Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
Tayanch so‘z va birikmalar: Tilning ichki tuzilishi, tillarning tasnifi, til va tafakkur, til va jamiyat, lingua, tilning tuzilishi, tilning sistemasi, lingvistik tipologiya, universallik nazariyasi, makrolingvistika, mikrolingvistika, me’yor, fonetik me’yor, talaffuz me’yori, so‘z yasash me’yori; morfologik me’yorlar, sintaktik me’yorlar, uslubiy me’yporlar, lug‘aviy me’yorlar. Adabiyotlar: 1. Қудратов Т.Нутқ маданияти асослари.-T.: “Ўқитувчи”, 1993. 35- б. 2. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik.-Toshkent: Fan va texnologiya, 2017 yil, 312 b. 3. Қўчқортоев И. Ф.де. Соссюрнинг лингвистик концепцияси. – Тошкент.,1976 йил 36 б. 4. Xolmonova Z. Tilshunoslikka kirish. – T. 2007.-177 b. 5. Соссюр Ф. де. Курс общей лингвистики. –Труды по общему языкознанию. –М.: «Прогресс», 1977, с.39. 6. Лингвистический энциклопедический словар/ гл. ред. В.Н. Ярцева. – 2-е изд., доп. – М. : Болшая рос. Энцикл., 2002. – 709 с. 7. Nurmonov A. Tanlangan asarlar, 2-jild. Lingvistik ta’limotlar tarixi.- Toshkent, 2012 yil, 232 b. 8. Соссюр Ф. де. Заметки по общей лингвистике / Пер. с фр. Б.П.Нарумова. -М.: Прогресс, 1990. С. 44. 9. Соссюр Фердинанд де. Курс общей лингвистики / Пер. с французского А.М.Сухотина, под редакцией и с примечаниями Р.И.Шор.-М.:Едиториал УРСС, 2004.-256 с. 10. Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi.-Toshkent: “Barkamol fayz media”, 2016. -190 b. 21 TILNING IJTIMOIY TABIATI 8-§. Til va jamiyat. Til taraqqiyotining jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqligi. Til ijtimoiy hodisami, tabiiy hodisami degan savollar tilshunoslik tarixida ko‘p martalab baxs munozaralarga sabab bo‘lgan. Nemis olimi Avgust Shleyxer naturalizm oqimiga asos soldi va tilga ham tabiiy hodisa deb qaradi. Naturalizm oqimi tushunchasi bo‘yicha tillar ham xuddi odamlar kabi tug‘iladi, yashaydi, boyiydi, qariydi va o‘ladi deyildi. Albatta, tilga bunday baho berish noto‘g‘ri tushuncha edi. Materialistlar uzil-kesil til tabiiy hodisa degan g‘oyani rad etadi. Til jamiyatni taqoza etuvchi ijtimoiy hodisa deb qarashadi. Chunki til otadan qon bilan, onadan sut bilan o‘tmaydi. Aytaylik, o‘zbek xanodonida tug‘ilgan bolani nemislar tarbiyalab olsa tili nemischa chiqadi, nasldan naslga o‘tganda o‘zbekcha chiqishi kerak edi. Bu narsani Hindistonda bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar ham tasdiqlaydi. Bo‘rilar to‘dasida yashagan bolalarning tili chiqmaganligi ham til bo‘lishi uchun jamiyat bo‘lishi kerak ekanligining isbotidir. Til genetikaga bog‘liq emas, insonning xarakteri, antropologik tuzilishi avloddan avlodga o‘tadi. Genetika fanida til va jamiyat emas irsiyat o‘rganiladi. Til va jamiyatni esa sotsiolingvistika fani o‘rganadi. Til va jamiyat o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Tilning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti jamiyat bilan chambarchas bog‘liq. Til jamiyatda rivojlanadi, uning grammatik qurilishi ham takomillasha boradi. Til jamiyatda odamlar o‘rtasidagi aloqani shakllantiruvchi ijtimoiy hodisadir. Odamlar bo‘lsagina tilga ehtiyoj sezamiz. Demak til jamiyatdagina yashaydi, rivojlanadi, taraqqiy qiladi. Shu sababli ham til ijtimoiy hodisadir. Jamiyatning umri tilning umri bilan barobar bo‘ladi. Til jamiyat bilan birga yashaydi, jamiyat o‘lsagina til ham o‘ladi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling