Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/66
Sana25.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1720949
TuriУчебное пособие
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

g‘ir=g‘irillamoq, vish = vishillamoq va boshqalar. Demak, tovushga taqlid 
farazining tilning paydo bo‘lishidagi o‘rni izoh talab qilmaydi. Lekin uni 
asosiy omillar jumlasiga ham kiritib bo‘lmaydi. Chunki bunda mehnatning, 
tafakkurning va jamiyatning roli qariyb e’tiborga olinmaydi 
[N.Turniyozov, 2002:12]. 
Tilning paydo bo‘lishiga oid ikkinchi biologik faraz undov 
nazariyasidir. Bu faraz ham juda qadimiy bo‘lib, til insonning ichki 
kechinmalari bilan bog‘liq bo‘lgan turlicha baqiriq-chaqiriqlar, tasodifiy 
qichqiriqlar asosida paydo bo‘lgan deyiladi. Taniqli fransuz olimi Jan Jak 
Russo ham nazariyaning tarafdorlari jumlasiga kiradi. 
Tovushga taqlid farazining ham, undov farazining ham biologik 
omillarga asoslanganligini ko‘rish qiyin emas. Ularda sotsial faktorlar 
e’tiborga olinmagan. 
Tilning paydo bo‘lishi masalasi mehnat chaqiriqlari va ijtimoiy 
kelishuv nazariyalari orqali ham izohlanadi. Mehnat chaqiriqlari farazini 
nemis olimi L.Nuare quvvatlaydi. Mehnat chaqiriqlari farazida 
odamlarning jamoa bo‘lib mehnat qilishlari jarayonida kuzatiladigan har xil 
tovushlar asosida til paydo bo‘lgan, degan g‘oya olg‘a suriladi. 


96 
Olimlarning aytishlaricha, mehnat chaqiriqlari farazini tilimizning 
vujudga kelishi bilan bog‘lab bo‘lmaydi, chunki bunda narsa-
predmetlarning, voqea-hodisalarning nomlari bilan hech qanday bog‘lanish 
kuzatilmaydi. 
Ijtimoiy kelishuv farazi esa XIX asrning ikkinchi yarmida vujudga 
keladi. Bu farazning tarafdorlari shotlandiyalik Adam Smit va fransuz olimi 
Jan Jak Russolar edi. Bu farazda til kishilar tomonidan ongli ravishda 
yaratilgan kashfiyotdir, degan nazariya o‘rtaga qo‘yiladi. 
Ko‘rinadiki, bu faraz ham asosli emas, zero, nimadir demoq uchun 
birichi galda til kerak. Tilsiz insonning ikkinchi bir kishi bilan kelishib 
olishi qiyin. 
Shuni ham aytish lozimki, tilning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq barcha 
farazlar imo-ishoralar bilan ham qaysidir ma’noda aloqadordir. Imo-
ishoralarning hozirgi tilimizda ham kumakchi vosita sifatida qo‘llanilishi 
izoh talab qilmaydi, albatta. Qadimda imo-ishoralardan ba’zi qabilalar 
o‘zaro fikr almashuv davomida juda ko‘p foydalanganlar. Imo-ishoralar 
ba’zi qabilalarning urf-odatlari, udumlari bilan qorishib ketganligini ham 
kuzatamiz. Bunga Avstraliyaning yana bir qabilasi – Varramunga misol 
bo‘lishi mumkin. Bu qabila udumlariga ko‘ra, beva qolgan ayol bir 
yilgacha nutq tovushlari orqali so‘zlashi mumkin emas. U o‘z jamoasi 
a’zolari bilan ham, boshqa jamoalar a’zolari bilan ham faqat imo-ishoralar 
orqali so‘zlashadi. Bu singari odatlar amerikalik hindularda ham kuzatiladi. 
Ularning ko‘plari o‘zaro tovush tili orqali so‘zlashsalar-da, boshqa qabilalar 
a’zolari bilan imo-ishoralar orqali aloqa qilishadi. 
Inson tilining paydo bo‘lishida imo-ishoralarning ham ma’lum 
darajada ahamiyati borligini ko‘pgina olimlar qayd etib o‘tishgan. Masalan, 
V.Vundt eng avval ikkita til bo‘lganligini, ularning biri tovush tili, 
ikkinchisi esa imo-ishoralar bo‘lganligini ta’kidlaydi. Tovush tili orqali 
odamlar imo-ishoralar bilan izohlab bo‘lmaydigan his-hayajonlarni 
ifodalagan bo‘lsalar, imo-ishoralar bilan esa narsa-predmetlarning, voqea-
hodisalarning ifodalanganligini ko‘ramiz, degan fikrni beradi olim. 
V.Vundt qo‘l va mimika orqali ruxsat, ta’qiq, ko‘rsatish, iltimos, xavf va 
shodlik kabi ma’nolar ifodalanganligini aytadi. 
Bizningcha, V.Vundt fikriga ham qisman qo‘shilish mumkin. Chunki 
imo-ishoralardan hozir ham tilimizda foydalanmoqdamiz. Ammo bu 


97 
vosita har bir xalqda bir xilda qo‘llanilmaydi. Masalan, bir soatlik 
so‘zlashuv davomida meksikalik 180, fransuz 120, italiyalik 80, 
finlandiyalik esa atigi bir marta imo-ishoralardan foydalanishi qayd etilgan. 
Bundan tashqari, imo-ishoralar xalqlarda bir xil ma’noda qo‘llanilmasligini 
ham kuzatamiz. Agar bolgariyaliklar boshini chap tomondan o‘ng tomonga 
yoki aksincha chayqasa, tasdiq ma’nosini, vertikal yo‘nalishdagi bosh 
harakati bilan esa inkor ma’nosini ifodalasalar, o‘zbeklarda buning 
teskarisini ko‘ramiz [N.Turniyozov, 2002: 14]. 
Xulosa shuki, tilning paydo bo‘lishi muammosi juda murakkab hodisa 
bo‘lib unda juda ko‘plab omillar qatnashgan. Biz yuqorida sanab o‘tgan 
farazlarning barchasi ma’lum foizlarda to‘g‘ri. Tilning paydo bo‘lishini 
bitta faraz yoki bitta nazariya bilan bog‘lab o‘rganishning o‘zi noto‘g‘ri. 
Bitta farazda jamiyatning roli hisobga olinmagan bo‘lsa, mehnat 
chaqiriqlari va ijtimoiy kelishuv farazlarida biologik omillar chetda qolgan. 
Bu sanab o‘tilgan farazlarning barchasida, ma’lum ma’nolarda haqiqat 
mavjud.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling