilning jamiyatdagi ko‘rinshlari. Kishilar til orqali aloqa-
munosabatga kirishadilar, til aloqa vositasi sifatida mavjuddir. Qaysiki tildan odamlar foydalanmasa, iste’moldan chiqadi. Til istemolda bo‘lishi uchun shu tildan foydalanadigan jamiyat bo‘lishi kerak. Til aloqa vositasi tarzidagi ahamiyatini yo‘qotdimi, uning avvalgi holatini sun’iy ravishda tiklab bo‘lmaydi. 37 Jahon tilshunosligida til va uning ijtimoiyligi, paydo bo‘lishi va rivojlanish jaroyonlari haqida xilma-xil fikrlar bildirilgan. Tilning ijtimoiyligi, rivojlanishi va nutq bilan munosabati xususida Ferdinand de Sossyur va Vilgelm fon Gumboldtlarning fikrlari etakchi o‘rin egallaydi. Nazariyotsi olim Ferdinand de Sossyurning fikricha, til kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasiga ko‘ra aloqa quroli, fikrni ifodalaydigan vositadir. Ijtimoiy tabiati jihatidan qaralganda til ijtimoiy hodisadir. Ichki tuzilishiga ko‘ra til sof belgilar sistemasidir. Tilning taqdiri uning yashashi, rivojlanishi faqat shu tilda gaplashuvchi jamiyatga bog‘liq. Til jamiyat bilan paydo bo‘lganidek, jamiyat bilan birga o‘ladi [M.Irisqulov, 1992: 10]. Til qonunlarini, uning rivojlanishi jamiyat tarixi bilan va shu tilni yaratgan xalqning tarixi bilan chambarchas bog‘liq holda o‘rgangandagina bu masalani to‘g‘ri hal qilish mumkin. Hamma narsa sistemadan iborat bo‘lgani kabi til ham o‘zining tuzilishi bilan, ayrim unsurlarining o‘zaro munosabati bilan butun bir ideal tizimni tashkil etadi Bu masala F.de Sossyur va Vilgelm fon Gumboldt qarashlarida aniq aks etadi. Tilning ishlash tizimi haqida N.Xomskiy quyidagi fikrlarni yozadi: “Inson ongida dastlab mazmunini tashkil etuvchi propozitiv tizim vujudga keladi. So‘ngra ushbu tizim grammatik transformatsiya deb nomlanuvchi formal operatsiya yordamida fizik signal qiyofasini oladi” [V.A.Zveginsev, 1973: 80-81]. V.A.Zveginsev to‘g‘ri qayd qilganidek, tilning yashash makoni inson ongidir. Til insonlar ongida taraqqiy qiladi, yashaydi va rivojlanadi. Til nasldan naslga, avloddan avlodga o‘tadigan irsiy hodisa emas, aksincha, til jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Bolaning qaysi tilda so‘zlay boshlashi uni o‘rab turgan til muhitiga bog‘liq. Misol uchun, o‘zbek bolasi go‘daklikdan tojiklar orasida tarbiyalansa, u faqat tojikcha so‘zlab, o‘z ona tilini bilmasligi mumkin. Ammo bolaning biologik belgilari (yuz tuzilishi, sochining rangi va hokazolar) o‘zgarmagan holda shakllanib boradi. Til jamiyatga xizmat qiladi, jamiyatda yashaydi, taraqqiy qiladi. Shuning uchun ham tom ma’noda ijtimoiy hodisadir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling