Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


Download 1.79 Mb.
bet44/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

Nazorat savollari:


    1. Axborot nima va uning qanaqangi turlari mavjud?

    2. Axborot tizimi nimalardan iborat?

    3. Murakkab va aralash axborot tizimini izohlang.

2-savol bo`yicha dars maqsadi:
2.1. Тalabalarda aloqa va uning boshqaruvdagi o`rni to`g`risida tushunchalar hosil qilish.
2.2.Aloqa jarayonining elementlari bilan tanishtirish.
Identiv o`quv maqsadlari:

    1. Aloqa tushunchasini ta’riflay oladi.

    2. Aloqa jarayonining bosqichlarini izohlay oladi.



2-savol bayoni:

Тashkilot va uning tashqi muhiti bilan aloqalari doirasida tashkilotning umumiy “imidji” hosil bo`ladi, bunga bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida e’tibor bilan yondashiladi. Тashqi muhit bilan aloqalar o`ta murakkabligi bilan farq qiladi. Rahbariyat ma’lum hatti-harakatlari bilan mahalliy, mamlakat va xalqaro miqyosdagi o`z tashkiloti haqidagi fikrning shakllanishiga hissa qo`shadi. Demak, bu borada to`g`ri aloqalarni hosil qilish, ularni o`rnatish, ma’lumotni asoslanganligiga alohida e’tibor qaratish lozim bo`ladi. har xil tashqi muhit elementlariga albatta o`ziga xos yondashuv va aloqa turlari talab etiladi. Ayrim hollarda, umuman o`ziga bevosita aloqador bo`lmagan elementlar bilan ham aloqa bog`lash zarurati tug`ilishi mumkin. Masalan, bir vaqtlar “Djonson end Djonson” firmasi “Тilenom” kapsulalarida zararli moddalarni aniqlab qolganida, bevosita ommaviy axborot vositalari, iste’molchilar, sanitar nazorati boshqarmasi va distribyutorlar bilan aloqa bog`lashga majbur bo`lgan. Bu jarayonda, albatta, aloqa o`rnatishning turli vositalaridan foydalanilmaganda qisqa muddatlar ichida bu ofatni oldini olib bo`lmas edi.


Тashkilotning tashqi muhiti bilan aloqalaridan tashqari yana bir qator aloqa turlari mavjud. Bular tashkilotdagi bosqichlar orasidagi va bo`linmalar orasidagi aloqalardir. Yuqoriga qarab siljuvchi aloqalar, quyiga qarab ketgan aloqalar, gorizontal aloqalar, rahbar va xodimlar orasidagi aloqalar, rahbar va ishchi guruhlar orasidagi aloqalar, hamda norasmiy aloqalar turlari mavjud. Norasmiy aloqalar va ularning asosi bo`lgan mish-mishlar borasida to`xtalib o`tsak, izlanishlar shuni ko`rsatadiki, norasmiy uzatish aloqa yo`llari bo`yicha uzatiladigan ma’lumotlar negizida 80% dan 99% gacha to`g`ri bo`lib chiqishi mumkin bo`lgan ma’lumotlar yotar ekan. Shuni hisobga olgan holda har qanday rahbar mish-mishlarni tarqalishidan unumli tarzda foydalanishi ham mumkin.
Aloqa (kommunikatsiya) jarayoni deganda ikki va undan ortiq kishi orasida ma’lumot, axborot almashinuviga aytiladi. Ko`pchilik tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, ma’lumot asosida axborot uzatish uncha murakkab emas, ammo o`sha axborotni anglatish qiyin, ya’ni aloqa amalga oshdi deb faqat axborotni uzatilishini o`zi tushunilmaydi, balki aynan shu axborotni qabul qiluvchi tomon aynan tushunish lozim bo`lgan tarzda tushunib yetganligi, anglaganligi va anglagani borasida bildirgani tushuniladi. Demak, uzatuvchi axborot-qabul qiluvchi orasida aloqa ro`y berganda, uch yoqlama aks ta’sir ro`y berishi mumkin, bu: -chala tushunish; -to`la anglash; -tushunmaslik hollaridir.
Aloqa amalga oshishi jarayonining o`ziga xos elementlari va bosqichlari bor. Ma’lumot yetkazish, axborot uzatish jarayonida 4 asosiy elementni ajratish mumkin:
1. Axborot uzatuvchi ( ma’lumotni yig`ib uzatuvchi).
2. Axborotning o`zi (ma’lumot simvollar yordamida kodga solingan).
3. Kanal, uzatish kanali (axborotni uzatish vositasi).
4. Axborotni qabul qiluvchi (ma’lumot unga mo`ljallangan va u ma’lumotni to`la anglab olishi kerak bo`lgan shaxs).
Axborot almashinish jarayonida axborot uzatuvchi va qabul qiluvchilar bir nechta o`zaro bog`liq bosqichni bosib o`tadilar, ya’ni ularning vazifasi-axborotni tuzish va uni uzatish uchun kanaldan shunday tarzda foydalanishki, natijada qabul qiluvchi tomon axborotni to`la anglab yetsin. Bu qiyin, negaki axborotda uzatish vaqtida o`zgarish ro`y berishi yoki u tamomila yo`qqa chiqib ketishi mumkin. Aloqa jarayonidagi o`zaro bog`liq bosqichlar quyidagicha:
-g`oya yoki fikrning yuzaga kelishi;
-kodga solish va kanal tanlash;
-uzatish;
-koddan chiqarish.
Axborot uzatishning, aloqani ro`y berish jarayonining eng oddiy modeli:

Axborot
jo`na


tuvchi

sh
a
k
l
l
a
n
t
i
r
a
d
i

yo
k
i

t
a
n


l
a
b
o
l
a
d
i

g`oya axborot

k
o
d
g
a

s
o
l


a
d
i

v
a


k
a
n
a
l

t
a
n


l
a
y
d
i

Ma’lu
mot
yoki axborot
ni ma’lum
qili
nishi

k
a
n
a
l

b
u
y


i
ch
a

u
z
a


t
a
d
i

qa bul
qi luv
chi

k
o
d
d
a
n

ch
i


q
a
r
a
d
i

g`oya,
axborot ang-


landi

Aloqa vaqti bir necha sekunddan iborat bo`lsa ham, bu jarayonni bo`g`in va bosqichlarga bo`lishdan maqsad - shu jarayonning qaysidir nuqtasida xatolik hisobiga butun aloqadan ko`zlangan maqsad amalga oshmay qolishi mumkinligini kuzatishdan iboratdir. har qanday aloqada, albatta, aks ta’sir ro`y berishi zarur. Shundagina aloqa ro`y berdi deb hisoblash mumkin.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling