Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


Download 1.79 Mb.
bet53/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

Nazorat savollari:
1.1.Тashkilot muvaffaqiyatini nima tashkil etadi ?
1.2.Boshqaruvning maqsadi nima ?
1.3.Тashkilot muvaffaqiyatlarida boshqaruvning o`rni qanday ?
1.4.Qaror qachon muvaffaqiyatli bo`lishi mumkin ?
1.5.Тashkilotda unumdorlik masalasi qanday hal etiladi ?


2-savol bo`yicha dars maqsadi:
2.1.Boshqaruv samaradorligini baholash ko`rsatkichlarini tushuntirib berish.
2.2.Boshqaruv samaradorligini baholash usullari va ularni oshirish omillarini yoritib berish.
Identiv o`quv maqsadlari:

    1. Boshqaruv samaradorligi tushunchasi bilan tanishadi.

    2. Boshqaruv samaradorligini baholash usullarini izohlay oladi.



2-savol bayoni:

Ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligi deganda menejmentda boshqaruv faoliyatini jarayon sifatida natijaliligi tushuniladi. Agarda boshqaruv faoliyatining natijalari jamoa faoliyatining natijalari bilan mos tushishini hisobga olsak, bu holda boshqaruv jarayonining samaradorligi - bu juda murakkab, ko`p qirrali ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya ekanligi ma’lum bo`ladi. U o`z ichiga boshqaruvning barcha jihatlarini oladi, shuningdek, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, marketing, texnologik va boshqa munosabatlar samarasiga bog`liq bo`ldi. Boshqaruvning har qanday bo`g`ini uchun xos bo`lgan hamda samaradorlikni ifoda etuvchi tushunchalar:


-xodimlarning mehnati samaradorligi;
-boshqaruv apparati, uning turli bo`g`inlari va bosqichlari faoliyatining samaradorligi;
-aniq qaror ishlab chiqish va uni amalga oshirish jarayonidagi boshqaruv jarayonining samaradorligi;
-boshqaruv iyerarxiyasidan kelib chiqib hamda ishchi-xodimlarni boshqaruvda ishtiroki darajasiga bog`liq boshqaruv tizimining samaradorligi;
-boshqaruv mexanizmining, ya’ni boshqaruv usullari, uslubi va shakllarining samaradorligidan iborat bo`ladi.
har bir qayd etilgan tushunchaning biridan ikkinchisiga o`tishi bilan har bir keyingi tushunchaning mohiyati kuchaya boradi.
Mazmuni jihatidan boshqaruv samaradorligi ham iqtisodiy, ham ijtimoiy mohiyatga ega. Bu esa tashkilotlarning maqsadlari turliligi hamda samarasining shakllarini o`ziga xosligi bilan farq qiladi. Boshqaruv samaradorligini aniqlash jarayonida uning namoyon bo`lish doiralarini ham hisobga olish zarur (masalan, ishlab chiqarish va iste’mol sohalari). Birinchi holda firma boshqaruvini xo`jalik hisobi samaradorligi, ikkinchi holda esa umumiqtisodiy ahamiyati hisob qilinadi. Bundan tashqari baholash ob’ektiga ko`ra to`liq (umumiy) yoki lokal (xususiy joylardagi) samaradorlik haqida gapirish mumkin. Maqsadli yo`nalishi jihatidan samaradorlik: rejali; haqiqiy; normativ yoki salohiyatli; loyihaviy va hakozo bo`lishi mumkin. hisob qilinish usuliga ko`ra samaradorlik absolyut va nisbiy bo`lishi mumkin.
Boshqaruv samaradorligini baholashda boshqaruvning quyidagi jihatlaridan kelib chiqiladi:
-tezkorlik, ya’ni boshqaruv tadbirlarining maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, o`z vaqtida amalga oshirilishi;
-boshqaruvning ratsionalligi va tashkillashtirilganligi, ya’ni Funktsional bo`g`inlari orasidagi aniq o`zaro faoliyatni hamda ishlab chiqarish va boshqaruv birligini ta’minlanishi;
-boshqaruvning natijaliligi, tejamkorligi, ya’ni boshqariluvchi ob’ektga eng kam mehnat, moddiy va moliya resurslari sarfi yo`li bilan ta’sir eta olishi.
Boshqaruv samaradorligi ko`rsatkichlarini shartli ravishda uch guruhga bo`lish mumkin:
-texnik ko`rsatkichlar, ya’ni qo`llanayotgan texnik boshqaruv vositalarini ishlatilish sifatlarini aniqlovchi ko`rsatkichlar;
-tashkiliy ko`rsatkichlar, ya’ni boshqaruv jarayonini tashkil etilishi, tashkiliy tuzilma, axborotlar va xujjatlar bilan ishlashni tavsiflovchi ko`rsatkichlar;
-ijtimoiy ko`rsatkichlar, ya’ni boshqaruv apparatini mehnat sharoiti, sanitar, ruhiy, estetik va ijtimoiy omillarini aniqlovchi ko`rsatkichlar.
Boshqaruv samaradorligini aks ettiruvchi asosiy iqtisodiy ko`rsatkichlar qatoriga esa:
-yillik iqtisodiy samara;
-boshqaruvni takomillashtirishga bo`lgan bir vaqtlik xarajatlarning qoplanish muddati;
-boshqaruv apparatining mehnat unumdorligini oshishini ifodalovchi ko`rsatkichlari kiradi.
Yillik iqtisodiy samara quyidagi formula orqali hisoblanadi:

Yillik iqtisodiy samara

=


Yillik shartli iqtisod

-


Bir vaqtlik harajat
lar

x


Solishtirma iqtisodiy samaradorlikning normativ koeffitsiyenti

Bu yerda solishtirma iqtisodiy samaradorlikning normativ koeffitsenti qoplanishining normativ muddatiga teskari bo`lgan miqdorni bildiradi.


Boshqaruv samaradorligini ikki xil usulda hisoblash mumkin:


Korxona tomonidan erishilgan
natijalar (umumiy samaradorlik)
Boshqaruv samaradorligi = ---------------------------------------
Boshqaruvga qilingan xarajatlar

hamda:
Faqat boshqaruvning faoliyat natijasi
Boshqaruv samaradorligi = ---------------------------------------------
Boshqaruvga qilingan sarf-xarajatlar

Boshqaruvga bir vaqtli qilingan xarajatlar quyidagilar hisoblanadi.

Kapital sarf-xarajatlar

Nokapital sarf-xarajatlar


Boshqaruvga qilingan harajatlar = q

Boshqaruvni takomillashtirish orqali erishilgan iqtisodiy samaradorlikni hisoblash loyihalashtirish va ishlab chiqarishga joriy etishning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Boshqaruv samaradorligini hisoblash ko`proq solishtirma xarakterga ega. Ammo menejmentning miqdoriy jihatidan ham ko`ra, ko`proq ijtimoiy samaradorligi o`ta muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy samara ko`proq moddiy va mehnat harajatlarini tejashni maqsad qilsa, ijtimoiy samaradorlik ishchi xodimlarning mehnat faolligini oshirish, ishbilarmonlik jihatlarini oshirish, ish joyida charchash va ishdan ketish hollarini qisqartirish, mehnat sharoitini yaxshilash bilan bog`liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, ayniqsa, boshqaruvning ijtimoiy yo`naltirilganligi kuchayib boradi, ishchi xizmatchilarni ijtimoiy, maishiy, madaniy va ma’rifiy sharoitlarini yaxshilash muhim bo`lib boradi.


Agar menejer bozor iqtisodiyoti munosabatlarida, uning mexanizmi, iqtisodiy ijtimoiy omillarni qo`llash doirasida kishilarga ijtimoiy-psixologik ta’sir o`tkaza olishida kerakli maxsus ko`nikmalar, bilim va tajribaga ega bo`lsagina boshqaruv faoliyatining samaradorligi va natijaliligi yuzaga chiqadi va to`la ta’minlanadi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling