Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Soliq ma‟murchiligidagi mavjud muammolar va uni bartaraf etish
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
3. Soliq ma‟murchiligidagi mavjud muammolar va uni bartaraf etish
yo‟llari. Mamlakat iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng ko‗lamli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda samarali soliqqa tortish tizimi va davlat soliq xizmati organlarining uyg‗unlashgan faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. soliq nazoratining eskirgan uslub va prinsiplariga asoslangan davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etish mazkur organlar oldiga qo‗yilgan yangi vazifalarni hal qilish, jumladan, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliqlar yig‗iluvchanligining oshirilishini ta‘minlash imkonini bermaydi, o‗z yechimini topmagan sezilarli muammolarning mavjud. Soliq ma‘murchiligida uchraydigan muammolarni ko‘radigan bo‘lsak: Soliq organlari faolitiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologilarini joriy qilish holati soliq ma‘murchiligining shaffofligini, soliq solish masalalarida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish hamda nazorat samaradorligini, shuningdek davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta‘minlanmayapti. Soliq to‘lovchilarning, eng avvalo, tadbirkorlik sub‘ektlarining ularga to‘g‗ridan-to‘g‗ri muloqotsiz xizmat ko‘rsatishni ta‘minlaydigan «soliq 235 to‘lovchining shaxsiy kabineti»dan foydalanish manfaatdorligini oshirish bo‘yicha faol ish tashkil etilmagan; Soliq organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi soliq solish ob‘ektlarini to‘liq qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirish, shuningdek soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida yig‗ish uchun mavjud resurslarni safarbar qilish imkonini bermapti; Soliqqa oid huquqiy munosabatlarning ahvoli va rivojlanish tendensilarini tahlil qilish, soliq siyosatining o‘rta muddatli va istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish, soliq solishning dolzarb muammolarini tadqiq etish, shuningdek byudjetga soliq tushumlarini ishonchli prognozlashtirish faoliyatini takomillashtirishni talab qilmoqda; Soliq nazoratini tashkil qilish mexanizmlarining mukammal emasligi, shu jumladan soliq tekshiruvi ob‘ektlarining zarur tahlilsiz belgilanishi soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlash va ularni barvaqt profilaktika qilish samaradorligini pasaytirmoqda; Soliq nizolarini sudgacha hal etish- soliq apellsisi instituti imkonitlaridan etarli darajada foydalanilmayotganligi soliq to‘lovchilarning sud organlariga murojaatlari ko‘payishiga olib kelmoqda; Soliq solish tizimining murakkabligi va bir xil soliq solish bazasiga ega soliqlarning yetarli darajada unifikatsi qilinmaganligi, soliq qonunchiligining o‘zgaruvchanligi soliq to‘lovchilar tomonidan o‘z soliq majburitlarini to‘liq bajarish imkonini bermyapti; Soliq organlarining Davlat byudjetiga tushumlar to‘liqligini ta‘minlash faoliti ustidan tashqi nazorat mexanizmlarining mavjud emasligi soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yig‗iluvchanligini oshirish va soliq to‘lovchilarni hisobga olish imkonini bermayapti; Soliq to‘lovchilarning soliqlarni to‘lash bo‘yicha o‘z konstitutsiviy burchini ixtiyoriy bajarishini ta‘minlashga qaratilgan huquqiy madanitini oshirish yuzasidan, ayniqsa, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni takomillashtirish talab etiladi; 236 Bozorlar va savdo komplekslari faoliti ustidan samarali soliq nazorati o‘rnatilmaganligi mahalliy byudjetlarni to‘ldirish uchun mavjud rezervlarni to‘liq safarbar qilish, shuningdek naqd pul mablag‗larining kafolatli qaytishini ta‘minlanmayapti; Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‗ish ko‘rsatkichlarini yaxishilash, korrupsiya ko‘rinishlarini profilaktika qilish, shuningdek soliq organlarida xizmat qilishga halol va yuqori malakali kadrlarni jalb etish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‗batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi. 38 Quyidagi muammolardan kelib chiqib hozirda tegishlicha choralar ko‘rilmoqda xususan Prezidentimizning 5116-sonli farmonlariga asosan soliq ma‘murchiligini takomillashtirishning muhim yo‘nalishlari belgilab berildi. Unga ko‘ra: Soliq ma‘murichiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologilari va ilg‗or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik sub‘ektlariga to‘g‗ridan-to‘g‗ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish; Soliq solish ob‘ektlari va soliq solinadigan bazaning o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta‘minlash, vakolatli organlar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining soliq solish masalalari bilan bog‗liq bo‘lgan ishonchli axborotni o‘z muddatida taqdim etish bo‘yicha mas‘uliyatini kuchaytirish; Soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga har tomonlama ko‘maklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta‘sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish; Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish ob‘ektlarini to‘liq qamrab olishni 38 O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyevning ―Soliq ma‘muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‗iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‗risida”gi 30.03.2018 dagi 5116- sonli farmoni. 237 ta‘minlash va soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha samarali chora- tadbirlarni amalga oshirish; Faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga har tomonlama ko‘maklashish, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliviy ahvolini sog‗lomlashtirish, o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish; Soliq solish masalalarida, shu jumladan respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash orqali moliya organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish; Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, soliq organlarini ma‘naviy- axloqiy jihatdan yuqori malakali xodimlar bilan to‘ldirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta‘minlash va ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart-sharoitlarini ratish Soliq mamurchiligi samaradorligini va soliq organlarining soliq qarzlarini tartibga solish va undirish yuzasidan ishlari sifatini oshirish - soliq og‗irligini oshirmasdan byudjet daromadlarini ko‘paytirishning muxim omili sifatida qaralayotir. Shu munosabat bilan soliq qarzlarini tartibga solish masalalari o‘z echimini bir tomondan, soliq organlarining nazorat va servis funksilari, boshqa tomondan esa, xo‘jalik sub‘ektlari ijtimoiy-iqtisodiy funksilari balansini ta‘minlashga qaratilgan kompleks yondoshuvda topishi mumkin. Xo‘jalik sub‘ektlarining soliqdan qarzlarining mavjudligi O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi va uning xududlari moliviy imkoniyatlarini cheklovchi muhim omillardan biri sifatida izohlanishi mumkin. Hozirgi sharoitda soliq organlari oldiga soliq qarzlarining o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni undirish va tartibga solishning turli samarali usullarini qidirib topish vazifasi qo‘yilgan. Qonun bilan amaldagi Soliq Kodeksining 15 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar qilindi hamda unga 7 ta yangi modda kiritildi. Xususan, Kodeks 238 halol soliq to‘lovchilarga soliq solishga doir joriy masalalarni hal qilishda har tomonlama ko‘mak berish orqali ular va soliq organlari o‘rtasida kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutadigan soliq monitoringi joriy etilishini belgilab beruvchi yangi ―Soliq monitoringi‖ bobi bilan to‘ldirildi. Natijada, soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarini bajarishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarning oldini olish, soliq mamurchiligi bilan bog‗liq munozarali masalalarni tezda hal qilish, pen va jarimalar yozilishi natijasida moliviy ahvolning yomonlashuviga olib keladigan vazitlarni bartaraf etish imkoniyati yaratildi. Soliq kodeksining 54, 55 va 354-moddalariga vaqtinchalik moliviy qiyinchiliklarga uchragan halol soliq to‘lovchi - xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarga soliq ta‘tillarini berish tartibini belgilovchi o‘zgartishlar kiritildi. Soliq amaliyoti va qonunchilikidagi ushbu o‘zgarishlar mamlakatimiz soliq tizimi taraqqiyotidagi mutlaqo yangi davrni asoslashga xizmat qiladi. Ushbu tadbirlarga qaramay soliq qonunchiligi va amaliyotida hal qilinishi lozim bo‘lgan nazariy-uslubiy muammolarning mavjudligi O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilish zarurligini ko‘rsatmoqda. Xususan quyidagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling