Nazorat savollari:
Boshqaruvda aloqaning o`rni nima bilan aniqlanadi?
Aloqa turlarini izohlab bering.
Aloqa nima?
Aloqa amalga oshishi jarayonining asosiy elementlari va bosqichlarini ko`rsating.
Aloqa jarayonidagi o`zaro bog`liq bosqichlarni ko`rsating.
2.6.Axborot uzatishning modelini aniqlang.
2.7.Тashkilotda nima uchun aloqa eng murakkab jarayon hisoblanadi?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1.Boshqaruvda axborot va uning turkumlanishiga oid chizmalarni chizib tahlil qiling va baholang. 3. (170-177 b)
2.Boshqaruvda aloqa va uning turkumlanishiga oid chizmalarni chizib, tahlil qiling va baholang. 1. (442, 447-449 b).
Mavzu bo`yicha asosiy xulosalar:
1.Aloqa va boshqaruv qarorlarini qabul qilish bog`lovchi jarayonlarga oid. Aloqa (kommunikatsiya)-ma’lumot, axborot almashinish jarayonidir.
2.Ma’lumotlarning tahlili ularni guruhlashtirishdan boshlanadi, guruhlash esa turli usullarda amalga oshiriladi.
3.Axborot tizimi tarkibi bo`yicha hamma vaqt bir xil bo`lib qoladi, ya’ni ishlab chiqarish hajmidan, boshqaruv tizimi vazifalaridan qat’iy nazar, u axborot to`plash, uni jo`natish va unga ishlov berish jarayonlaridan iborat bo`ladi.
4.Ma’lumot yetkazish, axborot uzatish jarayonida 4 asosiy elementni ajra
tish mumkin:
1. Axborot uzatuvchi ( ma’lumotni yig`ib uzatuvchi).
2. Axborotning o`zi (ma’lumot simvollar yordamida kodga solingan).
3. Kanal, uzatish kanali (axborotni uzatish vositasi).
Axborotni qabul qiluvchi (ma’lumot unga mo`ljallangan va u ma’lumotni to`la anglab olishi kerak bo`lgan shaxs).
MAVZUGA OID ADABIYOТLAR:
1. Abdullayev Yo. Menejment-Т.: Mehnat, 2000. 442-466 betlar.
Gerchikova I.N. Menedjment-M.: YuNIТI, 2001. 132-142 betlar.
Zaynuddinov Sh.N va boshq. Menejment asoslari-Т.: Moliya, 95-100 b.
4. Meskon M.Х, Albert M. Osnovo` menedjmenta-M.: Delo, 1997. 165-193 str.
Do'stlaringiz bilan baham: |