Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- TIL – RAMZLAR TIZIMI 21-§. Tilning semiotik tabiati.
Tayanch so‘z va birikmalar:
Sintagmatik, nutqiy faoliyat, tafakkur, individual hodisa, ijtimoiy hodisa, til va nutq, bilish jarayoni, aqliy bilish, ongli bilish, nutq munosabat, sezgi, idrok va tasavvur, tushuncha, fikr, hukm, xulosa, dialektik munosabat, sistema, til kodlari, ob’ektiv voqelanish, ruhiy mexanizm, ideal sistema, nutqning mantiqiyligi, nutqning tozaligi, lisoniy me’yor. Adabiyotlar: 1. Turniyozov N.Tilshunoslikka kirish., Samarqand: 2002. 76 b. 13. Соссюр Ф. де. Заметки по общей лингвистике / Пер. с фр. Б.П.Нарумова. -М.: Прогресс, 1990. С. 44. 14. Соссюр Фердинанд де. Курс общей лингвистики / Пер. с французского А.М.Сухотина, под редакцией и с примечаниями Р.И.Шор.-М.:Едиториал УРСС, 2004.-256 с. 15. Rahimov A. Umumiy tilshunoslik kursi. -Samarqand, 2015. -123 b. 16. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. -Toshkent: Fan va texnologiya, 2017.- 312 b. 17. Nurmonov A. Struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari. – Toshkent: “Ta’lim”, 2009. 160 b. 14. Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. – Toshkent: “Barkamol fayz media”, 2016. 190 b. 15. I.Yo‘ldoshev, O‘.Sharipova Tilshunoslik asoslari. – Toshkent: “Iqtisod moliya”, 2007. 192 b. 16. O.Azizov. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent:O‘qituvchi, 1996 yil, 4- 136 17. M.T.Irisqulov. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1992. 256 b. 18. Кобрин Р. Языковые отнашения и базовые единицы языка // Вопросы языкознания, 1987, № 5. –С.31. 67 TIL – RAMZLAR TIZIMI 21-§. Tilning semiotik tabiati. Semiotika boshqa fanlar qatori lingvistikaga tegishli bo‘lib, aloqa vositasi bo‘lgan inson tilini o‘rganadi. Semiotika lingvistikadan materiallar yig‘adi, shuningdek, kibernetikadan, biologiyadan, psixologiyadan, jamiyatshunoslikdan, madaniyat tarixidan, adabiyotshunoslikdan foydalanadi. Shunga qaramay, o‘z navbatida, u ham ushbu fanlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ya’ni u fanlarning birlashishidan rivojlanadi. Semiotik fikrlar belgilarning tushunchalar bilan bog‘lanishida, belgining muammosi bilan Arastu va B.Brextlar shug‘ullanganlar. Shuni aytish kerakki, belgilar muammosining tarixini evropaliklar doimo o‘rganib kelishgan. Qadimgi Rim antik davrida ham semiotika o‘rganilgan. XVI-XVII asrlarda belgilar muammolari bilan Lokk, Gassendi, Kondilyaklar shug‘ullanishgan. Tilshunos olim Ferdinand de Sossyur umumiy ko‘rinishdagi til birliklarini o‘rganib chiqadi. Til belgisining sxemasini yaratadi. Sossyur belgilar nazariyasida ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlar borligini aytadi. Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi izoh talab qilmaydi, albatta. Shuningdek, tilning kishilar o‘rtasidagi eng muhim aloqa vositasi sifatida ta’riflanganiligi ham ma’lum. Lekin bu ta’rif tilning vazifasiga ko‘ra mohiyatini belgilab beradi. Tilning material nuqtai nazaridan nimani taqozo etishining bunga aloqasi yo‘q. Bu jihatdan til o‘ziga xos murakkab sistemani tashkil etadi. Shuning uchun Ferdinand de Sossyur: “Til tafakkurni ifoda qiluvchi belgilar yig‘indisidan iboratdir”, - deb javob beradi. Shuning uchun Sossyur lingvistik ta’limotida lingvistik belgi masalasi markaziy o‘rinni egallaydi [A.Nurmonov, 2009: 35]. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling