Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
-§. Lisoniy va nutqiy birliklar
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
19-§.
Lisoniy va nutqiy birliklar. Til va nutq alohida hodisalar ekan ularning birliklari ham alohida bo‘lishi shubhasiz. Til va nutq bir- biri bilan chambarchas bog‘langan. Tilshunoslikda til va nutq birliklarini belgilashda yakdil fikr mavjud emas. Turli xil olimlar turli xil qarashga ega. Aytilayotgan shu fikrlarning o‘zi ham til va nutq birliklarini belgilashda ishlatilgan mezonlar ham nisbiy ekanligidan dalolatdir. Ko‘pchilik tomonidan til birliklariga: fonema, morfema, leksema va modellar kiritilgan bo‘lsa, nutq birliklariga esa: tovush, harf, so‘z, so‘z birikmasi, gap va matnlar kiritilgan. Til birliklari vertikal qatorda bizning ongimizda joylashgan bo‘lsa, nutq birliklari esa til birliklarining gorizontal qatorga ko‘chishidir. Bunda nutqiy faoliyat muhim rol o‘ynaydi. Til birliklaridan nutq birliklari hosil qilinadi. Til va nutq birliklari quyidagi qismlardan tashkil topgan. Fonema. Tilning eng kichik birligi fonemadir. Fonema boshqa mayda qismlarga ajratilmaydi. Fonema tilda eng kichik birlik bo‘lgani bilan, eng katta vazifani bajaradi. Barcha birliklar tarkibida fonemalar mavjud bo‘ladi. Fonemaning nutqdagi birligi tovush va harfdir. Fonema tovushning ma’no farqlashga xizmat qiladigan turidir. Yoki boshqacha qilib aytsak, fonema so‘zlarni tovush jihatdan farqlaydi. Masalan: bolg‘a - bolta, ko‘z – so‘z, men, sen kabi. Bolg‘a so‘zidagi g‘ o‘rniga t (tovush) harfini qo‘ydik va yangi so‘z yasaldi. Bu so‘zdagi faqat t harfi (tovushi) gina fonema hisoblanadi. Morfema. Tovushlar qo‘shilib ma’no ifodalaydi. So‘zning eng kichik ma’no ifodalovchi qismi morfemadir. So‘zning har qanday qismi ham ma’no ifodalavermaydi. Masalan, kitob so‘zining birinchi bo‘g‘ini ki hech qanday ma’noga ega bo‘lmagani uchun morfema ham bo‘la olmaydi. Fonema ma’no farqlashga xizmat qiluvchi eng kichik birlik 61 bo‘lsa, morfema ma’no ifodalashga xizmat qiluvchi eng kichik birlikdir. Shu sabab ham morfemalar boshqa ma’noli qismlarga bo‘linmaydi. Masalan: o‘qi+t+uvchi+lik, ish+chi+lar+ga, tadbir+kor+lik kabi so‘zlaridagi -t,-uvchi,-lik, -chi, -lar, -ga, -kor, -lik kabilar. Morfema so‘z va so‘zning tarkibiy qismidan iborat bo‘ladi. SHu jihatdan morfemalarni ikkiga: o‘zak morfema va affiks morfemalarga bo‘lamiz. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling