Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/66
Sana25.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1720949
TuriУчебное пособие
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

uchun, bilan, kabi, biroq singari so‘zlar ham borki, ular tushuncha bilan 
bog‘lanmaydi. Agar gaplarning barchasi voqea-hodisalarning mavjudligi, 
yo‘qligi, rostligi yoki yolg‘onligi ifodalanganda, unda gap bilan 
muhokamani bir-biriga teng deyish
mumkin bo‘lardi. Ammo tilimizda 
ba’zi gaplar so‘roq shaklida, buyruq shaklida beriladi, mantiqning esa bu 
singari xususiyatlardan holi ekanligini ko‘ramiz. Yana shu narsa 
ahamiyatga molikdirki, gap bo‘laklari barqaror xususiyatlidir. Bir gap 
tarkibida ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol fuksional jihatdan 
o‘zgarmas xarakterga ega bo‘ladi. Mantiqiy bo‘laklar esa beqarordir. 
Gapdagi har bir so‘z mantiq sub’ekti yoki predikati bo‘lib kelishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, til va tafakkur birliklari na miqdor, na sifat jihatdan 
bir-biriga to‘g‘ri keladi. Demak, til bilan tafakkur har qancha uzviy 
bog‘langan bo‘lsa ham, mushtarak hodisalar emas. Ammo til bilan 
tafakkurni bir-biridan ajratib qo‘yish ham mumkin emas. Ular doimo biri 
ikkinchisini taqozo qiladi. Tafakkur tilda yashaydi, u faqat til vositasi 
orqali namoyon bo‘ladi. Taniqli nemis olimi Velgelm Fon Gumboldt 
ta’biri bilan aytganda, bunchalik bir-biriga o‘xshash boshqa bir narsani 
o‘ylab topish qiyindir. 
Til fikrlash jarayonining voqelanishi sifatida tafakkurning to‘liq hajmi 
va barcha unsurlari bilan namoyon qiladi. Shuning uchun B.P.Ardentov: 
“Kishi miyasining til bilan bog‘liq bo‘lgan butun faoliyatini tafakkur deb 
bilish lozim”, - degan edi. 
Til va tafakkurning bir-biridan ajralmas hodisa ekanligi haqida 
qadimgi Yunoniston olimlari Demokrit, Aristotel davrlaridan boshlab 
bugungi kungacha ilmiy xulosalar aytilib kelinmoqda. Bu sohada Abu 
Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, M.Koshg‘ariy, A.Navoiy kabi O‘rta 
Osiyolik mutafakkirlar tomonidan aytilgan fikrlar ham qimmatlidir. 
Til va tafakkurning uzviy bog‘liqligini Ferdinand de Sossyurning 
quyidagi fikrlarida yanada aniqroq ko‘rsa bo‘ladi: “Tilni qog‘oz varag‘iga 
qiyoslash mumkin: fikr uning yuza tomoni bo‘lsa, tovush orqa tomonidir, 
uning orqa tomonini ham kesmasdan turib, yuza tomonini kesib 
bo‘lmaydi; shuning singari tilda ham na fikrni tovushdan, na tovushni 
fikrdan ajratib bo‘ladi; bunga faqat abstraksiya yo‘li bilan erishish 


52 
mumkin, bu esa muqarrar ravishda sof psixologiyaga yoki sof filologiyaga 
olib keladi”. 
Til bilan tafakkur muammolari xususida gapirganda shunga ham 
alohida e’tibor berish kerakki, til bilan nutq ham mushtarak hodisalar 
emas. Shu bois, masala tavsifini to‘liq berishga ulgurmagan bo‘lsa-da, F.de 
Sossyur “til va nutq” dixotomiyasi hakidagi fikrni birinchi bo‘lib izohlagan 
edi. Til bilan nutq ham o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Ularning birini 
ikkinchisisiz tasavvur etish mumkin emas. Biroq, shunday bo‘lishiga 
qaramay, ular o‘rtasida jiddiy farqlar ham ko‘zga tashlanadi. Bunday 
farqlarni tilning mavhum, virtual hodisa ekanligida, nutqning esa konkret, 
aktual hodisa ekanligida ko‘ramiz. Bundan tashqari, til ijtimoiy hodisa 
bo‘lsa, 
nutq 
ijtimoiylikdan 
ko‘ra 
xususiylik 
alomatlari 
bilan 
xarakterlanadai. Bu jihatdan ular tafakkur ifodasiga ham har xil 
yondashadi. Boshqacha aytganda, tafakkur ifodasi virtual belgilar bilan 
emas, balki aktual belgilar bilan ko‘prok bog‘lanadi, zero, til aloqa quroli 
bo‘lmog‘i uchun nutqqa ko‘chirilmog‘i lozim. 
Shuni ham aytish kerakki, til bilan nutqning birligi va qarama-
qarshiligi qonuniyatlariga faqat keyingi yillardagina ahamiyat berila 
boshladi. Hozirgacha mavjud tilshunoslikka doir ishlarning ko‘plarida tilni 
nutqdan va, aksincha, nutqni tildan farqlamadilar. Buning natijasida tilning 
sistema ekanligi, sistemaning belgilar (ishoralar) yig‘indisidan iboratligi
mukammal o‘rganildi-yu, mazkur belgilarning nutqda real qo‘llanilishi 
masalasini o‘rganish ikkinchi darajali bo‘lib qoldi. Shu bois tilning nutqda 
voqe
bo‘lishi, real qo‘llanilishi muammolarini o‘rganish hozirgi 
tilshunoslikning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qoldi. 
Ta’kidlash lozimki, nutq mantiqsiz bo‘lmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, 
tafakkurning nafaqat til bilan, balki nutq bilan ham uzviy aloqadorligidan 
dalolat beradi. Til va tafakkur deganda, til umumiy holda, ya’ni nutqdan 
ajratmagan holda tasavvur etiladi. Biroq, hozirgacha mavjud ishlarda 
xususiylik belgilari deyarli tadqiq etilmadi. 
Nutqning xususiyligini o‘rganish boshqa fanlar bilan, jumladan, 
psixologiya bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bu jihatdan so‘zlovchining nafaqat 
nutq a’zolari o‘rtasida, balki fikrlash qobiliyatlari, so‘zlashish usullari 
o‘rtasida ham farq borligini ko‘ramiz. Bunda bolalar va kattalarning 
fikrlash qobiliyati va til unsurlaridan so‘zlashish jarayonida foydalanish 
darajalari o‘rtasida ham mavjud farqlarni hisobga olish kerak bo‘ladi. 


53 
Yuqoridagilardan tashqari shuni ham aytish lozimki, til birliklari bilan 
tafakkur birliklarini tenglashtirib bo‘lmasligi haqida ma’ruzalar matnida 
keltirilgan misollarga alohida e’tibor qaratishni tavsiya etamiz. Chunki, 
mazkur masala doirasida aniq tasavvur hosil etish uchun so‘z bilan 
tushuncha aynan bir-biriga mos kelavermasligini bilish muhimdir. 
Mustaqil ma’noni taqozo etuvchi so‘zlar tushuncha ifodalay oladi, Biroq til 
birliklaridan yordamchi so‘zlar so‘z hisoblansa-da, tushuncha ifodalay 
olmaydi. Gapni muhokama, xulosa singari tafakkur birliklari bilan 
tenglashtirib bo‘lmasligini talaba chuqur o‘zlashtirishi uchun gapning 
barcha turlarini voqea-hodisaning mavjudligi, yo‘qligi, rostligi, yolg‘onligi 
kabi jihatlaridan tashqari, so‘roq, buyruq mazmunidagi gaplarning 
borligiga ham e’tibor qaratishi zarur. Zero, mantiq qonuniyatlari bunday 
xususiyatlarga tayanmasligi ma’lum. 
Til va tafakkur o‘zaro dialektik munosabatda ekan, ularni o‘rganuvchi
tilshunoslik bilan mantiq o‘rtasida ham ana shunday aloqalar mavjud. 
Mantiq – tafakkur shakllari, qonunlari va usullarini o‘rganadi. U inson 
fikrining aniq, ravshan, ketma-ket va asosli bo‘lishini taminlaydi. Shunday 
ekan, mantiq tilshunoslikning grammatika bo‘limi bilan bevosita 
munosabatdadir. Chunki tushuncha so‘z va so‘z birikmalari orqali 
ifodalansa, fikr gap orqali ifodalanadi. Har bir kishi uchun grammatikani 
bilish qancha zarur bo‘lsa, mantiqning shakli va qonunlarni o‘zlashtirish 
ham shunchalik zarurdir. Mantiq shakllari tushuncha, xulosalar hamma 
xalqlar uchun umumiy bo‘lsa, ularning turli tillarda ifodalanish shakllari 
turli-tumandir. Shuning uchun ham har bir til boshqasidan farq qiladigan 
o‘z grammatikalariga ega. Bu shuni ko‘rsatadiki, mantiq bilan grammatika 
bir-biri bilan bog‘liq, ular bir-birlarini to‘ldiradi.
Tilshunoslikni u yoki bu fanlar sinfiga kiritishda bu fan o‘rganadigan 
obektining tabiati asos qilib olinadi. Til fikrni shakllantiruvchi va 
ifodalovchi moddiy vositadir. Bu jihatdan til va tafakkur muayyan shaklni 
o‘zida namoyon etadi. Tilshunoslikni ana shu jihatdan mantiq, psixologiya 
fanlari tizimiga kiritish mumkin bo‘ladi. Til uzliksiz rivojlanib, 
takomillashib boruvchi hodisadir. Bu jihatdan u jonli a’zoizmga o‘xshaydi. 
Ana shu xususiyatlarini o‘rganish jihatidan tilshunoslik biologiya fani 
bilan umumiy belgilarga ega ekanligini isbotlaydi. Kishilar odatda bir-
birlari bilan til orqali munosabatda bo‘ladi.Til faqat kishilarga xos 
bo‘lganidek, tafakkur ham kishilarga xos bo‘lib, bosh miyaning moddiyligi 
va fiziologik vazifasi bilan bog‘liqdir. Lekin, yana takror aytish lozimki


54 
tafakkur bilan tilni aynan bir xil, bir-biriga o‘xshash narsa deb tushunish 
xatodir. Tafakkur – tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks 
etishining eng yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni so‘zlar, so‘z birikmalari 
va jumlalar orqali ifolaydi. Til qonunlari bilan tafakkur qonunlari bir-biriga 
teng kelmaydi.
Shuning uchun ham til grammatikaning o‘rganish obekti hisoblansa, 
tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ektidir. Til fikr ifodalashning 
muhim vositasidir. Taffakkur bilan tilning munosabati murakkab 
jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud, o‘z navbatida fikr til asosida 
yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til ham, tafakkur ham mehnat 
jarayonida, kishilik jamiyatida shakllangan. Til birliklari - fonema
morfema, so‘z, gap bir butun holda, mantiqiy tushunchalar (his-sezgi , 
idrok, tafakkur) bilan uzviy bog‘liqdir. 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling