Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»


-§. Lisoniy paradigma va munosabatlarning asosiy turlari


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/66
Sana25.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1720949
TuriУчебное пособие
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

20-§.
Lisoniy paradigma va munosabatlarning asosiy turlari. Til 
sistemasi birliklari biri boshqasi bilan bog‘liq tarzda yashar ekan, bunda 
ularning birinchi navbatda paradigmatik va sintagmatik munosabatlari 
namoyon bo‘ladi. Lisoniy paradigma til birliklarining paradigmatik 
munosabatda aloqaga kirishuvidir. Tilshunoslikda paradigma termini ikki xil 
ma’noni anglatadi. 1.Tilning sistemasi va strukturasi qoidalariga mos holda 
muayyan invariant doirasida mavjud bo‘lgan variantlar. Bu variantlardan biri 
kommunikativ jarayonda har so‘zlovchi tomonidan tanlanadi. 2.Nutq 
zanjirida til sistemasi unsurlarining tasniflanishi [R.Kobrin, 1987: 31]. 
Lisoniy paradigmada til birliklari bo‘lgan fonema, morfema, so‘z va gapning 
aloqaga 
kirishuvi 
orqali 
sintagmatik 
qatorda 
nutqiy 
faoliyatni 
shakllantirishini tushinamiz. Albatta, har qanday kichik birlik o‘zidan katta 
birlik ichida faollashadi. Masalan, fonemalar morfemada, morfemalar so‘zda, 
so‘zlar gapning ichida ham paradigmatik ham sintagmatik zanjirni hosil 
qiladi. Paradigmatik munosabatda kelgan til birliklari vertikal xarakterli 
bo‘ladi. Ba’zi olimlar paradigma tushunchasini tilga, sintagma tushunchasini 
esa faqat nutqqa tegishli deydi. Fonemalar vertikal holatda bog‘lanib sistema 
ichida makroparadigma holida shakllanadi. Ular amalda qo‘llanilganda 
sintagmatik munosabatni taqoza etadi.
Nazorat uchun savollar: 
1.Til va nutqiy faoliyat tushunchalari o‘zaro qanday munosabatda? 
2.Nutq faoliyatning og‘zaki va yozma nutqqa ta’siri? 
3.Til tafakkurning paydo bo‘lishi, ularning rivojlanishi haqida qanday 
fikrdasiz? 
3.Lisoniy paradigma va munosabatlarning asosiy turlari deganda 
nimsalarni tushunasiz? 
4.Nima uchun til moddiy – akustik, tafakkur esa ma’naviy-g‘oyaviy 
xususiyatiga ega? 


66 
5.Nima uchun til milliy, tafakkur esa umuminsoniy xususiyatga ega? 
6.Til va tafakkur birliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini nimalardan 
iborat? 
7.Lisoniy tasnif asoslari Til ham, nutq ham aloqa vositasi. Farqlari nima? 

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling