Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
2. Kameral
nazorat samaradorligini oshirish maqsadida ichki va tashqi manba ma‟lumotlari asosida soliq to‟lovchilar to‟g‟risida ma‟lumotlar bazasini shakllantirish. Davlat soliq xizmati organlarida ichki va tashqi axborot manbalari hisobiga soliq to‘lovchilarning ma‘lumotlar bazasi shakllantiriladi. Ichki manbalar bo‘yicha ma‘lumotlar bazasi soliq to‘lovchilarning moliyaviy va soliq hisoboti ma‘lumotlari bo‘yicha, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha shakllanadi. Ichki manbalardan shakllanadigan ma‘lumotlar bazasi quyidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi: - soliq to‘lovchilarning moliyaviy va soliq hisobotlari ma‘lumotlari, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: moliyaviy hisobotlar, taqdim etiladigan shakllar, tushuntirishlar va hisob- kitoblarga ilovalar; soliq hisobotlari (byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalarga to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha har oylik va choraklik hisob-kitoblar, qayta hisob-kitoblar va soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiy ma‘lumotnomalar); - soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari ma‘lumotlari, ularning tarkibiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblanishi, to‘lanishi, soliq qarzi, ortiqcha to‘lovlar, to‘lov muddati kechiktirilgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar kiradi; - soliq tekshiruvi yakunlari bo‘yicha ma‘lumotlar, ularning tarkibiga tekshirish dalolatnomasiga muvofiq qo‘shimcha hisoblangan soliq va boshqa majburiy to‘lov summalari bo‘yicha ma‘lumotlar, tekshirish dalolatnomalariga muvofiq to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda jarima summalari kiradi; - ma‘muriy javobgarlik choralari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, ularning tarkibiga mansabdor shaxslarga qo‘llanilgan ma‘muriy jarimalar summasi va soliq qonunchiligini buzgan shaxslar ro‘yxati kiradi; 131 - soliq to‘lovchilarning ro‘yxatdan o‘tkazish ma‘lumotlari, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish ma‘lumotlari; yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish ma‘lumotlari. Tashqi manbalar bo‘yicha ma‘lumotlar bazasi soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelgan taqdirda tegishli organlar va tashkilotlar tomonidan bu to‘g‘risida belgilangan muddat ichida davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilinadigan ma‘lumotlar asosida shakllanadi. Ushbu ma‘lumotlar soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlaridagi ma‘lumotlar bilan taqqoslanib tekshiriladi. Xususan: - yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarining mavjudligi; taqdim etilgan soliq hisobotlarida ko‘rsatilgan rekvizitlarning Davlat reestridan ko‘chirmada (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik sanasi va raqami, yuridik shaxsning nomi, STIR va boshqalar) ko‘rsatilgan rekvizitlar bilan muvofiqligi; -litsenziya va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar beradigan organlar tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: soliq to‘lovchilar tomonidan litsenziyalashtiriladigan faoliyat turini amalga oshirilishining qonuniyligi va litsenziyaning amal qilish muddatlari; nizom jamg‘armasini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda shakllantirish bo‘yicha talablarga rioya etilishi; alkogol va tamaki mahsulotlari bilan savdo qilish uchun maxsus ruxsat guvohnomasi, shuningdek neft mahsulotlarini sotishga litsenziyasi bo‘lgan korxonalar bo‘yicha – talab qilib olgungacha bo‘lgan maxsus ikkilamchi depozit hisobvaraqlarining mavjudligi va soliq hisobotida tovar aylanmasi miqdorini maxsus hisobvaraqlar bo‘yicha o‘tadigan tovar aylanmalari miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorlarda aks ettirilishi; 132 Adliya vazirligida 2010 yil 14 yanvarda 2065-son bilan ro‘yxatga olingan ―Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risida‖gi Nizomga asosan, ulgurji savdo korxonalari uchun o‘tkazilgan operatsiyalardan tushadigan tushum summasining 5 foizi miqdorida yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim bo‘lgan korxonalarning xizmat ko‘rsatuvchi bankiga mazkur Nizom talablari tatbiq etiladigan soliq to‘lovchilar bo‘yicha belgilangan shaklda xabarnoma yuborilganligi, banklar tomonidan korxonalarning har-bir operatsiyalari bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar undirib qolinayotganligi o‘rganiladi. - ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolik pasportlari berilganligi, shu jumladan yo‘qotilgan yoki amal qilish muddati o‘tgan fuqarolik pasportlari o‘rniga boshqa fuqarolik pasportlar berilganligi haqidagi ma‘lumotlar bo‘yicha, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan hisobga olingan korxonalarning mansabdor shaxslari va ta‘sischilari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar solishtiriladi; - ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar asosida quyidagilar: ko‘chmas mulkning berilgan vaqti; ko‘chmas mol-mulklarga egalik qiluvchi shaxslar; ko‘chmas mol-mulklarning inventar va balans qiymati tekshiriladi; - suv resurslarini hisobga oluvchi organlar tomonidan taqdim etilgan suv resurslari to‘g‘risida ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: foydalanilgan er usti va er osti suv resurslarining hajmi; foydalanilgan er usti va er osti suv resurslarining hisob kitobini alohida- alohida yuritilishi va hisoblanishi; o‘lchov asboblarisiz foydalanilgan suv hajmlari tekshiriladi; - davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: ko‘chmas mulk ijara shartnomasini tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori; tegishli soliq hisobotlarda yuridik shaxslar bo‘yicha ob‘ektlar va soliq solinadigan bazaning to‘liq aks ettirilishi; 133 - er resurslarini hisobga oluvchi va (yoki) baholovchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: er uchastkasiga nisbatan huquqi yuzaga kelgan (tugatilgan) shaxslarni ko‘rsatgan holda er uchastkasiga nisbatan huquq berilganligi (tugatilganligi); mavjud huquqiy hujjatlarga asosan er maydoni korxonaga tegishliligi; er maydoni va joylashgan zonasi; soliq to‘lovchilarning joylashgan joyiga nisbatan shahar markazi radiusi bo‘yicha koeffitsientlarni to‘g‘ri qo‘llanilganligi; er qa‘ridan foydalanish uchun ajratilgan karer (uchastka) hajmi; jismoniy shaxslar egaligidagi erlardan tadbirkorlik faoliyati bilan foydalangan taqdirda, erdan foydalanish maqsadiga qarab yuridik shaxslar uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha soliqlarni hisoblanishi; qishloq xo‘jaligi erlarining normativ qiymatlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi tekshiriladi; - foydalanishga berilgan er qa‘ri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshiruvchi va (yoki) er qa‘ri uchastkalaridan foydalanish huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan berilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: er qa‘ridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni mavjudligi; er qa‘ri uchastkasi joylashgan va foydalanish uchun ajratilgan er maydonlari (karer)ning huquqiy hujjatlari mavjudligi; er qa‘ridan foydalanuvchi va yagona soliq to‘lovini to‘lovchi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan umumbelgilangan tartibda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashga o‘tkazilganligi tekshiriladi. Xususan, er qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashda Soliq kodeksining 350-moddasiga asosan er qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga (bundan maxsus pechlardan foydalangan holda energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalar asosida pishiq g‘isht ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar 134 mustasno) yagona soliq to‘lovi tatbiq etilmasligi belgilangan. Shundan kelib chiqib, umumbelgilangan tartibda soliq va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lanishi; - bank muassasalari tomonidan taqdim etiladigan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: tashkil etilgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotining mavjudligi; yuridik shaxslarga bank hisobvaraqlari ochilganligi va yirik bank operatsiyalari bo‘yicha ma‘lumotlar; moliyaviy hisobotlarda soliq to‘lovchining boshqa xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan qarzlari holati to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni to‘g‘ri aks ettirilganligi; ish va xizmatlarni import qilinishi bo‘yicha to‘lov manbaida norezident daromad solig‘ini va import qilingan ish va xizmatlardan olinadigan QQSni hisoblanishi; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari bo‘yicha soliq hisobotlarda tovar aylanmasi miqdori to‘g‘risidagi ma‘lumotlar va inkassatsiya xizmatining topshirilgan naqd pul tushumi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarida ko‘rsatilgan miqdorlardan kam bo‘lmagan miqdorlarda aks ettirilishi tekshiriladi; yirik va shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan yuridik shaxslarning faoliyati qonuniyligi, hisob raqamlariga tushayotgan va chiqim qilinayotgan mablag‘larning maqsadi korxona faoliyat turiga mosligi o‘rganiladi. - bojxona organlari tomonidan taqdim etiladigan eksport-import operatsiyalari, shuningdek tovarlar harakati haqidagi ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: soliq to‘lovchilarning import va eksport kontraktlari bo‘yicha ma‘lumotlar; hisobotlarda tashqi iqtisodiy kontraktlar bo‘yicha o‘zaro qarzdorlik holatini va valyuta tushumining bir qismini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda majburiy sotishni to‘g‘ri aks ettirilishi; eksport operatsiyalarida soliq imtiyozlarini va pasaytirilgan stavkalarni, shu bilan birga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha nol darajali stavkani qo‘llanilishining qonuniyligi; 135 korxonaning yil boshidagi qoldiqdagi tovar-mahsulotlarga kirim qilingan mahsulotlarni qo‘shgan holda va sotilgan mahsulotlarni qiymatini chiqarib tashlagandan so‘ng balans hisobotida ko‘rsatilgan qoldiq mahsulotlar qiymatiga mosligi o‘rganiladi. Soliq nazoratini amalga oshirishda ―Davlat soliq xizmati to‘g‘risida‖gi Qonunning 7-moddasiga asosan, tegishli organ va idoralardan so‘rovnomalar orqali ma‘lumotlar olinishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 30 oktyabrdagi ―O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ- 1843-sonli qaroriga asosan davlat soliq xizmati idoralariga soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida ma‘lumot taqdim etadigan idora va tashkilotlar olingan ma‘lumotlar ―Tashqi manba‖ dasturiy majmuasidagi ma‘lumotlar asosida soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan hisobot va ma‘lumotlar solishtirib tahlil qilib boriladi. Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida qonun hujjatlariga muvofiq axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish tartibining ko‘rsatilgan axborotni taqdim etmaslikda, o‘z vaqtida taqdim etmaslikda yoki buzib ko‘rsatilgan holda taqdim etishda ifodalangan buzilishi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 215 3 -moddasi (Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida axborot taqdim etish tartibini buzish)ga asosan, – eng kam ish haqining etti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma‘muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling