Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»
Download 1.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid asosiy muammolar
- 1-savol bo`yicha dars maqsadi
- 1-savol bayoni
12-mavzu:. Menejment samaradorligi.
Asosiy savollar: 1.Тashkilot muvaffaqiyatlari asoslari. 2.Boshqaruv samaradorligini baholash. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: menejment samaradorligi, muvaffaqiyatli qaror, texnik ko`rsatkichlar, tashkiliy ko`rsatkichlar, ijtimoiy ko`rsatkichlar, yillik iqtisodiy samara. Mavzuga oid asosiy muammolar: 1. Menejment samaradorligi va ishlab chiqarish samaradorligini o`zaro munosabati va ularni oshirish yo`llari. 2. Cheklangan resurslar miqdori sharoitida yuqori samaradorlikka erishish vositalari va omillari. Boshqaruvning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini oishirish orqali korxona maqsadlariga erishish. Boshqaruv samaradorligi ko`rsatkichlari bilan baholash usullarining o`zaro munosabati. 1-savol bo`yicha dars maqsadi: 1. Тashkilot muvaffaqiyatlari to`g`risida ma’lumot berish. 2. Тashkilot muvaffaqiyatlarida boshқaruv o’rnini yoritib berish. Identiv o`quv maqsadlari: 1.1. Тashkilot muvaffaqiyatlarini ta’minlovchi ichki va tashqi omillar to`g`risida tushunchalar hosil qila oladi. 1.2. Тashkilot muvaffaqiyatlarida boshqaruvning o`rni va ahamiyatini izohlay oladi. 1-savol bayoni: Yuqori foyda darajasi va korxonaning hajmi uning muvaffaqiyati mezonlari bo`lib xizmat qila olmaydi. Demak, nafaqat yirik korxonalar, balki kichik biznes korxonalari ham muvaffaqiyatli deb sanalishi mumkin. Umuman, tashkilot agar o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishsa, u muvaffaqiyatli deb sanaladi. Тashkilot muvaffaqiyatini tashkil qiladigan jihatlar quyidagicha: uning hayotiyligi, natijaliligi, samaradorligi, unumdorligi, faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari. Ko`pchilik tashkilotlarning birlamchi maqsadi- iloji boricha uzoq umr ko`rishdir. Buning uchun har bir tashkilotning potensiali mavjud. Faqat tashkilot o`z vaqtida maqsadlarini o`zgartirib, tashqi va ichki muhit o`zgarishiga moslasha bilishi lozim. U vaqtida strategiyani o`zgartirib, shunga mos ravishda tuzilma tanlashi, ijtimoiy muhitni o`zgarishini oldindan ko`ra bilishi va unga moslashishi zarur. Тashkilot muvaffaqiyatini uning ishlab chiqarish faoliyati va boshqaruv faoliyatining natijaliligi, samaradorlikni oshirishga intilishi tashkil qiladi. Piter Druker fikriga ko`ra “natijalilik to`g`ri narsalar qilinishining oqibatidir; samaradorlilik esa shu narsalarni to`g`ri yaratilishining natijasidir”. Demak, ikkala tushuncha mohiyatan bir-biriga yaqin. Natijalilikni miqdoran ifoda qilish qiyin, samaradorlikni esa, aksincha. Хuddi shunday ravishda, unumdorlik ham muvaffaqiyat garovidir. Unumdorlik, odatda, ishlab chiqarish natijasidagi birliklar miqdorining (tayyor mahsulot miqdorini) kirishdagi birliklar (topshiriqlar, xom ashyo) miqdoriga nisbatidir. Тashkilot qanchalik samarali bo`lsa, uning unumdorligi shuncha yuqori. Тashkilot mahsulot hajmini oshirib borsa-yu, sifat haqida uylamasa, yoki uni ta’minlab bera olmasa bu holda unumdorlik borasida gapirish noo`rin. Raqobat kuchli bo`lgan hozirgi davr iqtisodiyotida unumdorlik masalasiga befarq bo`lish raqobatni ko`tara olmaslik bilan teng. Menejerlar tashkilot unumdorligi doirasida qanday maqsadlar bo`lishi lozimligini hamda mahsulot ishlab chiqarishning qanday usullari qo`llanishini hal qiladilar. Shunga mos ravishda, rag`batlantirishning qanday usullari qo`llanishi ham hal qilanadi. Тashkilot siyosatini ishlab chiqish va rahbarning shaxsiy ibrati orqali menejerlar tashkilot faoliyatiga tus beradi. Demak, ish unumi tashkilot rahbariyatining umumiy bilim saviyasiga bevosita bog`liq bo`ladi. Ayniqsa, rivojlangan iqtisodiyot sharoitida menejment tashkilot samaradorligini belgilaydi. Chunki, muvaffaqiyatning yana bir tashkiliy jihati boshqaruv qarorlarini ishlab chiqilishi va amaliy qo`llanilishiga bog`liqdir. Boshqaruv qarorlari qanchalik ilmiy nazariy jihatdan asoslangan bo`lmasin, tadqiqotlar bilan mustahkamlangan bo`lmasin, ular g`oyalar darajasida qolib ketmasligi lozim. Boshqaruvning maqsadi-real ishni real odamlar yordamida bajarilishidir. Muvaffaqiyatli qaror deb amaliy tarzda bajariladigan, natijaga aylanadigan harakat va samaradorlikka olib keladigan qarorga aytiladi. Тashkilot samaradorligini ta’minlash jarayonida vaziyatli yondashuvni qo`llash hozirgi kunda muvaffaqiyat va samaradorlikni ta’minlashga asos bo`lishi mumkin. Umuman samaradorlikning tub negizini unumdorlik tashkil qiladi. Biz yuqorida unumdorlikning tor ma’nosini berdik. Ammo unumdorlik tushunchasining keng ma’nosi ham bor, u barcha tarmoqlarda, tashkilotning hamma bosqichlari va bo`g`inlarida amalga oshishi zarur. Ayniqsa u inson resurslarini boshqarish borasida va bevosita tashkilotning ishlab chiqarish operatsiyalari doirasida birinchi galda ta’minlanishi lozim. Bu sohalar tashkilotdagi boshqaruv harakatlarini boshqalariga nisbatan ko`proq talab qiladigan faoliyat doiralari bo`lib, eng murakkab sohalari sanaladi. Samaradorlik borasida korxonaning erishgan natijalari bo`yicha fikr yuritiladi. Samaradorlikning miqdorini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bozor qiymatini tashkilot tomonidan sarflangan barcha resurslar summasiga nisbati sifatida aniqlash mumkin. Ammo samaradorlik faqatgina miqdoriy ifodasiga emas, balki sifat ifodasiga ham ega ekanini unutmaslik kerak. Keng ma’nodagi samaradorlik ishning natijaliligini ifoda etuvchi, ushbu natijani tavsiflovchi tushunchadir, ya’ni ishlab chiqarish sarf-harajatlariga nisbatan erishilgan maqsadlarning ifodasidir. Ishlab chiqarish samaradorligini ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligidan farq qilish lozim. Ishlab chiqarish samaradorligi bu sarf etilgan resurslarga nisbatan olingan natijaviy ko`rsatkichlar. Bu tushuncha ishlab chiqarishning rivojlanish dinamikasini hamda bu jarayondagi sifat o`zgarishlarini ifoda etadi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling