Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»


-§. Til qurilishi qonunlari va tafakkur qurilishi qonunlari


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/66
Sana25.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1720949
TuriУчебное пособие
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

16-§.
Til qurilishi qonunlari va tafakkur qurilishi qonunlari. Til 
o‘ziga fonetika va grammatikaning muayyan qonunlarni birlashtirgan 
tovushlar tizimi mavjud bo‘luvchi moddiy hodisadir. 
Ma’lumki, tilni fikrning moddiy qobig‘i deyish qabul qilingan. Ammo 
bu qoida “qobig‘” qandaydir tashqi fikr sifatida emas balki ichki fikr 
sifatida, u bilan uzviy bog‘liq holda tushunilgan taqdirdagina to‘g‘ri. Gap 
shundaki, fikrda turli “qobig‘” bo‘lishi mumkin emas. Har qanday til 
fikrning nutq shaklida voqe’ bo‘lishidir. Yoki, aksincha har qanday 
bevosita voqe’ bo‘lgan fikr nutq shaklidagi tildir. 
Til va tafakkurning har biri o‘zicha ichki tuzilishiga va birliklariga 
ega. Masalan, leksika, so‘z-shakl, so‘z birikmasi va gap (so‘z 
birikmasining ham gapning ham qolipi-modeli nazarda tutilyapti) til 
birliklaridir. Tushuncha, fikr, hukm va xulosa tafakkur birliklaridir. Til 
birliklari ifodalovchi, tafakkur birliklari esa ifodalanuvchi hodisalardir. 
Til milliy xususiyatga egadir, millatning eng muhim belgilaridan 
biridir. Tafakkur esa umumiy insoniy xususiyatga egadir, ya’ni tafakkur 
shakllari va qonun-qoidalari barcha millatlarda bir xildir. 
So‘nggi davr tilshunos olimlar ishlarida til va nutq hamda 
tafakkurning bir-biri bilan munosabati haqidagi fikrlaridan kuyidagilar 
xarakterlidir. Ayrim olimlarning fikrlariga ko‘ra, ular biri boshqasidan aniq 
farqlanmaydigan sinkretik hodisalar sifatida tasavvur etiladi. Albatta, til 
bilan tafakkurning o‘zaro munosabati tilshunoslikda ham, falsafada ham 
eng muhim murakkab muammolardan biridir. Shu bois mazkur mavzuni 
o‘rganish jarayonida bu muammolarning fanda ular o‘zaro dialektik 
bog‘liq bo‘lgani holda, har biri faqat o‘zigagina xos xususiyatlariga ko‘ra 
farqlanishini ham e’tibor markazida tutmoq muhim.  
Tafakkur, albatta, insonning bilish jarayoni bilan bevosita bog‘lanadi. 
Bilish bo‘lganda ham tafakkur aqliy bilishni taqozo etadi. Shu bois hissiy 
bilishni tafakkur bilan tenglashtira olmaymiz. Zero, bilishniig bu turi jonli 
mavjudotlarning barchasiga xosdir. Tafakkur esa faqat insonga berilgan 
in’omdir. Shuning uchun tafakkurni bilishning eng yuqori bosqichi deb 
atash mumkin. Biroq, yuqoridagilardan hissiy bilishni tafakkurdan ajratib 
qo‘yish, ularni qarama-qarshi hodisalar tarzida tushunish lozim degan 
xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Zotan, bu ikki hodisa umumiy jarayonning ikki 
bosqichini taqozo etadi. Aqliy bilish sezgilarimizdan, hissiy bilishdan 


50 
oziqlanadi. Lekin, shunday bo‘lsa-da, tafakkur sezgidan, idrok va 
tasavvurdan quyidagi jihatlariga ko‘ra farqlanadi: 
a) tafakkur sezgi a’zolariga nisbatan narsa va hodisalar mohiyatini 
chuqurroq ochib beradi; 
b) tafakkur sezgimizga nisbatan voqelikni umumiyroq aks ettirib, 
narsa va hodisalar o‘rtasidagi doimiy munosabat, aloqalarni ham aniqlaydi; 
v) biz sezgilarimiz orqali narsa-hodisalar orasidagi oddiy 
munosabatlarni bilamiz. Tafakkur esa ularning umumiy bog‘lanishini, 
taraqqiyot qonunlariga munosabatini bilib olishimizga yordam beradi. 
Tafakkur orqali biror narsani bilish uchun, avvalo, u haqda tushuncha 
hosil qilish darkor. Predmet haqida tushuncha hosil qilishda umumiy 
qonun-qoidalar yoki umumiy tushunchadan foydalaniladi. Bunda, albatta, 
tafakkurning til bilan munosabati yanada aniqroq seziladi. 
Tafakkurning 
muhim 
xususiyati 
uning 
til 
bilan 
uzviy 
bog‘langanligidir. Inson tafakkuri til bilan birga rivojlanadi. Tafakkur 
natijalari tilda mustahkamlanadi. Til o‘zining shu xislati bilan insonga 
bilim to‘plashga, uni saqlashga, avloddan avlodga etkazishga yordam 
beradi. 
Til 
tafakkurni 
takomillashtirish, 
mavhumlashtirish, 
umumiylashtirish va juz’iylashtirish qurolidir. Insonni hayvonot olamidan 
ajratib, uni ongli mavjudotga aylantirgan xislat ham tafakkur va tildir. 
Til va tafakkur voqelikni bilish, boshqa insonlar bilan munosabatda 
bo‘lish, real voqeiylikka ta’sir ko‘rsatishda ko‘rinuvchi, inson faoliyatining 
ongli, maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi insongagina xos bo‘lgan 
tarixiy muhim xislatdir. Lekin, shunday bo‘lishiga qaramay, amalda, 
hayotda, tarixiy jarayonda til va tafakkur ajralmas bo‘lsa-da, ularni alohida 
fanlar sifatida o‘rganamiz. Tafakkur formalarini mantiq fani o‘rgansa, til 
kategoriyalarini tilshunoslik o‘rganadi. Tafakkur umumbashariy bo‘lsa, 
tilning qonun-qoidalari milliy xarakterga egadir. Dunyodagi tillarning 
qonun-qoidalari bir-biridan ba’zan kamroq, ba’zan keskin farq qiladi. 
Tafakkur shakllari, tamoyillari esa insonning millati, irqidan qat’i nazar, 
hammada bir xildir. 
Mantiq fani tafakkurni tarkibiy qismlarga ajratganda, u uch birlikdan: 
tushuncha, muhokama va xulosadan tarkib topganini ko‘rsatadi. 
Tilshunoslik fani nutqni tarkibiy qismlarga bo‘lganda, nutq tovushi (fon), 
morf, so‘z, gap va matnlarga ajratadi. Demak, til va tafakkur birliklari 
miqdor jihatdan to‘g‘ri kelmaydi. 


51 
Ba’zi olimlar tafakkurdagi tushuncha tildagi so‘zga, muhokama esa 
gapga to‘g‘ri keladi, degan fikrni ilgari surishgan. Lekin bugungi kunda 
mazkur fikrning asossizligi dalillanmoqda. To‘g‘ri, tilda ko‘pchilik so‘zlar 
ma’lum bir tushuncha bilan bog‘langan: uy, stol, qalam va h.k. Biroq, 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling