Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


Download 1.79 Mb.
bet73/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

YAKUNIY ХULOSALAR:
1. Menejment-bu kishidan alohida qobiliyatlarni, bilim va tajribalarni talab etuvchi, hamda tashkilot doirasidagi xodimlarning turli xil faoliyatini maqsad yo`lida o`zaro kelishtirish bilan bog`liq faoliyatdir.
2. Menejment-bu ishlab chiqarish samaradorligi va foydani oshirishga qaratilgan ishlab chiqarishni boshqarish borasidagi tamoyillari, usullari va vositalari majmuasidir.
3. Boshqaruvda uch xil yondoshuv mavjud: jarayon, tizim va vaziyat
yondoshuvidir.
4. Hozirgi vaqtda AQSH da ikki tip boshqaruv tizimi mavjud:
nazorat ostida boshqaruv va ekstrapolyatsiya.
5. Rahbariyatning doimiy e’tiborida bo`lishi zarur bo`lgan asosiy tashkilot ichidagi o`zgaruvchilar: bu maqsadlar, tuzilma, vazifalar, texnologiya va odamlardir.
6. Тashkilot ochiq tizim bo`lgani uchun rahbariyat doimo tashqi muhit omillarini inobatga olishi kerak.
7. Boshqaruvni 4 ta umumiy funktsiyasi mavjud: rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya va nazorat.
8. Boshqaruv usullarini boshqaruv bosqichlari bo`yicha (davlat, mahalliy, korxona doirasida), tarmoqlar bo`yicha, turli boshqaruv sub’ektlari tomonidan amalga oshirilishiga ko`ra har xil turlarga ajratish mumkin.
9. Barcha boshqaruv usullarini yirik uchta guruhga ajratish mumkin. Bular iqtisodiy, tashkiliy ko`rsatma va ijtimoiy-ruhiy (psixologik) boshqaruv usullaridir.
10. Aloqa va boshqaruv qarorlarini qabul qilish bog`lovchi jarayonlarga oid. Aloqa (kommunikatsiya)-ma’lumot, axborot almashinish jarayonidir.
11. Ma’lumotlarning tahlili ularni guruhlashtirishdan boshlanadi, guruhlash esa turli usullarda amalga oshiriladi.
12. Qarorlar qabul qilish har qanday boshqaruv faoliyatining muhim qismidir. qarorni boshqaruv mehnati mahsuli, uni qabul qilishni esa ushbu mahsulotni paydo bo`lishiga olib boruvchi jarayon sifatida qarash mumkin.
13. Model-ob’ekt yoki g`oyaning, butunlikning o`zidan farqli tarzda boshqacha shaklda ifoda etilishidir. Modellarning jismoniy, analog va matematik turlari mavjud.
14. Rahbarlar unumdorlikka o`tkazishi mumkin bo`lgan ta’sir boshqaruvning ikki doirasida, ayniqsa, yaqqol ko`zga ko`rinadi:

  1. inson resurslarini boshqarish;

  2. tashkilotni bevosita ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish sohalarida.

15. Marketing deganda korxonani yangi mahsulot ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, xizmatlar ko`rsatish, reklama faoliyatini amalga oshirish, narxlarni hosil bo`lish borasidagi bozor sharoitida ro`y berayotgan o`zgarish va jarayonlarni kompleks tarzda hisobga olishga asoslangan boshqaruv tamoyillari, usullari va vositalarning majmuasi tushuniladi.
16. Nizo (konflikt)larni to`rtta asosiy turi mavjud, bular: shaxsning o`ziga xos ichki nizolar; inson shaxsiyati va guruh orasidagi nizolar; insonlar orasidagi nizolar; guruhlar orasidagi nizolardir.
17. Nizolarni hal qilishning, bartaraf etishning to`rtta tuzilmaviy usuli mavjud bo`lib, bular: ishga bo`lgan talablarni yaxshilab tushuntirish (koordinatsiya); o`zaro kelishtirish va integratsiya; o`zaro singdirish mexanizmlarini qo`llash; umumtashkiliy kompleks maqsadlarni belgilash; taqdirlash orqali rag`batlantirish tizimini qo`llashdir.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling