Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
partish ravishda almashtirish kuchaydi. Jumladan, jarida, oynoma
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
partish ravishda almashtirish kuchaydi. Jumladan, jarida, oynoma, ro‘znoma, mushtariy, riyoziyot, kulliyot, tahsilgoh, minbargoh, da’vatgoh, dorilmuallim, oliygoh, oliy ilmgoh, bilimgoh, maskan, tayyora, tayyoragoh, sayyora, favvora, nohiya kabi juda ko‘p atamalar qo‘llanildiki, ularning birortasi ham milliylikka dahli yo‘q, aslini olsak ular o‘zbek tiliga xos so‘zlar ham emas. To‘g‘ri, bunday so‘z va atamalar ma’lum bir davrlarda o‘zbek tilida keng qo‘llanilgandir, lekin ayni paytda ular iste’moldan chiqqan bo‘lib, ko‘pchilikka tushunilmaydigan, eskirgan-tarixiy so‘zlarga aylanib qolgan va ular hozirgi avlod uchun tushunilishi qiyindir. Shuning uchun ham, bizningcha, bu kabi so‘zlarni qayta "tiriltirish" va hammaga tushunarli 35 bo‘lgan va tilimizda keng qo‘llanilayotgan so‘zlar bilan almashtirish zarurati yo‘qdir. Shuningdek, hozirgi paytda shoshma-shosharlik bilan chop etilayotgan ba’zi lug‘atlarda ayrim atama va iboralar tarjimalarida ham g‘alizliklarni ko‘rish mumkin. Qayd etish lozimki, xuddi ana shunday holat o‘zbek adabiy tilining 1920-yillardagi davrlarida yuz bergan. Bu davrda o‘zbek adabiy tilining boshqa tillarga munosabati, ular bilan o‘zaro aloqasi qanday bo‘lishi masalasida qizg‘in bahs munozaralarni kuzatish mumkin. Buni, asosan, til leksikasining boyib borishi, atamashunoslik sohasiga oid bo‘lib, tilning sofligini saqlash davosi bilan o‘zbek tiliga baynalmilal so‘z va atamalarning o‘zlashishiga qarshilik ko‘rsatilgan edi. O‘sha davrlardagi tarixiy shart-sharoitlar bilan bog‘liq holda hayotda paydo bo‘layotgan yangi-yangi tushunchalarni ifodalash uchun o‘zbek tilidagi so‘zlarning o‘zidan so‘z yasash, eski o‘zbek tiliga oid iste’moldan chiqqan so‘zlarni qayta tiklash, hech imkoniyati topilmay qolgan taqdirda arabcha, forscha so‘zlardan foydalanish lozim deb qaralgan edi. Ammo, tilning o‘ziga xos qonuniy taraqqiyotiga zid bo‘lgan bu kabi nuqson va xatoliklar ko‘pga bormay barham topdi. Chunki, tilning ichki va tashqi imkoniyatlaridan qonuniy ravishda foydalanilmagan va ularga shoshma- shosharlik bilan yondoshilgan edi. Demak, har bir tildagi atamalarning yaratilishi, joylashishi bir-ikki yilda emas, balki bir necha o‘n yillar yoki asrlar davomida asta-sekin yaratilib va silliqlanib, shu asosda to‘g‘ri izga tushgan. Ularni bu izdan birdaniga chiqarib tashlash mumkin emas. Atamalar tanlashda yoki almashtirishda hamda tarjima etishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu atamashunosligimiz uchun qo‘pol xatolik sanaladi. Umuman, qayd etilganlar asosida quyidagicha xulosaga kelishi mumkin. Rivojlangan har qanday til, shu jumladan hozirgi o‘zbek tili ikki asosiy funksional turga: adabiy til va so‘zlashuv tiliga bo‘linadi. Har bir muayyan tilning sohibi, tashuvchilari bo‘lgan elat (xalq) yoki millatning vakillari tomonidan so‘zlashuv tili bolalikdan boshlab egallanadi. Adabiy til, uning me’yorlari va qonuniyatlari esa balog‘atga etgan, kamolatga erishgan kishining shakllanish jarayonida o‘rganib, o‘zlashtirib olinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling