Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
Ferdinand de Sossyurning lingvistik qarashlari
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
Ferdinand de Sossyurning lingvistik qarashlari:
Nazariyotchi olim Ferdinand de Sossyur (1857-1913) ning ilmiy g‘oyasi tilning murakkab ziddiyatlarga boy, ko‘p tomonlama hodisa ekanligiga asoslangan. 14 F. de Sossyur tilshunoslikning o‘rganish ob’ekti nutqiy faoliyat bo‘lishi kerak deydi. Nima uchun tilshunoslik tilni emas nutqiy faoliyatni o‘rganishi kerak. Shu bilan birga F. de Sossyur birinchi bor, nutqiy faoliyat til va nutqdan tashkil topgan butunlik ekanligini isbotlab berdi. Shunday ekan demak, tilshunoslik til va nutqni o‘rganishi lozim. F. de Sossyur til va nutqni mutloq farqladi, boshqa – boshqa hodisalar ekanligini ta’kidladi. F. de Sossyur “Til” nima degan savolga javob berar ekan, u “til” tushunchasiga “nutqiy faoliyat” tushunchasi teng kelmasligi, “til” “nutqiy faoliyat”ning bir qismi, lekin eng muhim qismi ekanligini, u sotsial mahsulot ekanligini, u yoki bu til egalarining har biri xotirasida mavjud bo‘lgan nutqiy faoliyatga kirishish imkoniyati ekanligini ta’kidlaydi [F. de.Sossyur, 1977: 47]. Tilshunoslik fanining chegarasini, predmetini aniqroq ta’riflash maqsadida F. de Sossyur til bilan nutqni ajratib, bir-biriga qarama-qarshi qo‘ydi. Uning fikricha, til nutq faoliyatining faqat bir tomonini tashkil etadi. Til bilan nutqning asosiy farqi – til ijtimoiy, nutq esa individual hodisadir. Bu fikr ham nisbiy bo‘lib, bir tomonlama olib qaralganda to‘g‘ri. Aslida til ham, nutq ham ijtimoiy ham individual hodisalardir. Til bilan nutqning o‘zaro munosabatini F.de Sossyur quyidagi sxemada ko‘rsatadi: Nutq faoliyati (langage) } Tilshunoslik nutq faoliyatini o‘rganishi zarur. Chunki, til va nutq nutqiy faoliyatning mahsuli. F.de Sossyur til lingvistikasi va nutq lingvistikasi deb ikkiga bo‘ldi. Til lingvistikasini o‘rganishni birinchi darajali, nutq lingvistikasini o‘rganishni ikkinchi darajali vazifa qilib qo‘ydi. Bu jadvalda ijtimoiy tabiati jihatidan qaralganda til madaniy-tarixiy va ijtimoiy hodisadir. I.Qo‘chqortoyev “F.de Sossyurning lingvistik konsepsiyasi” kitobida: “Tildan foydalanuvchi individni birinchi galda tilning hozirgi holati (sinxronik xolati), tilda hozir mavjud bo‘lgan vositalar sistemasi qiziqtiradi. Shu ma’noda tilning faqat sinxronik holati sistema hisoblanadi. Bu nuqtai nazar tilshunoslik fani uchun qanchalik muhim bo‘lmasin, u tilning mohiyatini to‘liq ochib bera olmaydi. Til ifoda ehtiyojlariga Til (langue) } Nutq (parole) Sinxronik Diaxronik 15 moslashib boruvchi qurol. Tilning ifoda talablariga moslashuvi nutq jarayonida to‘xtovsiz amalga oshib boradi”, -deb yozadi [I.Qo‘chqortoyev, 1976: 30-31]. F.de Sossyurning yuqorida keltirilgan jadvalida sinxroniya va diaxroniya til tegishli bo‘lgan hodisalardir. Bizning nazarimizda, tilning diaxronik holati ham sistemani taqozo etadi. Umuman til sof belgilar sistemasidir. Shuning uchun Ferdinand de Sossyur “Til tafakkurni ifoda qiluvchi belgilar yig‘indisidan iboratdir”, – degan fikrni aytgan edi. Til – ma’lum bir ijtimoiy jamoaga tegishli kishilarning nutqiy faoliyati orqali to‘plangan xazinadir. Bu har bir til egasi ongida virtual mavjud bo‘lgan grammatik sistema, to‘g‘rirog‘i, u individlar yig‘indisi ongida yashaydi. Chunki til hech bir alohida individda to‘liq mavjud emas, u to‘liq holda faqat jamoada mavjud bo‘ladi [F. de.Sossyur, 1977: 52]. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling