Nazorat savollari:
Qarorni qabul qilish jarayonida nimalarga e’tibor berish kerak?
Intuitiv va ratsional qaror qabul qilish nimani anglatadi ?
Qarorlarni qabul qilish bosqichlarini ko`rsatib bering.
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1.Boshqaruv qarorlariga oid chizmalarni chizib, tahlil qiling va baholang. 1. (219-220, 222-223, 228 betlar)
2. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish bosqichlarini o`rganib, tahlil qiling va baholang. 1. (230-232 betlar)
Mavzu bo`yicha asosiy xulosalar:
1.Qarorlar qabul qilish har qanday boshqaruv faoliyatining muhim qismidir. qarorni boshqaruv mehnati mahsuli, uni qabul qilishni esa ushbu mahsulotni paydo bo`lishiga olib boruvchi jarayon sifatida qarash mumkin.
2.Qarorlarni qabul qilish tashkilotning istalgan holati, ya’ni kelajagi va hozirgi kuni orasidagi o`zilishini qisqartiruvchi harakatlar yo`nalishi, alternativalari yoki variantlari ichida ongli anglangan tanlov demakdir.
3.Тo`g`ri qarorlarni qabul qilish boshqaruv san’atining natijasidir, bilimlar va ko`nikmalar majmuasi esa rahbarning mahorat darajasini belgilaydi. qaror bu alternativa tanlash demakdir.
4.Тashkiliy qarorlar - rahbar o`z lavozimidan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarishi uchun amalga oshirishi lozim bo`lgan tanlovdir. qarorlar qabul qilish jarayoni intuitiv, mulohaza va fikrlarga asoslangan yoki ratsional xarakterda bo`lishi mumkin.
5.Intuitiv qaror ko`pincha ushbu qaror to`g`ri ekanligini his qilish asosidagina qabul qilinadi.
6.Mulohaza va fikrlarga asoslangan qarorlar ko`pincha bilimlar va to`plangan tajriba asosida yuzaga chiqadi.
7.Ratsional qaror qabul qilish deganda ob’ektiv analitik jarayon yordamida asoslanadigan qaror tushuniladi.
Mavzuga oid adabiyotlar:
1. Abdullayev Yo. Menejment-Т.: Mehnat, 2000. 217-239 betlar.
Gerchikova I.N. Menedjment-M.: YuNIТI, 2001. 123-131 str.
Zaynutdinov Sh.N va boshq. Menejment asoslari-Т.: Moliya, 2001. 102-109 b.
4. Meskon M.Х, Albert M. Osnovo` menedjmenta-M.: Delo, 1997. 194-218 str.
Do'stlaringiz bilan baham: |