Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
5. Jismoniy
shaxslar faoliyati yuzasidan kameral nazoratni o‟tkazish. Jismoniy shaxslar faoliyati yuzasidan kameral nazorat quyidagi tartibda o‘tkaziladi: o‘rindoshlik bo‘yicha daromad olgan jismoniy shaxslar sonini asosiy bo‘lmagan ish joyi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash tarzida olingan daromadlar bo‘yicha yillik deklaratsiya taqdim etayotgan fuqarolar bilan taqqoslash; notarial idoralar tomonidan taqdim qilingan meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga o‘tayotgan mol-mulk qiymatini soliq organlarida mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bilan solishtirish. Yakka tartibdagi tadbirkorlar (kelgusida YaTT) faoliyati yuzasidan kameral nazorat o‘tkazishda birinchi navbatda ular tomonidan belgilangan tartibdagi hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etilishi (Soliq kodeksining 45-moddasiga asosan) o‘rganiladi. Kameral nazorat davlat soliq xizmati organiga belgilangan tartibda tegishli hisobotlarni taqdim etish majburiyatiga ega bo‘lgan va ularni topshirgan barcha YaTTlar bo‘yicha to‘liq o‘tkazilishi shart. Kameral nazorat YaTT tomonidan davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladigan tegishli hisobotlarni topshirilishi belgilangan kundan boshlab keyingi hisobot taqdim etish muddatiga qadar amalga oshiriladi. Xato va kamchiliklar aniqlanmagan holatlarda Davlat soliq qo‘mitasining 2011 yil 26 martdagi 86-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan ―Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini kameral nazoratdan o‘tkazish va ular asosida aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan holatlar bo‘yicha soliq tekshiruvlarini tashkil etish to‘g‘risida‖gi Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ma‘lumotnoma shakli to‘ldiriladi va YaTTning shaxsiy ish jildida saqlanadi. YaTT to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bazasi mazkur Qo‘llanmaning VI-bo‘limiga asosan shakllantiriladi. 141 Ichki va tashqi ma‘lumotlarga asosan o‘tkazilgan kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan xato va kamchiliklar mazkur qo‘llanmaning VII-bo‘limiga asosan YaTTga etkaziladi. Kameral nazorat yakuni bo‘yicha YaTTga yuborilgan talabnomalar nusxalari, shuningdek, ularning faoliyati bo‘yicha hisobotlari yoxud YaTTning o‘zi tomonidan aniqlangan tafovutlarning asosi uning ish jildiga tikib qo‘yilishi va Soliq kodeksining 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo‘yicha da‘vo qilish muddati mobaynida saqlanishi lozim. Faoliyati yuzasidan kameral nazorat o‘tkazilishi natijasida xato va kamchiliklar aniqlangan YaTTga nisbatan tegishli choralarini qo‘llash mazkur qo‘llanmaning VIII-bo‘limiga asosan amalga oshiriladi. Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 2 avgustdagi 333-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ―Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyatini amalga oshiruvchi, yirik pul aylanmalariga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish tartibi‖ga asosan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tijorat faoliyatini amalga oshirish uchun olib kelingan va olib chiqilgan tovarlar hajmi hamda yirik pul aylanmalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar asosida yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati mavjud (tashqi va ichki) ma‘lumotlar asosida kameral nazoratdan o‘tkaziladi. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling