Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»


-§. Til kishilar o‘rtasidagi aloqa quroli sifatida


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/66
Sana25.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1720949
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

3-§. Til kishilar o‘rtasidagi aloqa quroli sifatida. Til me’yorlariga 
mutaxassislar shunday ta’rif beradilar. Chunonchi, til hodisalaridan 
adabiy til qoida talablariga mos holda, har bir xalqning umumiy tili 
sifatida namunali tarzda foydalanishni, tilning adabiyligini ta’minlovchi 
vositalarni saralashni belgilovchi me’yor adabiy til (nutq) me’yoridir. 
Adabiy me’yor tilning jamiyat a’zolari tomonidan eng yuksak ishlangan, 
silliqlashtirilgan shakli hisoblanadi. “Me’yor ma’lum bir til jamoasida 
mustahkam qo‘llanib kelinayotgan lisoniy hodisalar yig‘indisidir. 
Me’yor til qurilishi unsurlarining hammasiga tegishlidir va shunga ko‘ra 
til sohalariga xos quyidagicha me’yorlarni belgilash mumkin: 1) fonetik 
me’yorlar; 2) talaffuz me’yorlari; 3) so‘z yasash me’yorlari; 4) 
morfologik me’yorlar; 5) sintaktik me’yorlar; 6) uslubiy me’yorlar; 7) 
lug‘aviy (leksik) me’yorlar” kabi [T.Qudratov, 1993: 35]. Bu til sohalari 
bo‘yicha me’yoriy sistemani tashkil etadi. 
Umumtilshunoslikda til sistemasi o‘ta murakkab tuzilishga ega bo‘lgan 
ma’lum bir butunlikni, yaxlitlikni tashkil etadi deb qaraladi. Mazkur 
sistemaning asosiy unsurlari belgilar sanaladi. Ammo shuni ham aytish 
kerakki, bu tilning ijtimoiyligini, uning jamiyat taraqqiyotimahsuli 
ekanligini inkor etmaydi, balki uni yanada aniqroq namoyon qiladi. Chunki 
belgilar ham jamiyat tomonidan yaratilgandir. Belgilar voqelikdagi mavjud 
narsa, predmet va voqea-hodisalarni nomlash uchun xizmat qiladi. 
Ularning ba’zilari esa ana shular o‘rtasidagi semantik-grammatik aloqani 
o‘rnatish uchun qo‘llaniladi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tilshunosligimizda, “til va 
nutq” dixotomiyasiga asoslangan tadqiqot ishlari anchagina bo‘lishiga 
qaramay, til belgilarining nutqqa ko‘chirilishi bilan bog‘liq muammolar 
endigina o‘rganilmoqda. Bu sohada izohlanishi lozim bo‘lgan masalalar 
hali ko‘p.  
Insonlar ibtidoiy holatidan ilk madaniylashgan va ongli 
harakatlangan davrlaridan boshlab jamiyat hayotidagi o‘z yashash 
sharoitiga yangicha o‘zgarishlar qilishga kirishdi. Zero, bu davrda 


11 
hayvonot dunyosidan farqli ravishda ularda aloqa-munosabat vositasi, 
aniqrog‘i mazmunli (madaniy holda) yashash uchun nutq (so‘zlashuv), 
ya’ni til, nutq va yozuv hamda shu asosda ongli mehnat faoliyati paydo 
bo‘ladi. Til-nutq va yozuv ham ijtimoiy hodisa sifatida yuzaga kelib, u 
faqat insoniyatga xos belgi hisoblanadi, kishilik jamiyatidagina mavjud 
bo‘ladi va xizmat qiladi.
Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi izoh talab qilmaydi, albatta. Shu 
bois, “til kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasi” deb berilgan ta’rifga 
qo‘shilamiz. Lekin bu uning vazifasiga ko‘ra mohiyatini belgilab beradi. 
Tilning material nuqtai nazardan nimani taqozo etishining bunga aloqasi 
yo‘q. Bu jihatdan til o‘ziga xos murakkab sistemani tashkil etadi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling