Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
-§. Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
12-§.
Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar. Jamiyatning tilga va tilning jamiyatga ta’siri. Tillarning chatishuvi masalasi. Kreol tillar. Pijin tillari. Xalqaro tillar. Sun’iy tillar. 1.Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til shakliga ega bo‘lgan barcha tillar me’yorlashtirilgan tillar jumlasiga kiradi. Masalan, hozirgi rus tili, o‘zbek tili va boshqa tillarning adabiy tili olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. Adabiy til ma’lum qolipga solingan bo‘lsa-da, tarixiy taraqqiyot davomida takomillashib, o‘zgarib, boyib boradi. Me’yorlashtirilgan tillarda so‘zlashuvchi odamlar mavjud bo‘ladi, ya’ni 42 jamiyatiga ega bo‘ladi. Me’yorlashtirilgan tillar ma’lum normaga solingan, qayta ishlangan, hammaga tushunarli bo‘lgan til shaklidir. 2.Qadimiy tillar. Bu tillarning dastlabki taraqqiyoti davrida shakllangan, rivojlangan, yozuvlari yaratilgan bo‘lib, buyuk asarlar, madaniy-ma’naviy yodgorliklar yaratilgan tillardir. Bu tillar keyingi davrlarda shakllangan bir qator tillar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Qadimiy tillar ham kishilik jamiyatining ta’siri bilan yuzaga kelgan va tilning umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyat kasb etgan. Bu tillarning gaplashuvchi jamiyat yo‘q bo‘lgani uchun keyingi davrlarda iste’moldan chiqib qoladi. Lotin, oromey, sug‘d, xorazm kabi juda ko‘p tillar eng qadimiy tilning yaqqol namunasidir. Bunday tillarning fanda faqat nomlarigina saqlangan bo‘lib, hozirgi davrda bu tilarda gaplashuvchi millat ham yo‘q. To‘g‘ri, V.Gumboldt nazariyasiga ko‘ra ularning ildizi asosida yangicha shakldagi tillar taraqqiy etib, bir qancha etnik guruhlar, hatto millatlar (masalan, lotin tili ildizi asosida ispan, portugal, fransuz kabi millatlar va ularning tillari) paydo bo‘lgan. 3.Mahalliy tillarga kam sonli aholi gaplashadigan tillar kiradi. Ba’zi joylarda bir qishloqning alohida 400 - 500 kishi gaplashadigan tili mavjud. Mahalliy tillarning o‘z yozuvi mavjud emas. Bunday tillar faqat og‘zaki shakldagina bo‘lib, aholining kundalik aloqa-munosabat ehtiyoji uchun xizmat qiladi. Amerika qit’asidagi ko‘pchillik mahalliy hindularning tillari hozirgacha saqlanib qolgan. Sekin – sekin adabiy tilga singib ketishi oqibatida kelajakda mahalliy tillar yo‘qolib ketish havfi katta. 4.Kreol tillari mustamlakachilik davrida afrikaliklar, sharq mamlakatlari xalqlari va amerika hindulari tillarining aralashuvi natijasida paydo bo‘lgan tillardir. Kreol tillari asosan mahalliy aholi tillariga evropa tillari (fransuz, ingliz, portugal) aralashishidan kelib chiqqan. Kreol tillarning har biri o‘ziga xos til xususiyatlariga ega bo‘ladi. Aralash tillarning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rinib turadi. 5.Pijin tillari ham Evropaliklar tillari bilan mahalliy tillarning chatishividan yuzaga keladi. Pijin tillari kreol tillardan farq qiladi. Pijin tillaridan port shaharlarida ikkinchi til sifatida foydalaniladi. Lekin kreol, pijin tillari jamiyat uchun aloqa-munosabat vositasi sifatida 43 xizmat qilsa-da, bu tillar mustaqil til tarzida keng qo‘llanilmaydi. Pijin tillari uchun jamiyat yo‘q. Pijin tillari rivojlanib keyinchalik kreol tiliga aylanishi mumkin. Eng keng tarqalgan pijin tiliga “pijin-inglish” tilini misol qilib ko‘rsatish mumkin. 6.Sun’iy tillar maxsus yaratilgan xalqaro tillardir. Polyak olimi L.Zamengof yaratgan esperanto tili sun’iy tilning yorqin misolidir. Bu tilning grammatikasi ishlab chiqilgan, lug‘aviy asosi Evropa tillariga asoslanilgan, grammatikasi agglyutinativ xarakterda, grafikasi lotin yozuvi asosida shakllantirilgan. Bu tilga juda ko‘plab mashhur asarlar tarjima qilingan. Hammaga tushunarli bo‘lishi uchun dunyo miqyosidagi majlislarning olib borilishini hisobga olib bu til yaratilgan. Gazeta, jurnallar, teleko‘rsatuv va radio eshittirishlar ham olib boriladi. Bu tilning keyingi taqdiri muayyan davr bilan bog‘liq. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling