Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
-§. Til qurilishi qonunlari va tafakkur qurilishi qonunlari
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
16-§.
Til qurilishi qonunlari va tafakkur qurilishi qonunlari. Til o‘ziga fonetika va grammatikaning muayyan qonunlarni birlashtirgan tovushlar tizimi mavjud bo‘luvchi moddiy hodisadir. Ma’lumki, tilni fikrning moddiy qobig‘i deyish qabul qilingan. Ammo bu qoida “qobig‘” qandaydir tashqi fikr sifatida emas balki ichki fikr sifatida, u bilan uzviy bog‘liq holda tushunilgan taqdirdagina to‘g‘ri. Gap shundaki, fikrda turli “qobig‘” bo‘lishi mumkin emas. Har qanday til fikrning nutq shaklida voqe’ bo‘lishidir. Yoki, aksincha har qanday bevosita voqe’ bo‘lgan fikr nutq shaklidagi tildir. Til va tafakkurning har biri o‘zicha ichki tuzilishiga va birliklariga ega. Masalan, leksika, so‘z-shakl, so‘z birikmasi va gap (so‘z birikmasining ham gapning ham qolipi-modeli nazarda tutilyapti) til birliklaridir. Tushuncha, fikr, hukm va xulosa tafakkur birliklaridir. Til birliklari ifodalovchi, tafakkur birliklari esa ifodalanuvchi hodisalardir. Til milliy xususiyatga egadir, millatning eng muhim belgilaridan biridir. Tafakkur esa umumiy insoniy xususiyatga egadir, ya’ni tafakkur shakllari va qonun-qoidalari barcha millatlarda bir xildir. So‘nggi davr tilshunos olimlar ishlarida til va nutq hamda tafakkurning bir-biri bilan munosabati haqidagi fikrlaridan kuyidagilar xarakterlidir. Ayrim olimlarning fikrlariga ko‘ra, ular biri boshqasidan aniq farqlanmaydigan sinkretik hodisalar sifatida tasavvur etiladi. Albatta, til bilan tafakkurning o‘zaro munosabati tilshunoslikda ham, falsafada ham eng muhim murakkab muammolardan biridir. Shu bois mazkur mavzuni o‘rganish jarayonida bu muammolarning fanda ular o‘zaro dialektik bog‘liq bo‘lgani holda, har biri faqat o‘zigagina xos xususiyatlariga ko‘ra farqlanishini ham e’tibor markazida tutmoq muhim. Tafakkur, albatta, insonning bilish jarayoni bilan bevosita bog‘lanadi. Bilish bo‘lganda ham tafakkur aqliy bilishni taqozo etadi. Shu bois hissiy bilishni tafakkur bilan tenglashtira olmaymiz. Zero, bilishniig bu turi jonli mavjudotlarning barchasiga xosdir. Tafakkur esa faqat insonga berilgan in’omdir. Shuning uchun tafakkurni bilishning eng yuqori bosqichi deb atash mumkin. Biroq, yuqoridagilardan hissiy bilishni tafakkurdan ajratib qo‘yish, ularni qarama-qarshi hodisalar tarzida tushunish lozim degan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Zotan, bu ikki hodisa umumiy jarayonning ikki bosqichini taqozo etadi. Aqliy bilish sezgilarimizdan, hissiy bilishdan 50 oziqlanadi. Lekin, shunday bo‘lsa-da, tafakkur sezgidan, idrok va tasavvurdan quyidagi jihatlariga ko‘ra farqlanadi: a) tafakkur sezgi a’zolariga nisbatan narsa va hodisalar mohiyatini chuqurroq ochib beradi; b) tafakkur sezgimizga nisbatan voqelikni umumiyroq aks ettirib, narsa va hodisalar o‘rtasidagi doimiy munosabat, aloqalarni ham aniqlaydi; v) biz sezgilarimiz orqali narsa-hodisalar orasidagi oddiy munosabatlarni bilamiz. Tafakkur esa ularning umumiy bog‘lanishini, taraqqiyot qonunlariga munosabatini bilib olishimizga yordam beradi. Tafakkur orqali biror narsani bilish uchun, avvalo, u haqda tushuncha hosil qilish darkor. Predmet haqida tushuncha hosil qilishda umumiy qonun-qoidalar yoki umumiy tushunchadan foydalaniladi. Bunda, albatta, tafakkurning til bilan munosabati yanada aniqroq seziladi. Tafakkurning muhim xususiyati uning til bilan uzviy bog‘langanligidir. Inson tafakkuri til bilan birga rivojlanadi. Tafakkur natijalari tilda mustahkamlanadi. Til o‘zining shu xislati bilan insonga bilim to‘plashga, uni saqlashga, avloddan avlodga etkazishga yordam beradi. Til tafakkurni takomillashtirish, mavhumlashtirish, umumiylashtirish va juz’iylashtirish qurolidir. Insonni hayvonot olamidan ajratib, uni ongli mavjudotga aylantirgan xislat ham tafakkur va tildir. Til va tafakkur voqelikni bilish, boshqa insonlar bilan munosabatda bo‘lish, real voqeiylikka ta’sir ko‘rsatishda ko‘rinuvchi, inson faoliyatining ongli, maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi insongagina xos bo‘lgan tarixiy muhim xislatdir. Lekin, shunday bo‘lishiga qaramay, amalda, hayotda, tarixiy jarayonda til va tafakkur ajralmas bo‘lsa-da, ularni alohida fanlar sifatida o‘rganamiz. Tafakkur formalarini mantiq fani o‘rgansa, til kategoriyalarini tilshunoslik o‘rganadi. Tafakkur umumbashariy bo‘lsa, tilning qonun-qoidalari milliy xarakterga egadir. Dunyodagi tillarning qonun-qoidalari bir-biridan ba’zan kamroq, ba’zan keskin farq qiladi. Tafakkur shakllari, tamoyillari esa insonning millati, irqidan qat’i nazar, hammada bir xildir. Mantiq fani tafakkurni tarkibiy qismlarga ajratganda, u uch birlikdan: tushuncha, muhokama va xulosadan tarkib topganini ko‘rsatadi. Tilshunoslik fani nutqni tarkibiy qismlarga bo‘lganda, nutq tovushi (fon), morf, so‘z, gap va matnlarga ajratadi. Demak, til va tafakkur birliklari miqdor jihatdan to‘g‘ri kelmaydi. 51 Ba’zi olimlar tafakkurdagi tushuncha tildagi so‘zga, muhokama esa gapga to‘g‘ri keladi, degan fikrni ilgari surishgan. Lekin bugungi kunda mazkur fikrning asossizligi dalillanmoqda. To‘g‘ri, tilda ko‘pchilik so‘zlar ma’lum bir tushuncha bilan bog‘langan: uy, stol, qalam va h.k. Biroq, Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling