Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Aksiz to„lanadigan ayrim turdagi tovarlarni tamg„alash. Moliya
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq monitoringi.
Aksiz to„lanadigan ayrim turdagi tovarlarni tamg„alash. Moliya inspektori lavozimini joriy etish. Tamaki va alkogolli mahsulotlar O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda hamda shartlarda aksiz markasi bilan tamg‗alanishi kerak. Aksiz to‗lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar aksiz to‗lanadigan tovarlarni aksiz markasi bilan tamg‗alash uchun mas‘uldir. Aksiz to‗lanadigan ayrim turdagi tovarlarni tamg‗alash qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari amalga oshiradi. Aksiz solig‗ini to‗lovchi korxonalarda va boshqa ayrim korxonalarda O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektori lavozimi joriy etilishi mumkin. Moliya inspektori lavozimi joriy etiladigan korxonalar ro‗yxati va uning faoliyatini amalga oshirish tartibi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Soliq monitoringi. Soliq kodeksga muvofiq soliq monitoringining predmeti soliq monitoringida ishtirok etayotgan soliq to‗lovchi tomonidan soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning to‗g‗ri hisoblanishi, to‗liq va o‗z vaqtida to‗lanishidan iboratdir. Soliq monitoringi o‗tgan yil yakunlariga ko‗ra, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‗ra eng kam ish haqining yetmish ming baravari miqdoridan ortiqni tashkil etgan soliq to‗lovchiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin. Soliq monitoringi soliq to‗lovchining soliq monitoringida ishtirok etish to‗g‗risidagi arizasi bo‗yicha davlat soliq xizmati organi bilan soliq to‗lovchi o‗rtasidagi o‗zaro axborot almashinuvi reglamentiga muvofiq davlat soliq xizmati organining soliq monitoringini o‗tkazish to‗g‗risidagi qarori asosida amalga oshiriladi. 120 Arizaning shakli va o‗zaro axborot almashinuvi reglamenti O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Soliq to‗lovchi tomonidan keyingi yilda soliq monitoringida ishtirok etish to‗g‗risidagi ariza soliq bo‗yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga joriy yilning 1 iyulidan kechiktirmasdan yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda taqdim etiladi. Mazkur arizani ko‗rib chiqish natijalari bo‗yicha davlat soliq xizmati organi soliq monitoringini amalga oshirish yoki amalga oshirishni rad etish to‗g‗risida bir oy ichida qaror qabul qiladi. Soliq monitoringini amalga oshirishni rad etish to‗g‗risidagi qaror asoslangan bo‗lishi kerak. Soliq monitoringini amalga oshirishni rad etish to‗g‗risidagi qarorni qabul qilish uchun soliq to‗lovchi tomonidan soliq monitoringini amalga oshirish to‗g‗risidagi ariza o‗z vaqtida taqdim etilmaganligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etilganligi, shuningdek reglament talablariga rioya etilmaganligi asos bo‗ladi. Soliq monitoringini amalga oshirish yoki amalga oshirishni rad etish to‗g‗risidagi qaror u qabul qilingan kunda soliq to‗lovchiga yozma shaklda, shu jumladan soliq to‗lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling