Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
Leksema. Leksema til birligi. Uning nutqdagi birligi so‘zdir.
Leksema fonemalarning qo‘shilishidan iborat bo‘ladi. Har bir leksema ma’lum bir ma’no ifodalaydi. Til birligi bo‘lgan leksemaning tashqi - ifoda tomoniga uning shakli, tovush jihati – nomema kirsa, leksemaning semema, ma’no – mazmun tomoniga denotatlar – narsa, hodisa, harakat, holat, belgi – keng ma’nodagi muayyan predmetlarni nomlaydi [R.Rasulov, 2017: 199]. Masalan: qalam leksemasi anglatgan ma’no denotat tafakkurimizda o‘quv quroli degan ma’noni paydo qiladi. Qalam so‘zi qalam tushunchasini beruvchi leksemaning ma’nosini shakllantiruvchi q+a+l+a+m fonemalarining sistem bog‘lanishi asosida hosil qilingan. Har bir leksema shu kabi denotativ va semantik ma’no ifodasiga ega bo‘ladi. Leksema tayyor holda til birligi sifatida nutqqa ko‘chiriladi. U hammaga tushunarli bo‘lgan so‘z tarzida nutqda voqelanadi. Leksema til sistemasining leksik birligidir yoki boshqacha qilib aytsak, lug‘at boyligidir. Model. Tilimizda so‘z birikmalari va gaplar tayyor holda uchramaydi. Ularning qolipi yoki andozasi bo‘ladi, xolos. Shu qoliplar asosida istalgancha gaplar tuzamiz. Gap tarkibidagi leksemalar, morfemalar ma’lum model qonuniyatlari asosida birikib keladi. Har qanday bir leksema ikkinchi leksema bilan birika olmaydi. Shuningdek, qoliplar ham turlicha bo‘ladi. Masalan: ega+kesim gap modeli, Akmal keldi, aniqlovchi+kesim gap modeli katta ko‘cha kabi. Turkiy tillarda gap qolipi bo‘yicha avval ega keyin kesim kelsa, Hind – evropa tillari qolipi bo‘yicha asosan avval kesim keyin ega joylashadi. Tovush. Fonemaning nutqdagi ko‘rinishi tovushdir. Tovush ham fonema kabi boshqa mayda bo‘laklarga bo‘linmaydi. Yozuvda harf bilan ifodalanadi. Tovushlar tilning moddiy materiali hisoblanadi. Akustik, fiziologik, lingvistik belgilari mavjud bo‘ladi. Bir-biridan farqli bo‘lgani 62 uchun ma’lum sanoqligina tovushlardan turli-tuman cheksiz so‘zlar yaratiladi. Tovush nutq birligining minimal moddiy birligi sifatida ijtimoiy vazifa bajaradi. Tovush paydo bo‘lish tomonidan olib qaralganda birlamchi, fonema esa ikkilamchi. Bular bir – biri bilan chambarchas bog‘liq, bir – biriga o‘tib turadigan birliklardir. Masalan: kel – ket, ko‘z – so‘z, men – sen kabi. Bu misollarda tovush fonemaga fonema tovushga aylanganini ko‘rishimiz mumkin. So‘z. Til birligi sanalgan leksemaning nutqdagi birligi so‘zdir. Leksemaning so‘zga aylanishi nutqiy faoliyatning roli bilan chambarchas bog‘lanadi. So‘z nutq jarayonida oydinlashadi, voqelanadi. Ya’ni so‘z, aniq moddiy qobiqqa ega bo‘ladi. So‘zning tilimizdagi vazifasi nominativ vazifa bajarishidir. Ya’ni so‘z aniq tushunchani ifodalab, tafakkurimizda tushuncha tasavvurini hosil qiladi. So‘z fikr ifodalab kelishidan tashqari alohida gap ham bo‘lib kelishi mumkin. So‘z xali to‘liq o‘rganilmagan sath bo‘lishi bilan birga, deyarli tilning barcha bo‘limlarining ob’ekti hamdir. Har bir so‘z fonetik, grammatik va semantik jihatdan shakllangan bo‘ladi. Shuningdek, so‘z o‘zidan katta nutq birliklari sanalagan: so‘z birikmasi, gap va matnning qurilish materialidir. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling