Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Soliq tekshiruvi materiallarini soliq idoralarida ro‟yxatdan o‟tkazish
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
2.Soliq tekshiruvi materiallarini soliq idoralarida ro‟yxatdan o‟tkazish
tartibi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 101-moddasining to‘qqizinchi qismiga muvofiq soliq tekshiruvi materiallari davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini o‘tkazgan mansabdor shaxsi, tekshiruv bir nechta mansabdor shaxs tomonidan o‘tkazilgan taqdirda guruh rahbari tomonidan soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq inspektsiyasining Navbatchi qismida yuritiladigan 2-shakl kitobida soliq tekshiruvi tugallangan kundan e‘tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan aniqlangan, shuningdek boshqa organlar tomonidan aniqlanib, vakolat doirasida ko‘rib chiqish uchun davlat soliq xizmati organiga yuborilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar ular rasmiylashtirilgan yoki davlat soliq xizmati organiga kelib tushgan kundan e‘tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organi rahbari yoki uning o‘rinbosarining tegishli munosabat belgisi (rezolyutsiyasi) asosida, rezolyutsiyada ijrochi sifatida ko‘rsatilgan xodim tomonidan soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq inspektsiyasining Navbatchi qismida yuritiladigan 2-shakl kitobida ro‘yxatdan o‘tkazilib, Ma‘muriy amaliyot bo‘lim(sho‘‘ba)lari tomonidan har oy yakuni bo‘yicha boshqa organlar bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar solishtiruv dalolatnomalari tuzib borilishi lozim. Soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar 2-shakl kitobiga davlat soliq xizmati organi Navbatchi 187 qismining navbatchilikni o‘tayotgan navbatchisi yoki navbatchi yordamchisi tomonidan ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatga olish 2-shakl kitobiga tegishli ma‘lumotlarni qayd qilish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan materiallarning bir nusxasining har bir betiga shtamp qo‘yib, unga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, sanasi va navbatchi yoki navbatchi yordamchisining familiyasi, ismi-sharifini yozish va imzo qo‘yish asosida amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olingan materiallar ularni ro‘yxatga olish uchun taqdim etgan davlat soliq xizmati organi xodimiga qaytarib topshiriladi. Materiallarni qabul qilib olgan davlat soliq xizmati organi xodimi ularni olganligi to‘g‘risida 2-shakl kitobining tegishli ustuniga imzo qo‘yishi lozim. Soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallar ularni ro‘yxatga olish uchun Navbatchi qismga davlat soliq xizmati organining mas‘ul xodimi tomonidan shaxsan taqdim etilishi hamda ro‘yxatga olingan materiallar shaxsan qabul qilib olinishi lozim. Soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallarni Navbatchi qismda qoldirib ketish taqiqlanadi. Soliq to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan soliq tekshiruvi jarayonida tuzilgan oraliq dalolatnomalar, bayonnomalar (mol-mulkni inventarizatsiyadan o‘tkazish, valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishini tekshirish, shuningdek savdo (xizmat ko‘rsatish) shoxobchalarida naqd pul tushumlari bo‘yicha tuzilgan hujjatlar) 2-shakl kitobida alohida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Soliq tekshiruvi jarayonida soliq to‘lovchining boshqa tumanlarda (shaharlarda) joylashgan ishlab chiqarish binolari, savdo va xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish) nuqtalarida tekshiruv doirasida harakatlar amalga oshirilganda, tuzilgan hujjatlar soliq tekshiruvi materiallariga qo‘shilgan holda soliq to‘lovchi ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat soliq inspektsiyasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling