Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Ichki va tashqi ma‟lumotlarga asosan o‟tkazilgan kameral
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
3.Ichki va tashqi ma‟lumotlarga asosan o‟tkazilgan kameral
nazorat natijalari bo‟yicha aniqlangan xato va kamchiliklarni soliq to‟lovchilarga etkazish. Adliya vazirligida 2005 yil 29 iyulda 1500-son bilan ro‘yxatga olingan ―Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub‘ektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy to‘lovlar va daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida‖gi Nizomning 5-bandiga muvofiq, soliq to‘lovchilardan qonunchilik bilan belgilangan moliyaviy, soliq hisobotlar va soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiy ma‘lumotnomalardan tashqari, qo‘shimcha ravishda har qanday ma‘lumotlar, ma‘lumotnoma va hujjatlarni talab qilish qat‘iyan man etiladi. Quyidagi holatlar bundan mustasno: Soliq kodeksining 70-moddasiga asosan davlat soliq xizmati organlari tomonidan qabul qilib olingan moliyaviy va soliq hisobotlarini kameral nazoratdan o‘tkazish jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklar bo‘yicha soliq to‘lovchiga tegishli tuzatishlarni kiritish yoxud aniqlangan tafovutlarning asoslarini talab qilingan holda yozma shaklda, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali talabnoma bilan xabar qilinishi shart. Yozma talabnoma Davlat soliq qo‘mitasining 2011 yil 26 martdagi 86-son buyrug‘iga bilan tasdiqlangan ―Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini kameral nazoratdan o‘tkazish va ular asosida aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan holatlar bo‘yicha soliq tekshiruvlarini tashkil etish to‘g‘risida‖gi Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda to‘ldiriladi va DSI boshlig‘i (o‘rinbosari) tomonidan imzolangandan so‘ng inspektsiyaning devonxonasida ro‘yxatga olinadi. Yozma talabnoma soliq to‘lovchilarga quyidagi tartibda yuboriladi: shaxsan olib borib berish tartibida yuboriladi, bunda soliq to‘lovchi yoki uning vakili tomonidan olinganligi tasdiqlangan sana yozma talabnoma qabul qilib olingan sana hisoblanadi; 137 pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi, bunda pochta jo‘natmasi (buyurtma xat) topshirilganligi to‘g‘risidagi bildirish blankasida ko‘rsatilgan sana olingan sana deb hisoblanadi; telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida yuboriladi, bunda elektron hujjatni jo‘natuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin bo‘lmagan jo‘natilish vaqti elektron hujjatni jo‘natish vaqti deb, elektron hujjatni qabul qilib oluvchi tomonidan ko‘rsatilgan elektron manzil bo‘yicha elektron hujjat kelib tushgan vaqt elektron hujjat qabul qilib olingan vaqt deb hisoblanadi. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan talabnoma bo‘yicha ma‘lumotlar bir kun muddatda ―Tahlika tahlil‖ (Risk analiz) dasturiy mahsuli tarkibidagi ―Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatida kameral nazorat natijalari hisobini yuritish‖ (Kameral ARM 4) moduliga kiritiladi. Soliq kodeksining 70-moddasi oltinchi qismiga muvofiq, soliq to‘lovchi tomonidan talabnoma olingan kundan e‘tiboran o‘n kunlik muddatda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlashtirilgan soliq hisoboti, tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tuzatilgan moliyaviy va soliq hisoboti yoxud aniqlangan tafovutlarning asosi yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda ilova qilgan holda taqdim etilishi lozim. Soliq to‘lovchilarga yuborilgan har bir talabnoma va talabnomaga asosan qabul qilib olingan aniqlashtirilgan hisobotlar yoxud aniqlangan tafovutlarning asoslari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ―Tahlika tahlil‖ (Risk analiz) dasturiy mahsuli tarkibidagi ―Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatida kameral nazorat natijalari hisobini yuritish‖ (Kameral ARM 4) moduliga kiritiladi va tegishli soliq to‘lovchilarning shaxsiy jildida saqlanadi. Soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlarida xato va kamchiliklar aniqlanmagan holatlarda Davlat soliq qo‘mitasining 2011 yil 26 martdagi 86-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan ―Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini kameral nazoratdan o‘tkazish va ular asosida aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan holatlar bo‘yicha soliq tekshiruvlarini tashkil etish to‘g‘risida‖gi Nizomning 3-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda kameral nazoratni amalga 138 oshirgan mas‘ul xodimlar tomonidan tuzilgan ma‘lumotlar tegishli soliq to‘lovchilarning shaxsiy jildida saqlanadi. Kameral nazorat yakuni bo‘yicha soliq to‘lovchilarga yuborilgan talabnomalar nusxalari, shuningdek tuzatish kiritilgan moliyaviy va soliq hisoboti yoxud soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan aniqlangan tafovutlarning asoslari har bir soliq to‘lovchining shaxsiy jildiga tikib qo‘yilishi bilan birga, Soliq kodeksining 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo‘yicha da‘vo qilish muddati mobaynida saqlanishi lozim. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling