Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
Matn. Eng yirik nutq birligi matndir
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
Matn. Eng yirik nutq birligi matndir. Matnning nutq birligi ekanligi
masalasi bevosita nutqiy faoliyat mahsuli ekanligini ko‘rsatadi. Gap matnning qurilish materiali tarzida talqin etilganda masala mohiyatini nisbiy tushunish kerak, chunki, bu o‘rinda mustaqil so‘z va so‘z birikmasining matn tarzida maxsus qo‘llanishi e’tiborga olinmaydi. Ayni paytda bog‘lanishli nutq materiali nazarda tutilmoqda. Kommunikativ birlik deganda, muloqot birligini tushunamiz, muloqot esa, o‘z navbatida, nutqda shakllanadi. Chex tilshunosi Yan Korjenskiy matn talqinini semantik va pragmatik komponent tushunchalari bilan bog‘lab olib boradi. Bunda u semantik komponent birinchi galda matn materialini uyushtiruvchi ma’no ba’zasi hamda uning voqelanishini ta’minlovchi vositalarni taqozo etishini ta’kidlaydi. Olim semantik komponent jumlasiga so‘zlovchini, ya’ni inson omilini ham kiritadi. Pragmatik komponent deganda esa, ma’no ifodasi sistemasida ahamiyat kasb etuvchi munosabatlarni tushunadi. Masalan, men, sen, u, biz, siz, ular kabi kishilik olmoshlarini pragmatik unsurlar jumlasiga kiritish mumkin. Ko‘rsatish va so‘roq olmoshlari esa, kishilik olmoshlaridan farqli ravishda, semantik, yoxud matn komponentlari sirasiga kiradi. Chunki ular aktantlar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Kishilik olmoshlari esa aktant vazifasida keladi. Matn tarkibida mavjud bo‘lgan morfologik vositalarning ham birini matn komponenti deb, ikkinchisini semantik komponent deb ajratib o‘rganish uchun ham, bizningcha, ehtiyoj sezilmaydi. Zotan, ularning barchasi matn komponentlaridir. Matn komponentlarining semantik yoki sintaktik jihatlari haqida so‘z yuritilganda, ularning har birini yo semantik, yoxud sintaktik rejaga ko‘ra o‘rganish o‘z-o‘zidan talab qilinishi shubhasizdir [N.Turniyozov, 2012: 65]. M.V.Lyapon ham matn lingvistikasi muammolarini murakkab sintaktik qurilmalar asosida talqin etadi. U matn tavsifi quyidagi to‘rt konsepsiyaga asoslanishi mumkinligini ko‘rsatadi: 1.Matn – bu jumlalarning o‘zaro munosabatidan kelib chiquvchi xabardir. Matn tadqiqotchi uchun til hodisalarini o‘rganishda birdan-bir manbadir. 65 2.Matn – bu so‘zlovchining nutqiy qobiliyatini ro‘yobga chiqaruvchi vositadir. Bu jarayonda matn tilning nutqda real qo‘llanilishini ta’minlovchi makon vazifasini ham bajaradi. 3.Matn – bu so‘zlovchining faol nutqiy faoliyati mahsulidir. 4.Matn – bu til sistemasining kommunikativ jarayonda muhim funksiya bajaruvchi eng yuqori pog‘onasidir. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling