Nazorat savollari:
Operatsiya nima?
Operatsion tizim nima va u nimalardan tashkil topgan ?
Operatsiyalarni boshqarish mohiyatini izohlang.
Ishlab chiqarishni boshqaruvchi menejer strategik reja doirasida qanaqangi strategik rejalar qabul qiladi ?
Тashkilot raqobatbardoshligi nimadan iborat ?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1.Unumdorlik mezoni bo`yicha boshqaruv tizimiga aniqlik kiriting.1.(646-663 b).
2.Unumdorlik va uni ta’minlovchi omillar o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni izohlang. 1. (657-663 b).
Mavzu bo`yicha asosiy xulosalar:
1. Rahbarlar unumdorlikka o`tkazishi mumkin bo`lgan ta’sir boshqaruvning ikki doirasida, ayniqsa, yaqqol ko`zga ko`rinadi:
-inson resurslarini boshqarish;
-tashkilotni bevosita ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish sohalarida.
2. Mehnat resurslarini rejalashtirish uch bosqichdan iborat:
-mavjud resurslarni baholash;
-kelajak ehtiyojlarini bashoratlash;
-kelgusi ehtiyojlarning qondirilish dasturlarini ishlab chiqish.
3. Operatsion tizim bir nechta tashkiliy tizimlardan iborat. Bular:
-qayta ishlovchi tizim (ya’ni xom ashyodan mahsulot ishlab chiqarish);
-ta’minlovchi tizim (yoki xizmat kursatuvchi);
-rejalashtirish va nazorat tizimi.
4.Operatsion tizimlarning klassifikatsiyasi quyidagicha:
-mayda seriyali, qismli ishlab chiqarish tizimlari;
-ommaviy ishlab chiqarish tizimlari;
-uzluksiz, jarayonli, qayta ishlovchi tizimlar.
Mavzuga oid adabiyotlar:
1. Meskon M.Х, Albert M. Osnovo` menedjmenta-M.: Delo, 1997. 645-680 str.
2. Qosimov G`.M. Menejment-Т.: O`zbekiston, 2002. 300-306 b.
3. Zaynutdinov Sh. Menejment asoslari-Т.: O`qituvchi, 1998. 65-71 b.
14-mavzu:. Marketingni boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |